18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 12:13
Jamiyat 👁 278

DIYDOR KOʻRIShMAGAN IKKI BUYuK QALB

DIYDOR KOʻRIShMAGAN IKKI BUYuK QALB

Alisher Navoiy oʻzigacha yashab oʻtgan ulugʻ shoirlar ‒ Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviylarning «Xamsa» asariga javob tariqasida oʻzining turkiy tildagi «Xamsa»sining birinchi dostonini yozgan yili olis Movarounnahrda, Fargʻona vodiysida yana bir buyuk shoir — Zahiriddin Muhammad Bobur tugʻildi. Bobur Mirzo qonida shohlarga xos mardlik va shijoat bor edi, biroq unga shoirona qalb ham ato etilgandi.

Hukmdor boʻlmish otasi Umarshayx Mirzoning bevaqt vafoti tufayli unga erta bilan taxtga oʻtirishga, oʻz beqaror zamonining hokimiyat  talashib, mamlakatni inqiroz va tanglikka olib kelgan temuriy shahzodalari orasida saltanat yuritishiga toʻgʻri kelgan edi. Siyosat maydoniga chiqib, ichki kurashlar avj olgan vaqtda Samarqandni ikkinchi bor qoʻlga kiritadi. Shunda unga Navoiydan maktub keladi. Buni Bobur oʻzining «Boburnoma» asarida shunday yozadi: «Ushbu ikkinchi navbat Samarqandni olganimizda Alisherbek tirik edi. Bir navbat menga maktubi ham kelgan edi. Men ham bir maktub yuborib edim: orqasida turkiy bayt aytib, bitib yuborib edim». 

Balki Alisher Navoiy yosh Bobur timsolida elni tinch va osoyishta zamonga olib chiqishga qodir ezgu bir kuchni koʻrgandir? Chunki oʻzi bu paytga kelib keksaygan, davlat ishlaridan tamoman isteʼfoga chiqqan, «Majolis un-nafois» tazkirasiga Xuroson va movarounnahrlik shoirlar ijodidan sheʼrlar toʻplayotgan edi. Ular maktub orqali diydorlashdilar. Ammo «javob kelguncha gʻavgʻo-toʻpolonlar boʻldi», deya «Boburnoma»da yozgan edi muallif. Chunki Bobur ikkinchi bor Samarqandni Shayboniyxonga topshirishga majbur boʻlgan edi. Bu orada Navoiy hazratlari vafot etadilar.

Oradan koʻp vaqt oʻtmay, Bobur saltanat uchun kurashlarda magʻlublik alamini chekib, Xurosonga ketishga majbur boʻldi.  Movarounnahrni qoʻlga kiritgan Shayboniyxon endi Xuroson tomonga yurish qila boshlaydi. Bu paytda Qobulni egallab turgan Boburni Husayn Boyqaroning oʻgʻillari umumiy dushmanga qarshi ittifoqda kurashish uchun Hirotga chaqiradilar. Uni Boyqaroning oʻgʻli Badiuzzamon kutib oladi, Navoiy yashagan uyga joylashtiradi. Bobur bu haqida «Boburnoma»da shunday yozadi: «Ertasi ertalab kelib Bogʻi Navda tushdim. Bogʻi Navda bir kecha boʻldim. Uni munosib koʻrmay, Alisherbekning uylarini tayin qildilar. Hirotdan ketguncha Alisherbekning uylarida edim». Bobur Hirotda oʻtkazgan 20 kun mobaynida Sulton Husayn mirzoning xonaqohidan boshqa hamma joyni, jumladan, «Alisherbekning «Unsiya» atalmish uylarini, «Qudsiya» nomli maqbara va masjidi Jomeʼni, «Xalosiya» va «Ixlosiya» hammomlarini, «Safoiya» va «Shifoiya» atalmish shifoxonalarini» borib koʻrganini yozadi. Yosh Bobur ancha yillar oldin oʻziga xat yozgan, ehtirom ila yodida saqlaydigan kishi yashagan uy, u yashagan joyda turardi, biroq endi uning oʻzi hayotda yoʻq, ammo u barpo etgan bino va imoratlar, bogʻlarda ulugʻ shoir qalbidagi ezgulik va goʻzallik aks etib turar edi.

«Boburnoma»da Alisher Navoiy tilga olingan oʻrinlar koʻp, Bobur bu zot haqida yozar ekan, hurmat va ehtirom bilan yondashadi. Tariximiz sahifalaridan mangu oʻrin egallagan bu ikki buyuk zotning diydor koʻrishmoqliklari nasib etmadi, biroq fano bogʻidagi keksa daraxt bilan yosh niholning orasida esgan nasim qisqa boʻlsa-da, bir-birlarini qalbdan anglab yetganliklari shubhasiz.

Siroj Olimov, 30-sonli maktabning ijodiy-madaniy

masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026