16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:46
Fan va taʼlim 👁 213

69-sonli umumtaʼlim maktabida “Maktab kubogi” uchun bellashuvlar oʻtkazildi

69-sonli umumtaʼlim maktabida “Maktab kubogi” uchun bellashuvlar oʻtkazildi

Har jihatdan yetuk, intellektual rivojlangan, bilimli va tafakkur olami keng yoshlarni tarbiyalash pedagog xodimlarning asosiy maqsadi sanaladi.

Shu maqsadda Amudaryo tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan fidoiy oʻqituvchilar har bir oʻquvchining qobiliyatlarini rivojlantirish, isteʼdod va bilimini yuzaga chiqarishga intilib astoyidil mehnat qilib kelmoqdalar.

Qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar bilan ishlash tizimini samarali tashkil etish, madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishini oshirish boʻyicha “Besh muhim tashabbus”dan kelib chiqib, pedagoglar tomonidan turli tadbirlar va bellashuvlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Shunday bellashuvlardan biri Amudaryo tumani Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 69-sonli umumtaʼlim mktabida maktab direktori Dilshod Babaniyozov tashabbusi bilan tashkil etildi.

Maktab kubogi uchun barcha fanlardan oʻtkazilgan makur bellashuvlarda maktabda taʼlim olib kelayotgan jami 714 nafar oʻquvchidan 500 ga yaqin oʻquvchi qatnashib oʻz bilim va salohiyatini sinovdan oʻtkazdilar.

Gʻolib boʻlgan oʻquvchilar “Eng yaxshi futbol jamoasi”, “Eng yaxshi atletika gʻolibi”, “Eng yaxshi biologiya bilimdoni”, “Eng yaxshi kimyogar”, “Eng yaxshi fizika bilimdoni”, “Eng yaxshi ona tili bilimdoni”, “Eng yaxshi chet tili bilimdoni” va boshqa nominatsiyalari boʻyicha taqdirlandilar.

Oʻquvchilar oʻrtasida bunday bellashuvlarning oʻtkazilishi ular oʻrtasida hamjihatlik, doʻstona muhitni qaror toptirish bilan birgalikda isteʼdod va qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga, oʻz ustida yanada koʻproq ishlashga chorlaydi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, tumanimizda faoliyat yuritayotgan 69-sonli maktab jamoasi oʻquvchilarga har tomonlama oʻrnak boʻlib, ularga sifatli taʼlim bilan birgalikda yuksak insoniy fazilatlarga asoslangan tarbiya ham berib kelmoqdalar.

Oʻqituvchilar va oʻquvchilar oʻrtasidagi doʻstona munosabatning namunali tarzda yoʻlga qoʻyilganligini oʻquvchilar yuzidagi mamnunlik ifodasi va tabassumlaridan ilgʻab olish qiyin emas.

Maktabda faoliyat yuritayotgan xodimlar oʻrtasidagi sogʻlom raqobat muhiti maktabdagi oʻquvchilarning bilim salohiyati oshishiga va yuqori marralarni egallashlarida muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

2021-2022 oʻquv yilida maktabda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha samarali ishlar amalga oshirildi. Ushbu sayʼ-harakatlarning natijasi oʻlaroq fanlar olimpiadasida ona tili fani oʻqituvchisi Saida Najmatdinovaning 9-sinf oʻquvchisi Rustamova Sarvinoz, qoraqalpoq tili fani oʻqituvchisi Mahbuba Sariyevaning 10-sinf oʻquvchisi Rahimboyeva Dinora, nemis tili fani oʻqituvchisi Boltayeva Moʻtabarning 10-sinf oʻquvchisi Rahimboyeva Sevinchoy, 11-sinf oʻquvchisi Ollanazarov Ravshanbeklar Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faol qatnashib sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar.

Shuningdek, tumanimizda sektorlar kesimida oʻtkazilgan futbol va mini futbol musobaqalarida ham maktab oʻquvchilari faol qatnashidilar. Bundan tashqari, sportning boshqa turlari boʻyicha oʻtkazilayotgan musobaqalarda maktab oʻquvchilari epchillik hamda uddaburonlik qobiliyatlarini namoyon qilib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritishmoqda.

Maktabdagi oʻquvchilar tarbiyasi, ularga berilayotgan bilim va koʻnikmalar maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari Dilshod Boltayev, Joʻrabek Tajimurodov, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Jahongir Jumanovlar tomonidan doimiy nazoratda boʻlganligi sabab 69-maktab tumanimizdagi namunali maktablar safidan joy olgan.

 Shu oʻrinda aytish kerakki, yosh avlodga qaratilayotgan hurmat va eʼtibor har qachongidan ham kuchaygan. Sababi, ertangi kunning umidlari boʻlgan yoshlar davlat rivojlanishi va taraqqiyotini belgilovchi muhim ijtimoiy qatlam sanaladi.

Shunday ekan, har bir yosh avlodning barkamol shaxs boʻlib voyaga yetishlarida maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim va Oliy taʼlim jipsligi muhim ahamiyat kasb etadi.

F.Eshimbetova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019