16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:09
Qishloq xoʻjaligi 👁 214

GʻALLAChILIK DAROMADLI SOHAGA AYLANADI

GʻALLAChILIK DAROMADLI SOHAGA AYLANADI

Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar oʻzining ijobiy samaralarini berayotir. Gʻallachilikni rivojlantirish, istiqbolli, serhosil navlarni ekish va hosildorlik oshishiga erishish dehqonlarimiz faoliyatining asosiy mezoniga aylanmoqda desak, adashmagan boʻlamiz.

Amudaryo tumanida 2 ta gʻallachilik klasteri tashkil etilgan boʻlib, ularning 6000 gektar gʻalla maydoni bor. 2022-yil hosili uchun bugʻdoy ekilgan bu dalalardagi gʻallalar qish mavsumiga toʻliq tuplatib kiritildi va mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirildi.

Gʻalla maydonlaridan yuqori hosil yetishtirish uchun hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, navlar tanlab ekilgani oʻzining natijalarini berdi: barcha maydonlarda toʻliq nihol undirib olindi. Dala boshlariga mahalliy oʻgʻit jamgʻarilib, koʻklamda bugʻdoyzorlarni sharbat usulida surogʻish uchun hozirlab qoʻyildi.

Tumanimizning Oq oltin ovulida 16 ta fermer xoʻjaliklari faoliyat yuritadi. Ularning paxta, poliz va sabzavot ekin maydonlaridan tashqari, 523 gektar gʻalla maydonlari bor.

Ushbu maydonlarga “Yogʻdu”, “Asr”, “Antonino” kabi tezpishar va hosildorligi yuqori boʻlgan gʻalla navlari ekilgan. Kuz faslida bir tekis unib chiqqan bugʻdoy nihollari oziqlantirildi, sugʻorildi. Natijada nihollar mustahkam tupladi.

Ayni kunlarda fermer xoʻjaliklarda gʻalla maydonlari boshiga mahalliy oʻgʻit jamgʻarish, sharbat usulida sugʻorish uchun xandaqlar qazish ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda.

Ovulning “Shomurodova Sayyora” fermer xoʻjaligining 13 gektar yeriga 2022-yil hosili uchun gʻalla ekilgan.

Ushbu maydonlardan yuqori hosil yetishtirish maqsadida umidli “Yogʻdu” navi ekilgan. Urugʻlar unib chiqqach, ikki marta oziqlantirildi va sugʻorildi. 3 nafar pudratchilarga boʻlib berilgan gʻalla maydonlariga mahalliy oʻgʻit jamgʻarilib, bahorgi sugʻorishga tayyor qilib qoʻyildi.

Xoʻjalik gʻalla maydonlarini koʻzdan kechirgan kishi qishning izgʻirinli, qorli kunlarida ham ona zaminimiz taftidan kuch olib, bargi sargʻaysa-da, tuplari yashil rang kasb etib turgan bugʻdoy maysalalarini koʻrib, koʻz quvonadi.

Ayni kunlarda tumanimizda 2022-yil hosili uchun ekilgan dalalardan moʻl hosil yetishtirilishi uchun mavjud 16 ta biolaboratoriya, 2 ta oʻsimliklar klinikalarida bugʻdoyzorlarni kasalliklardan va zararli hasharotlardan va yovvoyi oʻtlardan himoya qilish maqsadida yetarli miqdorda biomahsulotlar tayyorlanmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Gʻalla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq ichki bozorni gʻalla doni bilan kafolatli taʼminlash maqsadida 2022-yildan boshlab respublika hududida tavsiya etilgan bugʻdoy navlarini xoʻjalik yurituvchi subʼektlar tomonidan yer-suv sharoitlaridan kelib chiqib, mustaqil joylashtiradilar, 2022-2024-yillarda gʻallachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklari yetishtirgan hosilning gʻalla ekilgan har gektar sugʻoriladigan maydon hisobidan respublika boʻyicha oʻrtacha 2,5 tonnadan bugʻdoyni erkin birja savdolari orqali, qolgan qismini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida erkin sotadi.

Mazkur qarorda belgilangan koʻpgina imtiyozlar tumanimizda ham gʻallachilikning daromadli sohaga aylanishida muhim huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019