19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 06:21
Maqolalar 👁 234

SINOV

SINOV

(Boʻlgan voqea)

Yangi yilni birga kutish maqsadida Zamiraxon shaharda yashovchi akasinikiga bordi.

– Hali bir-ikki soat vaqt bor ekan, bir aylanib kelmaymizmi? – dedi akasi Zamiraning kelganidan xursand boʻlib.

 Kelinoyisi, akasi va Zamiraxon shahar aylangani chiqishdi. Atrofni tomosha qilib borayotib Zamira yoʻlak chetida yotgan pullarga koʻzi tushdi. Beixtiyor egilib, pullarni qoʻliga oldi va onasining gaplarini esladi:

– Egasi yoʻq narsa  boʻlmaydi, nimaiki topib olsang, ommaga  uch martagacha eʼlon qil, egasi chiqsa, topshir, egasi chiqmasa, ehson qil, aslo oʻzingga olib qolma!

Zamira qoʻlidagi bir siqim pulni sanadi, pul anchagina edi. U uch martagacha onasi oʻrgatganiday, ommaga  murojaat qildi:

– Odamlar, kim pul yoʻqotdi? Kim pul yoʻqotdi!..

Hech kim: “pul meniki”, deya daʼvo  qilmadi. Aksincha, birov ajablanib, yana birov kulib yonidan  oʻtib ketishdi. Zamira pullarni sumkasiga joylarkan, negadir koʻngli xijil boʻldi. “Qaysi omadsiz xaridorniki ekan-a, – oʻyladi u. – Balki menga oʻxshagan talabadir, balki...”

Xuddi sumkasidagi pullar uni taʼqib qilayoganday, bezovtalik bilan yangi yil oqshomi quvonchlari ham  unga tatimadi. Ertasiga kundalik xarajatlar uchun bozorga boradigan boʻldi. Yotoqxona  atrofini oʻrab turgan panjara ortidan bozor tomonga oshiqib borayotgan odamlar yaqqol koʻrinib turardi. Zamira  yotoqxona derazasidan odamlarni kuzatarkan, kechagi topib olgan pullarni esladi: “Nima qilsam ekan-a, – oʻyladi u koʻngli yanada xijil tortib, – biron bir muhtoj odamga berib yuborsammikan?”

Shu xayollar bilan bozor tomon borarkan, yoʻlak chetida yigʻlab turgan bolaga koʻzi tushdi:

– Nima  boʻldi, bolakay, adashib qoldingmi? – deya 7-8 yashar bolaning qoʻllaridan tutdi u.

– Yoʻq, ajaopa, adashmadim, uyimiz huv anavi “dom”da, – dedi u yoʻlning narigi betidagi bozor roʻparasida joylashgan koʻp qavatli uyga ishora qilib. – Ukam kasal boʻlib qoldi, “kola” soʻragandi, onam menga pul berib, olib kel, deb edi, pulimni yoʻqotib qoʻydim, menga “kola” olib bering, ajaopajon!

Zamira negadir quvonib ketdi:

– Yur, men senga aytganingni olib beraman!

Bolaning koʻzlari quvonchdan porladi va Zamiraning qoʻllaridan mahkam tutgancha unga ergashdi. Zamira bolaga onasi yozib bergan qogʻozda koʻrsatilgan “aspirin” tabletkalari, spirt, coca coladan tashqari shirinliklar, hatto bir pachka shar ham olib berdi va barchasini yelim xaltaga joylab, bolaning qoʻliga tutqazarkan, vujudida yengillik his etdi. U sumkasida zil bosib turgan, yangi yil kechasida topib olgan pullarning barchasini bolaning xaridi uchun sarflab boʻlgan va bundan mamnun edi.

Bolakay uni mahkam quchoqlab oldi. Aftidan u pulini yoʻqotib qoʻyib, uyiga qanday borishni bilmay qiynalib, hatto  sovqotib ketgandi.

– Endi uyga borsam  boʻladi, onam urishmaydigan boʻldi, – deya bolakay quvonchdan irgʻishlagancha yerosti yoʻlagi tomon chopqillab ketdi.

– Toʻxta, toʻxtab tursang-chi! – bolaning ortidan chopdi Zamira. – Mana bularniyam olib ket, ukajon!

U oʻz puliga sovgʻa sifatida bolakayga bir nechta archa oʻyinchoqlarini ham xarid qilgandi. Bolakay yer osti yoʻlagi devoriga suyangancha taqqa toʻxtadi:

– Ajaopa, men buncha narsani uyga olib borsam, onam urishadi-da, qanday aytaman? – dedi u bir Zamiraga, bir archa oʻyinchoqlariga tikilgancha.

– Urishmaydi, olaver, bir ajaopa sovgʻa qildi, de. Kel, ikkimiz doʻst boʻlamiz, doʻstlar bir-birini aldamaydi, men-chi, huv ana, panjarali darvozani koʻryapsanmi, oʻsha yerda oʻqiyman, agar onang senga ishonmasa, mana bu mening telefon raqamim.

Bolakay Zamiraning qoʻllaridagi archa oʻyinchoqlarini va telefon raqami yozilgan qogʻozni quvonib oldi-da irgʻishlagancha koʻzdan gʻoyib boʻldi.

Zamiraning yelkasidan xuddi togʻ qulaganday yengil tortdi.

U bu haqda onasiga gapirib berdi.

– Allohning sinovidan oʻtibsan-da, bolam, – deya quvondi onasi. – Nafs balosi har qadamda odamga tahdid solib turadi, shukur, bolam, oʻzganing omonatini Allohning  dargohiga qaytaribsan...

Robiya YOʻLDOShEVA. 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026