16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:07
Qishloq xoʻjaligi 👁 450

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida hududlarda yashil daraxtzorlar barpo etilmoqda

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida hududlarda yashil daraxtzorlar barpo etilmoqda

Koʻchat ekib, bogʻ yaratish, oʻzimiz yashab turgan hududni yashil makonga aylantirish ham azaliy qadriyatlarimizdan hisoblanadi. Shu bois, ajdodlarimiz juda qadimdan guzar yoʻllar boʻylari, ekinzorlarning chetlariga, koʻchalar yoqalatib turli xil manzarali va mevali daraxt koʻchatlarini oʻtqazishgan va buni oʻz farzandlari uchun ham doimiy anʼanaga aylantirishgan. Mamlakatimizda yashil hududlar barpo etish, ekilgan har bir tup niholni avaylab-asrash, uning tuproqqa ildiz qoʻyib, unib-oʻsib ketishini taʼminlash maqsadida har yili kuzgi va bahorgi koʻchat ekish mavsumiga alohida puxta taraddud koʻriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 2-noyabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida eʼlon qilingan "Yashil makon" umummilliy loyihasi hamda daraxt ekish boʻyicha "Dolzarb 40 kunlik" doirasida Amudaryo tumanida 2021-yil kuz va 2022-yil bahor mavsumida 1 million 159 ming dona manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekish rejalashtirilgan.

13-mart kuni Amudaryo tumaniga tashrif buyurgan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi Narzullo Oblomurodov va mazkur qoʻmita mutasaddilari Amudaryo tumani xokimi Sultonboy Yoʻldashev bilan birgalikda Oq oltin ovuli hududidagi “Oq oltin Amudaryo” fermer xoʻjaligida boʻlishib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar va ushbu jarayonga oʻz hissalarini qoʻshib, mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekdilar.

Ayni kunlarda Amudaryo tumanidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yoʻllari yoqasiga, qishloq xoʻjaligi yerlari atroflaridagi ihota daraxtzorlar barpo etiladigan yerlarda, fermer xoʻjaliklari ekin yer maydonlari chetlariga, oliy va oʻrta maxsus taʼlim, xalq taʼlimi, maktabgacha taʼlim hamda sogʻliqni saqlash yoʻnalishlaridagi muassasalar hududlariga, shuningdek, korxonalar va xizmat koʻrsatish sohalari hududlari, tuman obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi hududlar va obʼektlarda iqlim sharoitimizga mos mevali va manzarali daraxtlar koʻchatlarini ekish ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tumandagi ovul va mahallalar hududlarida 2021-yil kuz mavsumida 434,6 ming dona manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekish rejalashtirilib, shundan 1,5 ming dona viagra archasi, 2 ming dona sharq tuyasi, 3 ming dona yapon saforasi, 10,6 ming dona katalpa, 9,5 ming dona shumtol, 15,9 ming dona qayragʻoch koʻchatlari ekildi. Bundan tashqari, 2 ming dona jiyda, 24,5 ming dona tut, 6,1 ming dona zarang, 5,5 ming dona akatsiya, 13 ming dona terak, 920 ming dona suriya atirguli, boshqa turdagi 315 ming dona manzarali daraxtlar, 49 ming dona yongʻoq daraxtlari, ming dona uzum, shuningdek, 44 ming dona qalamcha shaklidagi koʻchatlar ekildi.

Hozirgi kunda ushbu ekilgan koʻchatlarning holatlari oʻrganilib, sugʻorish tizimi xamda parvarishlash boʻyicha nazorat qilish va xatlovdan oʻtkazish ishlari olib borilmoqda.

Tumanimizda bahorgi koʻchat ekish mavsumiga ham puxta taraddud koʻrildi. Avvalo koʻchat ekiladigan hududlar xaritasi tuzilib, ekiladigan koʻchatlarni yer, suv sharoitiga mutanosib ravishda joylashtirish boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazildi. Ayni paytda 2022-yil bahor mavsumida 724,4 ming dona manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekish ishlari boshlab yuborildi.

Joriy yilgi ekish mavsumida 500 dona viagra archasi, 800 dona sharq tuyasi, 1,3 ming dona yapon saforasi, 4,6 ming dona katalpa, 4,5 ming dona shumtol, 6,3 ming dona qayragʻoch, 800 dona jiyda, 34,3 ming dona tut koʻchatlarini ekish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 3 ming dona zarang, 2,4 ming dona akatsiya, 7,7 ming dona terak, 400 dona suriya atirguli, 146 ming dona daraxt va buta koʻchatlari, 24,7 ming dona yongʻoq, 6,5 ming dona uzum, 136,2 ming dona qalamchalar ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

N.Uzakboyev, Amudaryo tumani nazorat boʻyicha inspektsiya boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019