16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:50
Fan va taʼlim 👁 501

TAʼLIM MUASSASALARI PSIXOLOGLARI UChUN SEMINAR-TRENING TAShKIL ETILDI

TAʼLIM MUASSASALARI PSIXOLOGLARI UChUN SEMINAR-TRENING TAShKIL ETILDI

Taʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan psixologlarning zoʻravonlik jabrlanuvchisi bilan ishlash hamda xotin-qizlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish borasidagi tajribalarini oshirish maqsadida seminar-trening tashkil qilindi.

Amudaryo tumanidagi 82-sonli maktabda boʻlib oʻtgan seminar-treningda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi psixologi Roza Amanova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tumanlararo Ayollarni reabilitatsiya qilish markazi va moslashtirish markaz direktori Gavhar Chimbaychiyeva, tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Sobirova, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi metodist psixologi Tatʼyana Pirlepesova va maktab psixologlari ishtirok etishdi.

Yigʻilishni tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Soburova ochdi va olib bordi.

Seminar-trening davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi, 2021-yil 19-maydagi “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reablitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorlari mazmun-mohiyati xususida keng tushunchalar berildi. Undan tashqari, xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik holatlari, uning oqibatlarini yumshatish va koʻriladigan choralar, amaliyot, muammolar va keyingi rejalar haqida ham soʻz bordi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi psixologi Roza Amanova esa zoʻravonlikning turlari, jamiyatimizda zoʻravonlikka uchrayotgan ayollarga yordam berish tartibi haqida psixologlarga batafsil tushunchalar berib oʻtdi.

Zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarni himoya qilish, ularni sogʻlom hayotga qaytarish, zarur boʻlsa ish topishga yordam berish, tibbiy tomondan koʻmaklashish uchun yurtimizning barcha hududida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi faoliyat yuritayotganligini aytib, zoʻravonlikka duch kelgan ayollar bilan shu markazda jipslashish kerakligini aytdi. Barcha psixologlar ayollarga psixologik yozdam berishlari zarurligini ham tushuntirdi.

Trening davomida ishtirokchilar zoʻravonlikning jismoniy, psixologik, jinsiy, iqtisodiy turlari boʻyicha 4 guruhga boʻlinishdi va topshiriqqa koʻra, guruhdagi har bir ishtirokchi tomonidan zoʻravonlikning bitta turi boʻyicha maʼlumot yozildi. Maʼlumotlar yozib boʻlingach, har bir guruhdan bir ishtirokchi chiqib, yozilgan zoʻravonlik turi boʻyicha maʼlumotlarni oʻqib eshittirdi. Malakali psixolog tomonidan fikrlar umumlashtirilib, ularga psixologik konsultatsiyalar berildi.

Seminar-treningda avvalo har bir psixolog muammoli oilalarni oʻrganishi, tazyiq va zoʻravonlikka moyilligi boʻlgan shaxslarni aniqlashi va ularni reabilitatsiya markazi psixologi yordamida suhbatlar oʻtkazishi, oilasida, boshqa joyda zoʻravonlikka uchragan yoki oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan xotin-qizlarga yaqindan yordam koʻrsatishi, zoʻravonlik masalalari boʻyicha aholining xabardorligini oshirish lozimligini taʼkidlandi.

Trening davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan, tushunmagan savollariga mutaxassisslardan javob oldilar. Shuningdek, xotin-qizlar va yoshlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish, ularning tazyiq va zoʻravonlikka uchrashining oldini olish, bunday holatlarni barvaqt aniqlash maqsadida “Zoʻravonliksiz oila – sogʻlom oila”, ”Biz zoʻravonlikka qarshimiz” mavzularida huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini keng miqyosda, muntazam ravishda oʻtkazib borish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Mavluda Toʻrayeva, 27-sonli maktab psixologi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019