16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:05
Qishloq xoʻjaligi 👁 288

ISSIQXONALARDA QIShDA HAM YoZ NEʼMATLARI YeTILMOQDA

ISSIQXONALARDA QIShDA HAM YoZ NEʼMATLARI YeTILMOQDA

Qishloq aholisining asosiy qismining bandligi taʼminlanayotgan qishloq xoʻjaligiga zamonaviy ilm-fan yutuqlari, ilgʻor texnologiyalar joriy etilayotganligi mahsulot yetishtirish hajmi oshishiga, ekin maydonlaridan samarali foydalanishga asos boʻlayotir.

Ayniqsa keyingi yillarda issiqxonalarda turli sabzavotlar yetishtirilayotgani, ertagi ekinlar koʻchatlari yetishtirilib, ochiq maydonga koʻchirib oʻtqazilayotgani sabzavot va poliz mahsulotlarining erta yetilishini, bozorlarimiz toʻkinligini taʼminlayapti.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida bogʻdorchilik, uzumchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida issiqxonalar qurish hamda ularni tijorat banklari, lizing kompaniyalari orqali aholiga lizing va kredit shartlari asosida berish nazarda tutilgan. Shuningdek issiqxona xoʻjaligini rivojlantirishda oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash yoʻl-yoʻriqlari bayon etilgan.

Bu kabi imkoniyatlar yurtimizda issiqxonalar ekin maydonlarining hajmi oshishiga, soni koʻpayishiga va mahsulot yetishtirishning koʻpayishiga zamin yaratmoqda.

Amudaryo tumanida ham bu borada olib borilayotgan saʼy-harakatlar tufayli bozorlarimizda sabzavot, meva-chevalar serob. Yangi uzilgan pomidor, bodring, bulgʻor qalampiri, turli koʻkatlar izgʻirinli qish havosida ham yoz taftini, pishiqchilik davrini esimizga soladi.

Keyingi yillarda tumanimiz ovul va mahallalari aholisi oʻz tomorqa yerlarida kichik konstruktsiyali zamonaviy issiqxonalar qurib, sabzavotlar, ertagi sabzavot ekinlari koʻchatlari yetishtirishga alohida eʼtibor qaratishmoqda.

Xolimbeg ovulida tomorqa yerlaridan moʻl hosil yetishtirish hadisini olgan, daromad manbalarini yaratib, oila aʼzolarining bandligini taʼminlayotgan tadbirkor dehqonlar koʻp. Karimboy Oʻrozboyev ham shularning biri. U oʻz tomorqasida “Mikrokreditbank” tuman filialining 100 million soʻmlik imtiyozli krediti hisobiga 10 sotix maydonda zamonaviy issiqxona barpo etdi. Issiqxona “Asaka innovatsion tomorqa” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurildi.

Tajribali dehqon ushbu issiqxonasiga “Stat elegant” navli nomidor urugʻini ekib, farzandlari, kelinlari koʻmagida parvarish qildi.

Hozirgi kunda har sotixida 300-350 dona pomidor koʻchatlarining hosili pishay deb turibdi. Har bir tup pomidor poyasidagi mevalarni koʻrgan koʻz quvonadi.

Karimboy Oʻrozboyev dehqonchilikda ulkan tajriba toʻplagan, ekinlardan moʻl hosil olishda oʻzi xos bilim va malakaga ega inson.

U endilikda issiqxona ham daromad manbai ekanligini, farzandlari, kelinlari bandligini taʼminlabgina qolmay, oilasi farovonligini ham taʼminlashi mumkinligini oʻz faoliyatlarida koʻrdi.

Hozirgi kunda pishib yetilay deb turgan pomidorlar xalqimiz dasturxoni toʻkinligiga munosib hissa  boʻlib qoʻshiladi. Ha, ularning issiqxonasida izgʻirin, qor-qirovli kunlarda yoz nematlari yetilmoqda.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019