16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:48
Salomatlik 👁 341

Chaqaloqlar oʻlimi ortmoqda. Buning oldini olish uchun qanday choralar koʻrilayapti?

Chaqaloqlar oʻlimi ortmoqda. Buning oldini olish uchun qanday choralar koʻrilayapti?

Oila – Vatan ichra kichik bir Vatan, har kimning oʻz daxlsiz hududi, toʻlaqonli baxtiyor yashaydigan, avlodlari davomiyligini taʼminlaydigan muqaddas qoʻrgʻonidir. Oilada yangi avlod – chaqaloq dunyoga kelishi esa nafaqat oiladagilar, barcha qarindoshlar, yaqinlar uchun ham quvonchli voqea sanaladi.

Yangi tugʻilgan chaqaloqqa yoshi ulugʻlar bilan bamaslahat ism tanlash, ona-bolaga alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatish azaliy qadriyatlarimizdan hisoblanadi.

Ayniqsa, bugungi kunda oilalarga, ona va bolaga eʼtibor davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan hisoblanadi. Shu boisdan ham tugʻish yoshidagi ayollar muntazam tibbiy koʻriklarga jalb etilib, sogʻligi nazorat qilib boriladi. Homilador ayollar har oyda ayollar maslahatxonalarida ginekolog shifokorlar koʻrigidan oʻtkazilib, onaga, homilaga zarur hollarda muolajalar buyuriladi. Har bir chaqaloqlarning sogʻlom, meʼyoriy vaznda, nuqsonlarsiz tugʻilishi uchun barcha zarur saʼy-harakatlar olib boriladi.

  • Sogʻlom farzand dunyoga kelishida nikohlanuvchilarni nikoholdi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ham muhim ahamiyat kasb etadi. 2021-yil davomida tuman boʻyicha 4 ming 5 juft nikohlanuvchi shaxslar nikoholdi tibbiy koʻrigidan oʻtkazildi. Ularning 3 nafarida ruhiy, 37 nafarida somatik kasalliklar, 1 nafarida esa odamning immunitet tanqisligi virusi aniqlandi. Ushbu raqamlarning oʻziyoq nikoholdi tibbiy koʻrikning naqadar muhim ekanligini tasdiqlaydi.

Afsuski olib borilayotgan choralarga, targʻibot ishlariga qaramasdan, oʻz sogʻligiga beparvolik bilan qaraydigan, shifokorlar tavsiyalariga amal qilmaydigan ayollar ham bor. Ular homiladorlik davrida amal qilishi lozim boʻlgan koʻrsatmalarga bepisand qarashi oqibatida salbiy holatlar kelib chiqmoqda. Fikrimiz isboti sifatida raqamlarga murojaat etamiz:

Joriy yilning 17-yanvarigacha tumanimiz miqyosida 201 nafar chaqaloq dunyoga kelgan boʻlsa, ularning 11 nafari vafot etdi. Vafot etgan chaqaloqlarning 1 nafari 1500 gramm, 3 nafari 1600-2500 gramm, 4 nafari 2600-3500 gramm atrofida, 2 nafari 25-32 haftalik, 2 nafari 33-36 haftalik, 3 nafari 37-39 haftaligida, 6 nafari kesarcha qirqish yoʻli, 5 nafari tabiiy yoʻl bilan dunyoga kelgan. Bir nafar ikki yillik interval bilan toʻrtinchi farzandini dunyoga keltirayotgan ona vafot etgan.

Tan olish kerak, hech bir ayol bolasining nobud boʻlishini, yoki nuqsonli boʻlib tugʻilishini istamaydi. Biroq xohish boshqa, shunga intilish boshqa. Yashab ketishga tayyor boʻlmay tugʻilgan, tugʻilgach, kasalliklarga chalinib, tuman Tibbiyot birlashmasining bolalar reanimatsiyasi boʻlimida muolaja qilinayotgan goʻdaklarning salomatligi uchun ham birinchi navbatda ularni dunyoga keltirgan ota-onalari hamda oila aʼzolari javobgar aslida. Shu bois ham sogʻlom bola tugʻilishi uchun ota-onalarning masʼuliyatini oshirish muhim masala sanaladi.

Toʻgʻri, tuman Tibbiyot birlashmasining bolalar reanimatsiyasi boʻlimida goʻdaklarga tibbiy yordam berishga doir eng zamonaviy, ilgʻor texnologiyalar mavjud. Biroq bu har qanday holatdagi chaqaloqlarning ham hayotini saqlab qolish imkoni bor, degani emas.

Onalar va bolalar oʻlimining oldini olish, tugʻish yoshidagi, farzand koʻrish istagidagi ayollar oʻrtasida targʻibot ishlarini olib borish barcha tibbiyot muassasalarida bugungi kunda eng dolzarb vazifa boʻlib turibdi.

Shu maqsadda 19-yanvar kuni Qilichboy ovulidagi 7-qishloq oilaviy poliklinikada ultratovush tashxisi apparati mutaxassis shifokori Dinora Abduraimova, ginekolog shifokor Zamira Oʻrozimbetovalar hududdagi bir guruh tugʻish yoshidagi ayollarni tekshiruvdan oʻtkazib, sogʻlom farzand dunyoga keltirish uchun avvalo ona sogʻlom boʻlishi, homiladorlik davrida nimalarga eʼtibor berishi lozimligi xususida keng tushunchalar berdi.

Darhaqiqat, tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi, qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari hamda vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlarining asosiy vazifalaridan biri fertil yoshidagi ayollar, homilador va tuqqan ayollarga kasalliklar profilaktikasi boʻyicha koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifati va samaradorligini oshirish, bolalar orasida kasalliklar profilaktikasi boʻyicha tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borishdan iborat.

Sogʻlom bola tugʻilishida prenatal, yaʼni tugʻriqdan oldingi skrining koʻrigining ahamiyati katta. Bu avvalo ayollarda homilador boʻlish ehtimolini oldindan aniqlash, qolaversa, tugʻilajak bolada irsiy va boshqa nuqsonlar bor-yoʻqligini aniqlash imkonini beradi.

Ayniqsa, 35 yoshdan kattalar, bolalarida tugʻma nuqson boʻlgan homiladorlar, ilgari ketma-ket ikki homilasi nobud boʻlgan onalar, homila rivojlanishining dastlabki bosqichlarida yuqumli kasalliklarga chalingan homiladorlarlar, qarindoshlari bilan nikoh qurgan, shuningdek, ota va ona avlodida irsiy kasalliklar bor toifadagi ayollar uchun skrining zarur va oʻta muhimligi koʻrsatilgan.

Shu sababli ham Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasi, tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi, qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari masʼullari ovul va mahallalarda boʻlib, tibbiy koʻriklarni tashkil qilmoqda va tushuntirish-targʻibot ishlarini olib bormoqda.

Xuddi shunday tadbirlar tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli koʻptarmoqli markaziy poliklinika ayollar masalahatxonasida ham muntazam ravishda oʻtkazilmoqda.

Bulardan koʻzlangan maqsad esa chaqaloqlarning sogʻlom boʻlib dunyoga kelishi, oilasiga gʻam emas, olam-olam quvonch olib kelishiga erishishdir.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019