16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:24
Siyosat 👁 750

Toʻlqin ovulida gʻallachilik va bogʻdorchilik boʻyicha amaliy seminarlar boʻlib oʻtdi

Toʻlqin ovulida gʻallachilik va bogʻdorchilik boʻyicha amaliy seminarlar boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumanining Toʻlqin ovuli yana bir bor qishloq xoʻjaligi sohasidagi muhim voqealarga mezbonlik qildi. Bu safargi tadbirlar qishloq xoʻjaligi mahsuldorligini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish va 2026-yil hosiliga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, u nafaqat fermerlar, balki butun tuman qishloq xoʻjaligi tizimi uchun dolzarb ahamiyat kasb etdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Qishloq xoʻjaligi vaziri Shuhrat Teshayev boshchiligidagi ishchi guruh Toʻlqin ovulidagi “Amat Toʻrayev” fermer xoʻjaligida boʻlib, bu yerda 2026-yil hosili uchun ekilgan gʻalla maydonlarining holati bilan yaqindan tanishdi.

Seminar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida oʻtkazildi. Unda Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov, Qishloq xoʻjaligi boʻlimi masʼullari, Agroinspektsiya mutaxassislari, Oʻsimliklar karantini va himoyasi inspektsiyasi xodimlari, Fermerlar kengashi vakillari hamda fermerlar ishtirok etdi.

Mutaxassislar tomonidan ekinlar holati chuqur tahlil qilinib, kuz-qish mavsumida bajarilishi zarur boʻlgan agrotexnik tadbirlar boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi. Xususan, gʻalla parvarishini texnologik ketma-ketlik asosida olib borish, oʻgʻitlash va sugʻorish rejimlarini toʻgʻri belgilash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishning zamonaviy usullarini qoʻllash, tuproq unumdorligini oshirishning ilmiy asoslangan yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Bu koʻrsatmalar fermerlar uchun yangi mavsumga sifatli tayyorgarlik boʻlishi bilan birga, hosildorlikning barqaror oʻsishida ham muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Tadbirning ikkinchi qismida esa bogʻdorchilik yoʻnalishidagi oʻquv-amaliy seminar oʻtkazildi. Unda bogʻ qator oralaridan samarali foydalanish masalasi kun tartibidan oʻrin oldi. Mutaxassislar toʻqsonbosti usulida ekiladigan ekin turlari, ularni parvarishlash talablari, sugʻorish usullari, tuproqni saqlash texnologiyalari va hosildorlikni oshirish yoʻllari boʻyicha batafsil maʼlumotlar berishdi.

Seminar davomida bogʻlar kesimida amaliy mashgʻulotlar tashkil etilib, qatnashchilarga qator oralari uchun mos ekinlarni tanlash, ularni oʻz vaqtida parvarishlash, agrotexnik tadbirlarni toʻgʻri bajarish, suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Seminar fermerlar bilimini boyitish, hosildorlikni oshirish va yer resurslaridan samarali foydalanishda muhim tajriba maydoni vazifasini bajarishi shubhasiz. Unda bildirilgan fikrlar, berilgan tavsiyalar va oʻtkazilgan amaliy mashgʻulotlar 2026-yil hosili uchun puxta zamin yaratishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Eng asosiysi, bu jarayonlar qishloq xoʻjaligida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, fermer xoʻjaliklarini yangi bilimlar bilan qurollantirish, hududda samarali agrotexnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish kabi ustuvor vazifalarga xizmat qiladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019