16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:25
Adabiyot 👁 262

Jayxun ilhomlari

Jayxun  ilhomlari

Tabrik

Togʻlarning bagʻridan asta erib qor,

Qishdagi uyqudan uygʻonib bahor.

Dillarda qoldirmay zarracha gʻubor,

Mana, Navroʻz keldi bogʻlab belini,

Shodlikka toʻldirib Amu elini.

 

Bugun osmon tiniq,  charaqlar quyosh,

Boychechak koʻtarib, sekin yerdan bosh,

Necha asrga teng, bilmam, necha yosh,

Ana, Navroʻz keldi, bogʻlab belini,

Yayratib-yashnatib, Amu elini.

 

Chor taraf koʻk libos kiyibdi yana,

Koʻk somsa, sumalak – qadim anʼana.

Bahoriy taomdan chuchvara, mana,

Goʻzal Navroʻz keldi, bogʻlab belini,

Nurlarga toʻldirib Amu elini.

 

Bolalar shoʻx-shodon, varrak qoʻlida,

Turfa gul ochilgan, oʻng-u soʻlida.

Har bahor kutamiz koʻzlar yoʻlida,

Yana Navroʻz keldi, bogʻlab belini,

Quvonchlarga belab, Amu elini.

 

Bahorda uygʻonar, tabiat asli,

Shoirlar joʻsh urar, navbahor fasli.

Biz buyuk avlodlar – ajdodlar nasli,

Yurtga Navroʻz keldi, bogʻlab belini,

Yaxshilar eli deb, Amu elini.

 

Shomurod, goʻzaldir ulugʻ bu kunlar,

Kun bilan bir boʻlib, tenglashgan tunlar.

Barchaga muborak, boʻlsin bugunlar,

Elga Navroʻz keldi, bogʻlab belini,

Chin dildan qutlayman Amu elini!

Shomurod Xoʻjanov, Doʻrman ovuli.

 

Navroʻzoy keldi

Kelmoqda Navroʻzoy, tabiat alqar,

Ming yillik anʼana,  taʼrifi doston.

Musulmon xalqlarning koʻhna bayrami,

Bahorning erkasi, botini – boʻston.

Bahor nafasidan oshufta kunlar,

Tutdi bedor oshiq gulgʻuncha kaftin.

Bugun sizga yozay, goʻzal va koʻrkam,

Maʼshuqa Quyoshning muhabbat taftin.

Sarrin sabo yelib, yuzlarim silab,

Dimoqni qitiqlar, yalpizlar isi.

Kurtaklar ochmoqda, muattar tuygʻu –

Yurakda barq urib chechakning sasi.

Kuyunchak boychechak boshin koʻtarib,

Peshvoz chiqib, berar Navroʻzga salom.

Ming noz-u karashma, tarovat, ifor –

Asli Turon xalqdan beqiyos kalom.

Fasllar erkasi – Bahoroy qizi,

Qir-bogʻga zeb berib, elchi yolladi.

Tabiat koʻksiga sogʻinchin bitib,

Olamga iqboldan yorliq yoʻlladi.

Quyoshning taftidan toʻlgʻanar zamin,

Yasharish quvonchi, farzandin kutib.

Jangari bulutlar navbatni kutmay,

Bagʻridan qut yogʻar, saxiylik tutib.

Doʻstlarim, kelinglar, kutib olaylik,

Ostona oldiga Navroʻzoy keldi.

El - yurtning rizqiga qoʻshib baraka,

Goʻzallik ilhomin ulashib yeldi.

Tilimda, dilimda Navroʻz ayyomi,

Tilakdan taxt bitib, eltdim guldasta.

 Sogʻinchdan hapriqib, koʻzlar quvonsin,

 Muborak Navroʻzga qalbim payvasta.

Zulfiya Ollayorova.

 

Tong

Yorishmoqda bu olam,

Yana bir tun oʻtkazib.

Quyosh chiqar moʻralab,

Boʻy-bastini koʻrsatib.

 

Bir tomonda qaldirgʻoch,

Bir tomonda chugʻurchuq.

