16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:07
Qishloq xoʻjaligi 👁 320

EKINLARNI BIOLOGIK HIMOYa QILISh SIFATINI YaXShILASh MAVZUSIDA SEMINAR OʻTKAZILDI

EKINLARNI BIOLOGIK HIMOYa QILISh SIFATINI YaXShILASh MAVZUSIDA SEMINAR OʻTKAZILDI

Mamlakatimiz aholisining koʻpchilik qismi qishloq joylarda istiqomat qilganligi bois ularning turmush farovonligi qishloq xoʻjaligi tarmogʻi bilan chambarchas bogʻliq. Shuning uchun ham keyingi yillarda agrar sohaga eʼtibor tobora kuchaymoqda, natijada qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi ortib bormoqda. Bu mamlakatimiz aholisi ehtiyojini oʻzimizda yetishtirilgan mahsulotlar bilan taʼminlanishining yaxshilashini va eksport hajmining oshishida yaqqol namoyon boʻlayotir. Endilikda mahsulot sifati va raqobatbardoshligini yaxshilash, ekologik toza mahsulot yetishtirishni oshirish, agrar sektorda esport hajmini yana ham koʻpaytirish dolzarb vazifa boʻlib qolmoqda.

Global iqlim oʻzgarishi oqibatida ekinlar zararkunandalarining koʻpayishiga qulay shart-sharoitlar yaratilib, yangi turdagi kasalliklar paydo boʻlishiga olib kelmoqda. Bu oʻz navbatida ularga qarshi kurashning biologik usullarini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.

16-aprel kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Amudaryo tuman boʻlimida oʻtkazilgan seminar ham shu maqsadga qaratildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Biosifat markazi direktori Muxtor Hibbatov, Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti ilmiy laboratoriyasi mudiri Asan Mambatnazarov, ushbu laboratoriya ilmiy xodimi Abdulaziz Yoʻldoshev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi ichki karantin boʻlimi boshligʻi Radmir Seytmusayevlar, shuningdek, agentlik tuman boʻlimi xodimlari, tumanimizdagi mavjud 16 ta biolaboratoriyalar xodimlari ishtirok etdilar.

Seminarda tumanimizda yetishtirilayotgan qishloq xoʻjalik ekinlarini kasallik va zararkunandalardan asrash va ularga qarshi kurashishni samarali tashkil etish xususida, oʻsimliklarni, ekinlarni biomahsulotlar bilan zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilishning afzalligi xususida maʼruzalar qilindi. Har bir gektar ekin maydoniga biolaboratoriyalarda tayyorlangan 1000 donadan uch marotaba 3000 dona oltinkoʻz bilan ishlov berish, har 2 gektar yerga bir feramon tutkichlarni tayinlashni tashkillashtirish, bu tadbir hosildorlik salmogʻi oshishiga ulkan taʼsir oʻtkazishi keng tushuntirildi.

Joriy yilda tumanimizda 2022-yil hosili uchun ekilgan 6000 gektar gʻalla maydonlarini, shuningdek, 13900 gektar paxta maydonlarini va boshqada qishloq xoʻjalik ekinlarini zarakunanda hashoratlar va turli kasalliklardan biologik himoya qilish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.

Seminarda taʼkidlanganidek, mamlakatimiz Prezidentining shu yil fevralda qabul qilgan “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasini tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning muhim asoslaridan biri – oʻsimliklarni biologik himoya qilish sifatini yana ham oshirishga xizmat qiladi.

Farmonga muvofiq biolaboratoriyalarda ishchi-xodimlar soni oshirildi va xonadonbay ishlash tizimi ham yoʻlga qoʻyildi. Endilikda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yerlarga ham biologik ishlov beriladi va aholi ekologik toza mahsulotlar yetishtirishi mumkin boʻladi. Shuningdek, aholiga biomahsulotlar tayyorlash oʻrgatilib, ishsiz aholi foydali mehnat bilan shugʻullanib, daromad topishiga erishilayapti.

Seminarda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019