16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:46
Jamiyat 👁 256

OTA DUOSINI OLGAN QIZ

OTA DUOSINI OLGAN QIZ

Mayra Umirboyevaning oʻqituvchilik kasbiga ixlos qoʻyishiga otasi – bir umr bolalarga taʼlim-tarbiya berib kelayotgan, nevaralar ardogʻida, oʻgʻil-qizlari kamolidan quvonib yashayotgan Marat Otajonov sababchi  boʻldi.

Mayra ulgʻaysam, albatta, otamdek ustoz boʻlaman, deb orzu qilar, xayolan oʻzini otasi oʻrnida tasavvur qilib ham koʻrardi. Biroq  Xoʻjayli shahridagi 1-sonli maktabning 9-sinfini tamomlagach, shu tuman Tibbiyot birlashmasida shifokor boʻlib ishlaydigan onasining raʼyini qaytara olmay, Tibbiyot kollejiga oʻqishga  kirdi. Kollejni aʼlo baholarga bitirib, oʻz mutaxassisligi boʻyicha faoliyatini boshlagan vaqtida ham koʻnglidagi oʻqituvchilikka boʻlgan havas uni tark etmadi. Shunday qilib, qoʻli yengil, shirin soʻzli hamshira boʻlib ishlab yurgan qiz NDPIga hujjat topshirdi va sinovdan yaxshi oʻtib, davlat granti asosida talabalikka qabul qilindi.

Mayra oliygohni muvaffaqiyatli tugatgach, Kuyuk koʻpir ovuliga kelin boʻlib tushdi va hududdagi 14-sonli maktabda qozoq tili fani oʻqituvchisi boʻlib mehnat faoliyatini boshladi. Bunga endigina 9-yil boʻlayapti. Shu davr ichida Mayra maktab oʻqituvchilar jamoasi bilan bir oila farzandlariday boʻlib ketdi. Dastlab yangi oila, yangi maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilariga koʻnikishi oson ham boʻlmadi. Biroq maktabning rahbarlari, matematika oʻqituvchisi A.Bekmurodov, geografiya fani oʻqituvchisi R.Toʻramurodovlar unga dalda, yoʻl-yoʻriq berib turishdi.

Ha, Mayra epladi, ustoz oʻqituvchilar ishonchini oqlab, bolalarning sevimli ustoziga aylandi.

U oʻqituvchilik qilib, qozoq tili va adabiyotidan dars bergan sevimli shogirdi A.Jalgʻasbayeva 2019-yilda oliygohning oʻzi oʻqigan fakultetiga oʻqishga kirganida xuddi oʻz bolasi talaba boʻlganday quvondi, oʻz-oʻziga ishonchi ortdi, ota-onalar unga oʻzgacha hurmat bilan qaraydigan boʻldi.

Oilasidagi yumushlari, 2013-yilda tugʻilgan qizi Aydana, 2018-yilda tugʻilgan oʻgʻli Nurdauletlar tarbiyasidan ortib, Mayra darsdan keyin ham oʻquvchilarini toʻgarak mashgʻulotlariga jalb etdi. Natijada oʻquvchilari yaxshi koʻrsatkichlarni qoʻlga kiritdi. Xususan, 2020-yilda G.Serikboyeva, M.Oʻrinboyevalar NDPIning Turkiy tillar filologiyasi fakultetining qozoq tili boʻlimiga oʻqishga kirishgan boʻlsa, 2021-yilda bir bitiruvchisi B.Reyimboyeva fanlar olimpiadasining mamlakat bosqichi gʻolibi boʻlib, oliygohga imtihonsiz qabul qilindi.

Jamiyatimizda oʻz oilasining tinch-totuvligini, ahilligini taʼminlabgina qolmay, yosh avlodni iqtidorli, bilimli, maʼnaviyatli qilib tarbiyalashga munosib hissa qoʻshayotgan Mayra, u kabi fidoyi ayol-qizlarga bu taʼrif ham kam, nazarimda.

Ilohim, omon boʻling, kasbingizdan baraka toping!

 

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019