16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:55
Salomatlik 👁 817

QRIM-KONGO GEMORRAGIK ISITMA KASALLIGINING OLDINI OLIShGA BAGʻIShLANGAN TADBIR BOʻLDI

  QRIM-KONGO GEMORRAGIK ISITMA KASALLIGINING OLDINI OLIShGA BAGʻIShLANGAN TADBIR BOʻLDI

Maʼlumki, kunlar isishi bilan boshqa hasharotlar kabi kanalarning ham uygʻonishi va faollashishi boshlanadi. Shu sababli Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligining oldini olishga eʼtibor qaratilmoqda.

Kanalar ichida inson hayoti uchun oʻta xavfli boʻlgan, Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi qoʻzgʻatuvchilarining tashuvchisi boʻlgan iksod kanalari ham mavjud. Ushbu holat fuqarolarimiz salomatligi muhofazasi yoʻnalishida taʼsirchan tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi.

Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi oʻtkir yuqumli kasallik boʻlib, odamlarga kasallik qoʻzgʻatuvchisi bilan zararlangan kanalar chaqishi orqali yuqadi. Demak, kasallikning asosiy manbai kasallangan odamlar, kasallangan kanalar va kasallik qoʻzgʻatuvchisi bilan zararlangan hayvonlar hisoblanadi.

Xoʻsh, kasallikdan qanday himoyalanish mumkin? Umuman, buning iloji bormi? Ha, albatta.

3-mart kuni “Aholi oʻrtasida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi tarqalishining oldini olishda favqulodda vaziyatlar davlat qutqaruv tizimining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusidagi koʻrgazmali maxsus-taktik oʻquv-mashqida aynan ushbu kasallikdan himoyalanish boʻyicha tushunchalar berildi va maxsus amaliy-taktik mashgʻulotlar namoyish qilindi.

Tadbirda tuman Tibbiyot birlashmasi maʼsul shifokorlari, idora, korxona, tashkilotlar vakillari, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari ishtirok etdilar. Mashgʻulotlar avvalida tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenboyev ushbu tadbirning aholi uchun ahamiyati haqidagi toʻxtalib oʻtdi. Tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimining epidemiologiya va immunoprofilaktika boʻlimi mudirasi Gulshod Tojiboyeva esa Krim-Kongo gemorragik isitma kasalligihaqida batafsil maʼlumotlar berdi. Tuman Tibbiyot birlashmasining bosh infektsionist shifokori Ozod Qurbonboyev mazkur kasallikning klinikasi, diagnostikasi va uni davolash usullari xususida gapirdi.

Tadbirning amaliy qismi tuman Tibbiyot birlashmasining koʻptarmoqli markaziy poliklinikasida oʻtkazildi. Bu yerda teri va tanosil kasalliklari xonasi shifokori va hamshirasi Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligiga chalinganlikda gumon qilingan bemorni tekshirish, tashhis qoʻyish va yuqumli kasalliklar boʻlimining izolyator xonasiga yotqizish, bu haqda belgilangan tashkilotlarga xabarnoma berish tartibini amalda koʻrsatib berdilar.

Tadbir davomida tuman Veterinariya boʻlimi xodimlari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi hamda koʻp tarmoqli markaziy poliklinika shifokorlari va hamshiralari ushbu kasallikdan saqlanish yuzasidan hamkorlikda targʻibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirishi lozimligi taʼkidlandi.

Tuman hokimligi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda oʻtkazilgan koʻrgazmali maxsus taktik-oʻquv mashqi Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi bilan bogʻliq noxush holatlar sodirrrr boʻlishining oldini  olishda muhim vosita boʻldi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019