16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:35
Jamiyat 👁 346

MANGʻIT ShAHRINING KIChIK ShAHARChA QIYoFASINI OLGAN MAHALLASI

MANGʻIT ShAHRINING  KIChIK ShAHARChA QIYoFASINI OLGAN MAHALLASI

Mamlakatimizda mahalla institutini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikning mazmun-mohiyatida, avvalo inson omiliga eʼtibor, uning hayotdan rozi, obod va farovon yashashini taʼminlashdek ustuvor vazifalar mujassam. Mahalla masʼullari esa ana shu ustuvor vazifalarni sobitqadamlik bilan bajarishga hamisha burchlidirlar.

Mangʻit shahrining Olmazor mahallasi Amudaryo tumanidagi har tomonlama, ayniqsa, infratuzilmasi jadal rivojlanayotgan mahallalaridan biri sanaladi. Ayni paytda 1025ta oilada 3242 nafar aholi istiqomat qilayotgan mahalla hududida zamon talablari darajasidagi istirohat bogʻi, Amudaryo tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi, 4ta bolalar bogʻchasi, “Sayamed” koʻz kasalliklari klinikasi, 1ta mini stadion, Amudaryo BOʻSM va unga tegishli markaziy oʻyingoh, yopiq basseyn, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi maʼmuriy binosi, 82-sonli  umumtaʼlim maktabi, “Barkamol avlod” bolalar maktabi, xorijiy tillarga ixtisoslashgan xususiy maktab, 3ta choyxona, 2ta tozalangan suv sotish shoxobchalari, 2ta savdo-sotiq doʻkoni, 1ta AYoQSh, mebel ishlab chiqarish, koʻrpa qavish tsexlari, zamonaviy fotostudiya mavjud. Mahalla infratuzilmasining zamon talablari darajasida rivojlanayotganini hisobga olsak, hatto Mangʻit shahrining markaziy qismiga nisbatan ham qiyofasi koʻrkam, xalq talab va ehtiyojlari darajasidagi shahar ichidagi shaharcha deyish mumkin.

Ishsizlikka barham berish, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan yoshlar, ayol-qizlarning bandligini taʼminlashda “Mahalla yettiligi”ning tutgan oʻrni muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Mahalla yettiligi”ning hamkorlikdagi oʻrganishlari natijasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar roʻyxatlari shakllantirilib, 19 nafar fuqaroning xonadonlari tomi shiferlab berildi, yana 5ta xonadon tomini shifer bilan yopish ishlari davom etmoqda.

Hududni eng obod va farovon goʻshaga aylantirish maqsadida MFY raisi A.Madrahimov rahbarligida keng koʻlamli obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Faqat 2023-yil davomida davlat mablagʻi hisobidan Jumurtov, Firdavsiy nomli, Islomobod va Humoyun nomidagi koʻchalarning 2,5 km. qismida piyodalar yoʻlakchasi qurilib, tungi yoritgichlar oʻrnatildi, Birdamlik koʻchasining 2 km. qismiga tosh-shagʻal toʻshaldi. Prezidentimiz tashabbusi bilan har bir mahallaga davlat byudjetidan ajratilgan 500 mln. soʻm mablagʻ hisobidan Birdamlik koʻchasi aholisining elektr energiyasi taʼminotini  yaxshilash maqsadida 1ta 250 kVt kuchlanishga ega transformator, Firdavsiy nomidagi va Islomobod koʻchalari  aholisi uchun 1ta elektr nasos oʻrnatilib berildi. Shuningdek, Olmazor koʻchasiga 1ta, Firdavsiy nomli va Nihol koʻchalariga 1ta bolalar oʻyin maydonchalari qurib berilib, Olmazor koʻchasiga shagʻal-tosh toʻshaldi.

Mahalla aholisining xavfsizligini taʼminlash maqsadida Humoyun nomli koʻchaga 4ta, Islomobod koʻchasiga 1ta kuzatuv kameralari  1-Nihol koʻchalari obodonlashtirilib, 1,5 km. qismiga shagʻal-tosh yotqizildi.

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan eʼtibor tufayli mahallada oʻzini-oʻzi band qilgan fuqarolar, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyib, doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan yoshlar ham talaygina.

MFY raisi A.Madrahimovning faoliyat qoʻlami esa olmazorliklarning yangi-yangi rejalari, orzulari bilan yanada kengayib boraveradi. Ayni paytda mahallada 2024-yil uchun belgilangan rejalarni ado etishga qaratilgan saʼy-harakatlar ham hamjihatlik bilan boshlab yuborildi.

Xususan, Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan loyiha qiymati 15,1 mlrd. soʻm boʻlgan 11,6 km. masofadagi yoʻlni betonlashtirish, 2024-2025-yillarda Birdamlik va Yangibogʻ koʻchalari oraligʻida 120-oʻrinli MTT binosini qurish, Nihol va Firdavsiy nomidagi koʻchalarning 2 km. qismini asfaltlash, Birdamlik, Islomobod, Nihol koʻchalariga tungi yoritgichlar oʻrnatish, piyodalar yoʻlakchasi qurish, elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash maqsadida 250 kVt kuchlanishga ega 3ta transformator oʻrnatish va oqar suvdan foydalanish sifatini oshirishda tejamkorlikni taʼminlash uchun 2 km. uzunlikda beton ariqchalar qurilishini amalga oshirish, hududdagi “Barkamol avlod” bolalar maktabini rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan.

– Belgilangan ushbu rejaviy ishlarni bajarishda men mahalladoshlarimga suyanaman, – deydi MFY raisi A.Madrahimov. – Maqsadimiz esa bitta – xalqimiz oʻz hayotidan rozi, ertangi kuniga ishonch bilan yashashini taʼminlash.

Ishonch bor joyda oʻsish, rivojlanish boʻladi. Biz ham ishonch bilan ayta olamizki, A.Madrahimov rahbarligida Olmazor MFYda amalga oshirilayotgan ishlarda xalqning ishonchidan kuch olgan taraqqiyot odimlari bor va bu olmazorliklar turmush tarzida, mahallaning koʻrkam  qiyofasida aks etib turibdi.

 Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019