Hatto xoʻroz joʻr boʻlib,

Aytishadi zoʻr qoʻshiq.

 

Erta tong turib kelin,

Koʻchalarni supurar.

Dehqonlar bogʻlab belin,

Dalada ketmon chopar.

 

Bu dunyo mehnat bilan,

Goʻzal va gashtli har dam.

Ter toʻkib qilsa mehnat,

Koʻrgay rohat-farogʻat.

Diyorbek NURJANOV,

84-maktab oʻquvchisi.

 

Yana gullar ochildi

Oʻlkamizga bahor keldi,

Turli qushlar uchib keldi.

Yana gullar ochildi,

Olamga nur sochildi.

 

Bahor shunday nafis fasl,

Bayramlari koʻp asl.

Onajonlar bayrami,

Hamda Navroʻz ayyomi.

 

Vatanim shoirlari,

Hamda mard botirlari.

Bayram qilar har kunni,

Ulugʻlab har insonni.

Jasmina Bekimbetova.

 

Bodom guliga

Darak berding bizga yangi hayotdan,

Boychechaklar yana, yana unadi.

Mana, kelayotgan erta  bahordan,

Bodom yana "oppoq boʻlib gulladi".

 

Takror kelaverar har yil shu lahza,

Takrorlanmas hayot baxshida etib.

Bodomning gullagan oppoq gullari,

Muhabbatga oshno qalblarni chertib.

 

Zax bosgan koʻngillar yayraydi koʻrib,

Har bitta gulida bordir bir hayot.

Bodomning qondoshi oʻrik gulini,

Zulfiya kuylaydi mangu, barhayot.

Munisa TAJIBOYeVA,

20-maktab oʻquvchisi.

 

Koʻklam ifori

Yana bahor keldi iforin sochib,

Koʻngil muzliklarin eritib bir-bir.

Togʻ-u tosh bezandi chiroyin ochib,

Tonglarni uygʻotar shabada gʻir-gʻir.

 

Oftoboy nurlarin ayamay, qarang,

Momo yer koʻksiga baxsh etdi huzur.

Ming yillik udumlar berganda jarang,

Kengliklarni quchdi jahoniy surur.

 

Gʻunchalar koʻz ochdi dilim quvnatib,

Shunchalar yoqimli koʻklam ifori.

Bogʻ-u chamanlarni chunon yayratib,

Sepin yoyib yurar Yurtim Bahori.

 

Qaldirgʻochlar qaytdi ayvonimizga,

Turnalar qoʻshigʻi samoni tutdi.

Koʻz tegmasin tinch davronimizga,

Alloh sharaflagay jonajon Yurtni.

Zuhra AHMEDOVA.

 

Onajon

Onajonim – tanhoim,

Yagonasiz, mehribon.

Soʻzlarida sehr bor,

Quyoshimsiz mehribon.

 

Mening sevgan quyoshim,

Eng begʻubor yulduzim.

Eng fusunkor kunduzim,

Farishtasiz, onajon.

 

Tinch-osuda tunimsiz,

Jozibali kunimsiz.

Osmondagi oyimsiz,

Mehribonim  onajon.

 

Doim bizni oʻylaysiz,

Kelajakni kuylaysiz.

Aʼlo oʻqigin, deysiz,

Sizga rahmat, onajon!

Hulkaroy RAJABOVA, 6-maktab oʻquvchisi.

 

Qaldirgʻoch

Osmonlarda uchasiz,

Dalalarni kezasiz.

Qoʻllarimni choʻzganda,

Mendan uzoq qochasiz.

 

Bogʻlarimni kezganda,

Ayvonimga kirib oʻt.

Osmonlarni quchganda,

Qanotingni yozib oʻt.

 

Ayvonimdan joy olib,

Tom ustida uchasiz.

Chugʻurlashib kun-u tun

Bolangizni boqasiz.

Elyorbek Erkinov,

57-maktab oʻquvchisi.

 

Dadamga

Men dunyoga kelgan kunimda,

Quvonchidan yigʻlagan dadam.

Koʻz yoshlari qalqib koʻzida,

Gullab-yashnab ketgandi olam.

