16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:07
Qishloq xoʻjaligi 👁 377

ISSIQXONADAN YILIGA 150-160 TONNA HOSIL OLINMOQDA

ISSIQXONADAN YILIGA 150-160 TONNA HOSIL OLINMOQDA

Bugungi kunda yurtimizda energiya tejamkor texnologiyalarga asoslangan issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, eksport hajmlarini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻlkamizning boshqa hududlarida boʻlgani kabi amudaryoliklar ham bogʻdorchilik, issiqxona xoʻjaliklari tashkil etish, tomchilatib sugʻorish asosida ekinlar parvarishlashni yoʻlga qoʻyib, yerdan unumli foydalanishmoqda. Tumandagi aholining aksar qismi imkoniyatiga qarab issiqxonalar tashkil etib, doimiy daromad manbaiga ega boʻlmoqda.

Amudaryo tumanidagi “Mangʻit Invest plyus” Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasida tomonidan ham Tosh yop ovulida bir gektarlik hududda issiqxona tashkil qilingan edi. Asosan pomidor, bodring kabi aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur boʻladigan sabzavotlarni yetishtirish moʻljallangan mazkur issiqxona 477 ming AQSh dollari miqdoridagi kredit mablagʻi hisobiga zamonaviy uslubda, ilgʻor innovatsion texnologiyalar asosida barpo etilgan.

Elektr energiyasi yordamida isitishga moʻljallangan ushbu issiqxonada qish oylarida ham moʻʼtadil harorat boʻlishi natijasida tekis unib chiqqan sabzavot ekinlari durkun rivojlanib, barvaqt meva tugadi. Issiqxonada yetishtirilayotgan bodring va pomidordan qish, bahor oylari davomida 2-marta hosil olishga erishilmoqda. Bir yil davomida oʻrtacha 150-160 tonna hosil olinib, shundan 50-60 foizi xorijga eksport qilinadi. Qolgani ichki bozorda sotilib, tumanimiz aholisi dasturxoniga tortiq qilinadi.

Issiqxonada 15 nafar ishchi doimiy ish bilan taʼminlangan. Yigʻim-terim mavsumida ishchilar soni yanada koʻpaytiriladi. Korxona tomonidan ishchilar uchun yetarli sharoit yaratilgan. Har kuni tushlik mahalida issiq ovqat yetkazib beriladi.

Bundan bir necha yil muqaddam tadbirkor Jalgʻas Boymuradov rahbarligidagi masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “Mangʻit invest plyus” qoʻshma korxonasi tarkibida bir gektar joyda issiqxona qurish niyati tuman rahbarlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, unga yer maydoni ajratishda hamda boshqa masalalarda yaqindan yordam koʻrsatilgan edi.

Ushbu issiqxonani tashkil etish mobaynida tadbirkor Xitoylik mutaxassislardan issiqxona tashkil etish boʻyicha chuqur tajriba oʻrgandi. Tadbirkor taʼkidlaganidek, ushbu davlat sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi. Xitoy sabzavotchiligi haqida gapirilganda, Shandun yarim orolining Shouguan shahri – Xitoy sabzavotchiligining vatani deb yuritiladi.

Xitoylik mutaxassislar tomonidan tavsiya qilingan issiqxona ashyolari ham Shandun oʻlkasidan olib kelinib, qurilish ishlari amalga oshirildi. Xitoylik mutaxassislarning va qoʻshma korxona ishchilarining astoydil qilgan mehnatlari evaziga ushbu issiqxona 2018-yilning oktyabr oyigacha toʻla qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi.

Hozirgi kunda issiqxonada pomidor, bodring va boshqa ekinlarni parvarishlashda tomchilatib sugʻorish va bargdan oziqlantirish usulidan foydalaniladi. Bu usul isssiqxonada yetishtirilayotgan ekinlar hosildorligini oshirishda muhim oʻrin tutmoqda. Mahsulot yetishtirish quvatiga koʻra tumanda yagona hisoblangan ushbu issiqxonaning tashqi va ichki koʻrinishi, undagi nihollarni koʻrgan kishining koʻzini quvontiradi.

Tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi yirik loyihalar avvalo xalqimiz farovonligi, aholi turmush sharoitini yaxshilash, qoʻshimcha ishchi oʻrinlari yaratish va ularning dasturxonlarini toʻkin qilishga xizmat qiladi.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019