16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:10
Siyosat 👁 408

Fuqarolar yigʻinlari raislari saylovini munosib tarzda oʻtkazishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi

Fuqarolar yigʻinlari raislari saylovini munosib tarzda oʻtkazishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi

Mahalla raislari saylovi – mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqelik sanaladi. Maʼlumki, 2022-yil 16-mart kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Senati Kengashining yigʻilishida fuqarolar yigʻinlari raislarining vakolat muddati tugashi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasi hamda “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq saylov joriy yilning may oyida oʻtkazilishi belgilangan edi.

Ushbu qonun ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumanida mavjud 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida saylovga puxta tayyorgarlik koʻrildi.

Fuqarolar yigʻinlari raislari saylovini demokratik tamoyillarga rioya qilgan holda munosib tarzda oʻtkazish maqsadida fuqarolar yigʻinlari raislari saylovini tashkil qilish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi aʼzolari, hamda mahallalardagi ishchi guruhlar uchun oʻquv seminarlari oʻtkazilib kelinmoqda.

Shunday seminarlardan biri 10-may kuni tuman hokimligining katta majlislar zalida Qoraqolpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining fuqarolar yigʻinlari raislari saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi aʼzosi Maryam Ahmedova hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti oʻqituvchisi Ilhom Matchanov boshchiligida boʻlib oʻtdi.

Seminarda dastlab saylov jarayonlarini qonun talablari asosida tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shundan soʻng, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Moʻminjon Matyusupovning saylov jarayonlarini qonun talablari asosida oʻtkazish, fuqarolarning saylovda ishtirok etishga oid konstitutsiyaviy huquqlarini toʻliq roʻyobga chiqarish uchun zarur boʻlgan barcha tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha tavsiyalari tinglandi.

Seminar davomida tuman hokimligining tashkiliy nazorat guruhi yetakchi mutahassisi Azat Almuratov ishchi guruh vakolatlari va majburiyatlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Taʼkidlanganidek, ishchi guruh saylovni tashkil etish va oʻtkazish masalalari yuzasidan aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib boradi. Saylov oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilaydi. Hovlilar, uylar, koʻchalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi boʻyicha umumiy yigʻilishlarini tashkil etadi va oʻtkazadi.

Seminar davomida fuqarolar yigʻinlari raislari saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi raisi Gʻulomjon Yeshniyozovning aholini saylovga jalb qilish hamda saylov jarayonlarini keng yoritish boʻyicha maʼruzasi tinglandi.

Shundan soʻng Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenbayevning saylovni oʻtkazish tartibi, ovoz berish shakli hamda yakuniy natijalarni chiqarish borasidagi maʼlumotlari tinglandi. Qayd etilganidek, ovoz berish jarayoni yashirin tarzda, maxsus kabinalarda amalga oshiriladi.

Shundan soʻng, seminar ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan masʼullarga murojaat qilib, tegishlicha javoblar oldilar.

Shu oʻrinda aytish kerakki, bu galgi saylovlar mamlakatimiz rivojlanishining yangi bosqichida, jumladan, mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch omiliga aylantirish borasidagi muhim islohotlar davrida oʻtkazilayotgani va ushbu yilning ham “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” deb nomlangani mahallaning Vatan taraqqiyotida katta ahamiyatga ega ekanligini yaqqol namoyon qiladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019