16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:51
Jamiyat 👁 297

Tumanimizning 2-sektori hududida Yoshlar forumi oʻtkazildi

Tumanimizning 2-sektori hududida Yoshlar forumi oʻtkazildi

Yoshlar – har bir davlatning kelajagini, salohiyatini belgilovchi muhim ijtimoiy qatlam sanaladi. Zero, har bir jamiyatning holati, taqdiri va istiqboli unda yashayotgan yoshlarning salmogʻi, maʼnaviyati va ongliligi darajasi bilan belgilanadi. Yoshlar jamiyatning ertangi kelajagi, uning faol aʼzosi, taʼbir joiz boʻlsa jamiyat ertasining munosib vorislaridir. Mazkur nuqtai nazarga koʻra yoshlar davlat va jamiyat tomonidan doimiy eʼtiborda boʻladi.

Ushbu maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 10-fevral kuni tuman hokimligi, Amudaryo tuman turizm va sport boʻlimi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa koʻplab hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Amudaryo tumanining 2-sektori hududidagi mahallalarida yashovchi yoshlar ishtirokida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida sport musobaqalari va sport tadbirlari oʻtkazildi.

Forum Oʻrta qalʼa ovuli hududidagi Mangʻit aylanma yoʻlida “Salomatlik uchun besh ming qadam” shiori ostida piyoda yurish marafoni va ertalabki badantirbiya mashqlari bilan boshlandi. Mazkur marafonga mahalla yoshlarining 500 nafardan ortigʻi qamrab olindi. Maʼlumot uchun, Oʻrta qalʼa ovul fuqarolar yigʻiida 14 ming 335 nafar yoshlar istiqomat qilishadi.

Shuningdek, hududdagi 64-sonli umumtaʼlim maktabida “Yosh kitobxon” koʻrik tanlovi oʻtkazilib, unda tumanimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yoshlar ishtirok etishdi va oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Bundan tashqari, yoshlarni tadbirkorlik sohasiga jalb etish, ishbilarmonlik qobilyati bor yoshlarni erta aniqlash, ishsiz ayol-qizlarning kasb-hunar egallashlari uchun qiziqish uygʻotish maqsadida oʻz tikuvchilik faoliyatini 2009-yilda boshlagan Tamara Yusupovaning tikuvchilik korxonasiga sayohat tashkil qilindi. Sayohat davomida ham oilasiga daromad keltirib, ham tuman iqtisodi yuksalishiga hissa qoʻshayotgan faol tadbirkor ayol yoshlarga tadbirkorlik boʻyicha oʻz koʻrsatma va tavsiyalarini berdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini va sportni targʻib qilish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan bir vaqtda oʻtkazilayotgan ushbu tadbirlar ertangi kun egalarining unib-oʻsishida katta ahamiyat kasb etadi, albatta. Ayniqsa, kelajak avlodni dunyoga keltiruvchi ayol-qizlarning oʻz hayotlarida sogʻlom turmush tarzini tadbiq etishi dolzarb masaladir.

Shu maqsadda, Amudaryo tumaniining Yangiobod mahallasi hududidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabida ayol-qizlar ishtirokida voleybol musobaqasi oʻtkazildi. Keskin va murosasi ruhda oʻtkazilgan musobaqada 1-oʻrinni Kuyuk koʻpir ovuli, 2- oʻrinni Tosh yop ovuli va 3-oʻrinni Toʻlqin ovuli jamoalari egallashdi. Mazkur musobaqaga mahallalardan 64 nafar ayol-qizlar qamrab olindi.

Shundan soʻng oʻgʻil va qiz bolalar ishtirokida kibersport, shaxmat va shashka boʻyicha musobaqalar oʻtkazilib, mazkur musobaqalarda 62 nafar yoshlar ishtirok etishdi.

Shuningdek yoshlar oʻrtasida sportning mini futbol turi boʻyicha Farovon mahallasi hududidagi sunʼniy qoplamali mini futbol maydonida musobaqa oʻtkazilib, musobaqada tumanimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 144 nafar mahalla yoshlari ishtirok etdi. Shiddatli va murosasiz kechgan jamoalar uchrashuvida 1- oʻrinni Oʻrta qalʼa, 2- oʻrinni Oq oltin ovuli yoshlari, va 3- oʻrinni Namuna mahallasi yoshlaridan iborat jamolar egallashdi.

Shundan soʻng Doʻstlik mahallasi hududidagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi stadionida kamondan oʻq otish, tir, stol tennisi, WORKOUT, stritbol, yengil atletikaning 100 metrga yugurish turidan musobaqalar oʻtkazildi. Bu musobaqalarga jami 227 nafar yoshlar qamrab olinidi.

Oʻtkazilgan musobaqa va tanlovlarda gʻoliblar tuman Turizm va sport boʻlimi tomonidan munosib ravishda taqdirlandi.

Jumladan, 1-, 2- va 3-oʻrinni egallagan 139 nafar gʻoliblarga Xorazm viloyatining Xiva shahriga, Respublikamizdagi Moʻnoq tumaniga, va Nukus shahridagi Savitskiy muzeyiga bir martalik sayohatga yoʻllanmalar berildi.

Bundan tashqari, forum doirasida tumandagi 92-02 harbiy qism qurol-aslahalarining koʻrgazmasi, harbiy mashqlari, hududdagi gimnastika toʻgaragi aʼzolarining chiqishlari yoshlar eʼtiboriga taqdim qilindi.

Taʼdbir tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan gala kontsert dasturi bilan davom ettirildi. Kontsert davomida “Gulhan yoqish” marosimi oʻtkazildi, bu esa barcha yoshlar dilida oʻzgacha tassurot qoldirdi. Marosimda tumandagi iqdidorli yoshlar tomonidan jonli ijrodagi kuy-qoʻshiqlar bilan yanada zavqli tarzda, koʻtarinki ruhda davom etdi.

Kun davomida barcha oʻtkazilgan musobaqalar, tanlovlar, harbiy chiqishlar va kontsert dasturlariga 2-sektor hududidan jami 1000 nafardan ortiq yoshlar jalb qilindi. Yoshlar forumi doirasida oʻtkazilgan musobaqalar, mahorat darslari, kontsert dasturlari orqali yoshlar koʻplab doʻstlar orttirish bilan birga boʻsh vaqtlarini mazmunli tarzda oʻtkazishdi.

Tuman hokimligining axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019