16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:45
Fan va taʼlim 👁 285

15-sonli umumtaʼlim maktabida PISA–2025 sinovlari oʻtkazildi

15-sonli umumtaʼlim maktabida PISA–2025 sinovlari oʻtkazildi

Mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimidagi islohotlar dunyo tajribasiga uygʻun va xalqaro mezonlarga tayangan holda izchil amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda taʼlim sifatini chuqur tahlil qilish va uni takomillashtirishda xalqaro baholash tizimlari alohida ahamiyat kasb etadi. Ana shunday yirik tadqiqotlardan biri – PISA xalqaro baholash dasturidir.

Yaqinda Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 15-sonli umumtaʼlim maktabida PISA–2025 xalqaro baholash tadqiqotining sinovlari oʻtkazildi. Sinovda mazkur maktabning 15 yoshli, yaʼni 2009-yilda tugʻilgan 42 nafar oʻquvchisi qatnashdi.

Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutasaddilari, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomurotov hamda sohaning boshqa masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Tuman hokimi sinov jarayonida ishtirokchilar bilan samimiy suhbatlashib, kelgusi muvaffaqiyatlariga tilakdoshlik bildirdi. Shuningdek, taʼlimda xalqaro mezonlarni joriy etishning ahamiyati, bu orqali olinadigan natijalar kelajakda taʼlim tizimini rivojlantirishda muhim asos boʻlib xizmat qilishi alohida taʼkidlandi.

Eʼtiborga molik jihat shundaki, PISA–2025 tadqiqotida ishtirok etish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 727 ta umumtaʼlim maktabi orasidan faqatgina 11 ta maktab qurʼa tashlash orqali tanlab olingan. Tanlov natijasiga koʻra, Amudaryo tumanidagi 15-sonli umumtaʼlim maktabi mazkur xalqaro baholash sinovida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot oʻrnida qayd etish joiz, mazkur tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 28-avgust kungi “PISA–2025 xalqaro baholashning asosiy sinov jarayonlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi tegishli buyrugʻi asosida tashkil etilyapti.

PISA — Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan har uch yilda oʻtkaziladigan xalqaro baholash dasturi boʻlib, unda oʻquvchilarning faqatgina nazariy bilimlari emas, balki hayotda uchraydigan muammolarni tahlil qilish, yechim topish, tanqidiy fikrlash va muloqot qilish kabi funktsional koʻnikmalari baholanadi.

Oʻzbekistonda mazkur tadqiqotda ishtirok etayotgan maktablar tasodifiylik printsipiga asosan tanlab olingan boʻlib, ular soni 233 tani tashkil etdi. Maktablar mamlakat hududlaridagi urbanizatsiya darajasiga qarab 27 ta guruhga boʻlingan boʻlib, Prezident maktablari esa qoʻshimcha alohida guruh sifatida ajratildi.

PISA tadqiqoti nafaqat oʻquvchilar bilim darajasini, balki milliy taʼlim tizimining global oʻzgarishlarga qay darajada moslasha olishini baholaydi. Shu jihatdan, ushbu sinovlarda maktab oʻquvchilarining ishtirokini taʼminlash orqali taʼlim sifatini oshirish, xalqaro tajribani oʻrganish va ilgʻor usullarni amaliyotga joriy etish imkoni yaratiladi.

Oʻquvchilarning funktsional bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish, xalqaro mezonlarga moslashish — bu faqat taʼlim sohasining emas, balki butun mamlakat taraqqiyotining muhim ustunidir.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019