16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:43
Sport 👁 286

Mangʻitda boks boʻyicha ochiq turnir oʻtkazilmoqda

Mangʻitda boks boʻyicha ochiq turnir oʻtkazilmoqda

Boks dunyoda hamma davrlar sporti, deya eʼtirof etiladi. Ushbu sport turi turli davrlarda turlicha koʻrinishda rivojlangan va davrlar osha bugungi kundagidek raundlarga ajratilgan holda, ular orasida tanaffuslar vaqti belgilangan va qoʻllar jarohatlardan maxsus himoya qilingan va yumshoq qoʻlqop kiygan holda  kurashish qabul qilingan. Shuningdek, sportchilar vazn toifalariga ajratilishi boksning yanada ommalashishiga olib kelgan.

Oʻzbekistonda boks yoshlarning eng sevimli, anʼanaviy sport turlaridan hisoblanadi. Ayniqsa keyingi yillarda ushbu sport turi yanada ommalashdi. Mamlakatimizning  barcha hududlarida boks maktablari faoliyat yuritib kelmoqda. Natijada boks boʻyicha koʻplab olimpiada, jahon chempionati gʻoliblari va sovrindorlari yetishib chiqdi. Boks boʻyicha mamlakatimiz yetakchi oʻrinlardan birida turadi.

Tumanimizdan Oʻzbekiston chempionati, nufuzli xalqaro musobaqalar gʻolib va sovrindorlari yetishib chiqqanligi bilan amudaryoliklar ham haqli ravishda faxrlanadilar.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab, 2005-2006, 2009-2010-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi boks federatsiyasi sovrini uchun ochiq turnir aynan Mangʻitda oʻtkazilayotgani ham bejiz emas.

31-mart kuni Amudaryo tumani Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining Chordara mahallasida joylashgan bazasida ushbu nufuzli musobaqaning ochilishi marosimi boʻlib oʻtdi. Baza yonidagi mini futbol maydonchasida ochiq turnirga kuch sinashish uchun yetib kelgan Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha tumanlari, Xorazm viloyatining Urganch shahri iqtidorli va kuchli bokschilari saf tortdi. Tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabida toʻgaraklarida shugʻullanayotgan yosh sportchilar turli sport oʻyinlarini musiqa sadolari ostida namoyish etib, mehmonlarga xush kayfiyat ulashdi.

Tadbirni Qoraqalpogʻiston Respublikasi boks federatsiyasi rahbari Ahmad Saylanov ochdi va barcha ishtirokchilarni oʻzlarining salohiyatini namoyish etishlari uchun imkon yaratgan ochiq turnir bilan qizgʻin qutladi va ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi. Tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori Chorsham Tojimurodov, ochiq turnir bosh hakami, xalqaro toifadagi hakam Ahmad Fozilovlar ham yosh sportchilarni ushbu tadbir bilan qutlab, ringda oʻz kuch va mahoratlarini namoyish etib, gʻoliblik uchun halol va sidqidildan bellashishga chorladi.

Tantanali ochilish marosimidan soʻng ochiq turnirning ilk bellashuvlariga start berildi. Musobaqa shu yilning 31-martidan 3-aprelgacha oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab oʻtkazilayotgan ochiq turnirda Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha tumanlaridan va Xorazm viloyatining Urganch shahridan jami 155 nafar yosh bokschilar 23 ta vazn toifasida ishtirok etmoqda. 3-aprel kuni final janglari oʻtkaziladi va gʻoliblar tantanali ravishda taqdirlanadi.

Ushbu nufuzli bellashuvda ishtirok etayotgan yosh bokschilarga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019