16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 20:51
Fan va taʼlim 👁 390

OLIY HARBIY BILIM YuRTLARI VA “TEMURBEKLAR MAKTABI” HARBIY-AKADEMIK LITsEYIDA OʻQIShNI XOHLOVChI YoShLAR UChUN TARGʻIBOT TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

OLIY HARBIY BILIM YuRTLARI VA “TEMURBEKLAR MAKTABI” HARBIY-AKADEMIK LITsEYIDA OʻQIShNI XOHLOVChI YoShLAR UChUN TARGʻIBOT TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

Oʻgʻil bola borki, harbiy hayotga alohida qiziqish va orzu bilan qaraydi. Harbiy libos kiyish, safda yurish qoidalarini oʻrganishga, zamonaviy harbiy texnikalar, qurol-aslahalar sirini bilishga intiladi. Voyaga yetgach esa harbiy libos kiyish, ona Vatan oldidagi farzandlik burchini bajarish maqsadida armiya safida xizmat qilishga boʻlgan intilishi yanada kuchayadi.

Umumtaʼlim maktablarida taʼlim dasturiga kiritilgan chaqiriqqa qadar boʻlgan tayyorgarlik fani oʻsmir-yoshlarning bu boradagi qiziqish va intilishlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur fan oʻqituvchilari bilan harbiy soha xodimlarining nazariy va amaliy mashgʻulotlardan tashqari, sohaga oid yangiliklar, bilimdon va jismonan baquvvat yoshlarni Oliy harbiy bilim yurtlari, “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyga oʻqishga kirishlari uchun targʻibot-tashviqot tadbirlarining oʻtkazilishi doimiy anʼanaga aylangan.

Ayni kunlarda Amudaryo tuman Mudofaa ishlari boʻlimi hamda boʻlimning chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash boʻyicha boʻlinmasi tomonidan tumandagi umumtaʼlim maktablarining 9-11-sinflar bitiruvchilari va muddatli harbiy xizmatni oʻtab, zahiraga boʻshatilgan sobiq askarlar bilan targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

Ana shunday targʻibot tadbirlaridan biri 38-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtdi. Tadbirda Amudaryo tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Sherzod Murodov va chaqiruvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash boʻlinmasi boshligʻi Roman Roʻzmetov, shuningdek, muddatli harbiy xizmatni oʻtab, zahiraga boʻshatilgan sobiq askarlar va umumtaʼlim maktablarining chaqiriqqa qadar tayyorgarlik fani oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Aynan shunday targʻibot tadbirlari Mangʻit shahridagi 40-sonli maktabda ham oʻtkazildi. Maktab direktori Sanobar Xoʻjamurodova, maktabning chaqiriqqa qadar tayyorgarlik fani oʻqituvchisi vazifasini bajaruvchi Ravshanbek Reyimov va boshqalar qatnashgan targʻibot tadbirida Amudaryo tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Sherzod Murodov hamda chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash boʻlimi boshligʻi Roman Roʻzmetovlar, shuningdek, muddatli harbiy xizmatni oʻtab, zahiraga boʻshatilgan sobiq askarlar, maktabning 9-11-sinf oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Targʻibot tadbirlarida mutasaddilar yoshlarga mamlakatimizdagi Oliy harbiy bilim yurtlari va “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi haqida toʻliq maʼlumotlar berdilar. Shu bilan birga, mazkur bilim yurtlarining har yilgi qabul kvotalari, Nizomlari va nomzodlarni saralash tanlovi, dastlabki tanlash, harbiy kasbiy tanlov va test sinovlari, shuningdek, hujjatlarni qabul qilish muddatlari xususida batafsil tushunchalar berishdi.

Targʻibot tadbiri davomida oʻquvchi-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Barcha savollarga masʼullar tomonidan aniq va batafsil javoblar berildi.

Amudaryo tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 30-sonli maktabda ham shu kabi targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda maktab direktori Quvvat Niyozov, maktabning chaqiriqqa qadar tayyorgarlik fani oʻqituvchisi Toshpoʻlat Qoʻchqorov, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Sherzod Murodov hamda chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash boʻlimi boshligʻi Roman Roʻzmetovlar soʻzga chiqib, oliy harbiy taʼlim muassasalari haqida maʼlumotlar berdi.

Targʻibot tadbirida Amudaryo tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Sherzod Murodov yoshlarga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi tarkibida oʻqish davomiyligi ikki yil boʻlgan “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylari tashkil etilib, faoliyat olib borayotgani taʼkidladi. Shuningdek, oʻquvchilarga mamlakatimizdagi Oliy harbiy bilim yurtlari xususida batafsil maʼlumot berildi. Sherzod Murodov amudaryolik yoshlarni va 9-sinf bitiruvchilarini “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida oʻqishga targʻib qilib, mazkur harbiy-akademik litseyga oʻqishga kiruvchilar uchun beriladigan imtiyozlar hamda nazariy va jismoniy tayyorgarlik sinovlari xususida batafsil soʻz yuritdi.

Mamlakatimizdagi Oliy harbiy bilim yurtlari va “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida oʻqishni xohlovchi yoshlar bilan oʻtkazilgan targʻibot tadbiri oʻquvchi-yoshlar qalbida ona Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish va muqaddas Yurt tuprogʻini koʻz qorachigʻidan asrash tuygʻusini yanada mustahkamladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019