 

Men – chaqaloq yuziga boqib,

Shirin xayol surgan dadajon.

Koʻzmunchoqlar, tumorlar taqib,

Quchogʻidan qoʻymagan bir on.

 

Yoʻllarimga rayhonlar sochib,

Toʻsiqlardan olib oʻtdingiz.

Orzularga imkonlar ochib,

Menga hayot jomin tutdingiz.

 

Ogʻirimga tutasiz yelka,

Qiynalganda suyangulik togʻ.

Baxtiyorman, shuning-chun, erka,

Mening uchun osuda har chogʻ.

 

Mehringizga qonib ulgʻaydim,

Minnatdorman sizdan toabad.

Hayotimda kamlik koʻrmadim,

Sizga boʻlgum munosib farzand.

 

Yuragimga malham soʻzingiz,

Borligingiz – ulugʻ davlatim.

Onam bilan qoʻsha qaringiz,

Sizlar mening tengsiz qudratim.

 

Osmonimda quyoshim – dadam,

Dilda sabr-u bardoshim – dadam.

Siz uchun men bitaman ashʼor,

Asqar togʻim, davlatim – dadam!

Munira Karimova,

42-sonli maktab oʻquvchisi.

 

 Varrak

Varrak uchirib ukam,

Koʻklarga koʻz tikadi.

Baland uchgan varragin,

Ortidan yuguradi.

 

Varrak uchar samoda,

Burgut misol balandlab.

Ukajonim dilida

Quvonchlari qatma-qat.

 

Varragingning, ukajon,

Ipi hech uzilmasin.

Birlashib yer-u osmon,

Seni Alloh qoʻllasin.

Sevinch Toʻliboyeva, 2-maktab oʻquvchisi.

Ota-ona

Ota-ona biz uchun

Allohimning neʼmati,

Ota-ona sogʻligi

Har bir inson boyligi.

 

Ota-ona sogʻ boʻlsin,

Farzandlarin yonida.

Doim duolar qilsin,

Ona yurt iqboliga.

S.Yoʻldosheva, 57-maktab  oʻquvchisi.

 

Manzara

Bahor keldi, soʻlim sabolar ila,

Hutning ayoziga solib gʻulgʻula.

Qaldirgʻochlar keldi, jivir-jivirlab,

Chumchuqlarga yoʻllashib noma.

Xushboʻy hid taratdi ochilgan gullar,

Joʻshqin kuyin boshlab bulbullar.

Bahor nafasidan ungan boychechak,

Mayin sabolarga chulgʻandi falak,

Oʻriklar gulladi oq libos kiyib,

Bahor sepin yoydi Vatanni suyib.

Qushlar uchib-qoʻnib uya quradi,

Momolar sumalak zavqin suradi.

Mohinur ODILBOYeVA,

19-sonli maktab oʻquvchisi.

 

 Bahor

Koʻklam kelib, ochilar gullar,

Zamin yashil libosin kiyar.

Kulib, taʼzim qilar maysalar,

Senga salom boʻlsin, Gul Bahor!

 

Intiq kutdik yoʻlingga qarab,

Dalalarda erib ketdi qor.

Kelar eding bogʻlar oralab,

Senga salom boʻlsin, Gul Bahor!

 

Keltirasan baraka va qut,

Yangilaysan olamni takror.

Koʻngillarni aylading xushnud,

Senga salom boʻlsin, Gul Bahor!

Mahliyo Oʻrinboyeva,

23-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Bodom guliga

Darak berding bizga yangi hayotdan,

Boychechaklar yana, yana unadi.

Mana, kelayotgan erta  bahordan,

Bodom yana "oppoq boʻlib gulladi".

 

Takror kelaverar har yil shu lahza,

Takrorlanmas hayot baxshida etib.

Bodomning gullagan oppoq gullari,

Muhabbatga oshno qalblarni chertib.

 

Zax bosgan koʻngillar yayraydi koʻrib,

Har bitta gulida bordir bir hayot.

Bodomning qondoshi oʻrik gulini,

Zulfiya kuylaydi mangu, barhayot.

Munisa TAJIBOYeVA,

20-maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019