16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:56
Salomatlik 👁 264

“QON TOPShIR – HAYoT INʼOM ET!” AKTsIYaSI DAVOM ETMOQDA

“QON TOPShIR – HAYoT INʼOM ET!” AKTsIYaSI DAVOM ETMOQDA

Maʼlumki, pandemiya sababli joriy etilgan karantin cheklovlari barcha sohalar qatori Sogʻlikni saqlash tizimida ham jiddiy muammolarni yuzaga keltirdi. Ayniqsa, turli qon guruhlariga boʻlgan talab oshib, tizimda yetarli qon zahirasini shakllantirishda qiyinchiliklar paydo boʻldi. Biroq hamisha mehr-oqibatli va elparvar xalqimizning begʻaraz himmati tufayli, shuningdek, turli davlat va jamoat tashkilotlari tashabbusi bilan tashkil etilayotgan begʻaraz donorlik aktsiyalari samarasi bois mamlakatimizdagi barcha sogʻlikni saqlash muassasalarida qon zahirasiga boʻlgan ehtiyoj qondirilishi uchun zamin yaratildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash Vazirligi tashabbusi bilan bolalar va katta yoshdagi bemorlar uchun begʻaraz yordam sifatida tashkil etilgan “Qon topshir – hayot inʼom et!” aktsiyasida ayni paytda yuzlab vatandoshlarimiz faol ishtirok etishib, hayotga mushtoq, xastadil insonlar qalbiga madad boʻlishmoqda.

Joriy yilning 29-mart sanasida “Qon topshir – hayot inʼom et!” aktsiyasida Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasining 10 nafar koʻngilli shifokor va oʻrta tibbiyot xodimlari ham ishtirok etishib, ushbu xayrli va savobli ishga munosib hissalarini qoʻshdilar.

Shuni alohida qayd etish kerakki, “Qizil yarim oy” jamiyati tomonidan tuman aholisi orasida jarrohlik amaliyotlari, gematologik xastaliklarda bemorlarga donor qoni tarkibiy qismlaridan foydalanish, donorlikni targʻib qilish borasida oʻtkazilgan “Qon topshirish – insonning insonga hadya etgan oliy darajadagi sovgʻasidir”, “Hayot hadya etish – savob ishning eng oliy ifodasi” kabi mavzularda oʻtkazilgan targʻibot tadbirlari natijasida uyushmagan aholi vakillaridan 34 nafari koʻngilli ravishda donor boʻldilar. Ularning himmati bilan tuman boʻyicha jami salkam 20 litr qon zaxirasi yaratildi.

Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi huzuridagi Qon banki tomonidan bir yil davomida bemorlar uchun oʻrtacha 100 litrdan ortiq qon yigʻiladi. Shu bois, Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi boʻlimlarida qon zahirasi bilan bogʻliq muammolar boʻlmaydi. Qolaversa, donorlikning ahamiyati beqiyos. Oʻzini sogʻlom deb bilgan, irqi, kasbi, jinsidan qatʼiy nazar har bir inson qon va uning komponentlari uchun donor boʻla oladi.

Inson organizmi shunday moʻʼjizaki, qon topshirish uning umumiy salomatligi uchun nihoyatda foydalidir. Donorlik – inson organizmiga yangilanishni, yosharishni hadya etadi.

Shunday ekan, biz yurtdoshlarimizni “Qon topshir – hayot inʼom et!” aktsiyasida faol ishtirok etishga, ushbu savobli ishi tufayli hayot uchun kurashayotgan xastadil insonlar qalbiga mador boʻlishga chaqiramiz.

Qon topshiring va xasta koʻngillarga goʻzal hayotdan bahra olib yashashlari uchun imkon yarating!

I.Nurimbetov, Qizil yarim oy jamiyati Amudaryo tuman boʻlimi ijrochi direktori.

Rayhon Xoʻjametova, Respublika qon quyish markazi shifokori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019