16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:06
Qishloq xoʻjaligi 👁 325

Qishloq xoʻjaligida bahorgi agrotexnik tadbirlar boʻyicha seminar oʻtkazildi

Qishloq xoʻjaligida bahorgi agrotexnik tadbirlar boʻyicha seminar oʻtkazildi

Bahor fasli qishloq xoʻjaligida eng muhim pallalardan sanaladi. Yerlarni ekishga tayyorlash va urugʻ qadash kabi dolzarb yumushlar amalga oshiriladigan ushbu davr dehqonlardan doimgidan-da koʻproq mehnat qilishni, har bir daqiqani gʻanimat bilishni talab etadi.

Bu borada fermerlarga yoʻl-yoʻriq va tavsiyalar berish maqsadida 1-mart kuni Amudaryo tumaniing Choykoʻl ovulida koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari Daryabay Qaypov, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Anvar Yoʻldashev, tuman hokimi oʻrinbosari Islombek Matkarimov, tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Ilhom Polvonov hamda tumanda faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.

Seminarda yerlarning shoʻrini yuvish, kartoshka ekish tartibi hamda 2022-yilda gʻalla yetishtirish boʻyicha agrotexnik tadbirlarning bajarilishi kabi muhim masalalarda fermer xoʻjaliklari masʼullariga tavsiyalar berildi.

Koʻrgazmali seminarda soʻzga chiqqan mutaxassislar avvalo shoʻrlangan yerlarni yuvish ishlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish ekinlarning oʻsishi, rivojlanishi va moʻl hosil berishi uchun katta ahamiyat kasb etishini taʼkidlashdi. Shuning uchun tuproqdagi zararli va ortiqcha miqdordagi tuzlarni chiqarib tashlash hamda sizot suvlarining minerallashganligini kamaytirish dolzarb vazifa ekanligini qayd etdilar.

Seminarda kartoshka yetishtirishning oʻziga xos usullari va tanlanishi lozim boʻlgan urugʻ navlari haqida ham maʼlumotlar berildi. Maʼlumki, yurtimizda ertagi kartoshka fevral oyi oxiri va mart oyi boshlarida ekiladi. Kartoshka ekishni belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirish nihoyatda zarur tadbirlardan biri boʻlib, ushbu amallar hosil taqdirini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Fermer xoʻjaliklari rahbarlariga bu borada ham ilmiy asoslangan tavsiyalar bayon qilindi.

Bundan tashqari seminar ishtirokchilariga yer maydonini chigit ekish ishlariga sifatli tarzda tayyorlash, ekish mavsumi oldidan mineral oʻgʻit, dorilangan sifatli urugʻlik zaxirasini yaratish, ekiladigan maydonlarni meʼyorida sugʻorishni tashkil etish boʻyicha alohida tushuntirishlar berildi.

Seminarda soʻzga chiqqanlar yerlarni ekishga sifatli tarzda tayyorlash moʻl hosil olishning muhim shartlaridan biri ekanligi, bu borada yangi zamonaviy usullar, texnologiyalar va ilmiy xulosalardan foydalanish lozimligi haqida fikr bildirishdi. Shu bilan bir qatorda ushbu vazifalarni tezkorlik bilan, tizimli ravishda amalga oshirish boʻyicha fermerlarga topshiriq va tavsiyalar berildi. Shuningdek, endi har bir fermer yer bilan ishlashda ilm-fanga tayanishi, kerakli mineral oʻgʻitlar meʼyorlariga qatʼiy rioya qilishi lozimligi alohida taʼkidlandi.

Seminar davomida mutaxassislar kuzgi bugʻdoy parvarishida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan muhim jihatlarga ham toʻxtalib oʻtdilar. Fermerlar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishlicha javoblar olishdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019