16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:05
Qishloq xoʻjaligi 👁 283

Oʻsimliklarni biologik himoya qilish sifati oshadi

Oʻsimliklarni biologik himoya qilish sifati oshadi

Butun dunyo boshidan kechirayotgan murakkab va qaltis vaziyat – koronavirus pandemiyasi agrar sohaning oʻrni va ahamiyati qanchalik muhim ekanligini yaqqol namoyish etmoqda.

Mamlakatimizda mavjud resurs va imkoniyatlarni ishga safarbar etib, ekin ekiladigan maydonlardan oqilona foydalanish evaziga yuqori hosil yetishtirishga erishilmoqda. Bu ham qishloq xoʻjaligida band boʻlganlar moddiy manfaatdorligi oshishiga, ham xalqimiz dasturxoni arzon va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻkin boʻlishiga zamin yaratmoqda.

Mamlakatimiz Prezidentining “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilinishi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning muhim asoslaridan biri - oʻsimliklarni turli kasalliklardan va zararli hasharotlardan himoya qilish sifatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspektsiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tashkil etildi hamda zararli organizmlarga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirishda agronom, fitopatolog, entomolog, xim-biolog boʻlgan mutaxassislarni oʻqitilib, malakasini oshirish orqali oʻsimliklar klinikalari, biolaboratoriyalarga ishga jalb qilinmoqda.

Tumanimizda ushbu agentlikning 10 nafar mutaxassislardan iborat tuman boʻlimi tashkil etilib, oʻz faoliyatini olib bormoqda.

Yaqinda ushbu boʻlim tashabbusi bilan Toʻlqin ovulida faoliyat yuritayotgan “Amu-Toʻlqin bioservis” masʼuliyati cheklangan jamiyatida Prezidentimizning “Respublikada Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilab berilgan vazifalarning mazmun-mohiyati va 2022 qishloq xoʻjaligi yilida ekinlardan moʻl hosil olinishiga erishishda amalga oshiriladigan ishlarga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tuman boʻlimi mutaxassislari, ovuldagi fermer xoʻjaliklari raislari, tomorqa va issiqxonalar egalari, shuningdek, “Amu-Toʻlqin bioservis” masʼuliyati cheklangan jamiyati xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda Agentlikning tuman boʻlimi boshligʻi Komiljon Bobojonov 2022-yilda ekinlardan moʻl hosil olinishiga erishishda oʻsimliklarni biologik himoya qilish borasidagi rejalar, ushbu usulning samaralari haqida tushunchalar berdi.

Maʼruzada taʼkidlanganidek, joriy yilda tumanda 13 ming 900 gektar paxta, 2 ta gʻallachilik klasteriga qarashli 6 ming gektar bugʻdoy maydonlarini kasalliklardan va zararli hasharotlardan biologik himoya qilish yuzasidan fermer xoʻjaliklari rahbarlari tumandagi 16 ta biolaboratoriyalar va 2 ta oʻsimliklar klinikalari bilan shartnomalar tuzilgan.

Shuningdek, bundan tashqari tomorqa yerlar va issiqxonalardagi ekinlarga ham biohimoya bilan ishlov berish imkoniyatlari yaratilgan. Bu bilan aholi tomorqalarida ekologik xavfsiz va toza mahsulot yetishtirilishiga zamin yaratiladi.

Seminar ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar va oʻsimliklarni biologik himoya qilish borasidagi yangiliklardan batafsil xabardor boʻldilar.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019