16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:48
Madaniyat 👁 130

9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida hisobot kontserti boʻlib oʻtdi

9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida hisobot kontserti boʻlib oʻtdi

Sanʼat va musiqa inson ruhiyatini poklab, uning qalbida goʻzallikka boʻlgan muhabbatni uygʻotuvchi beqiyos kuchdir. Aynan shu sehrli olamga qadam qoʻygan yosh isteʼdodlar yurtimizning ertangi madaniy qiyofasini yaratadilar, milliy merosimizni butun dunyoga tarannum etadilar. Boʻlajak madaniyat va sanʼat namoyandalari taʼlim olayotgan Amudaryo tumanidagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida 2025-2026 oʻquv yilining muvaffaqiyatli yakunlanishi munosabati bilan hisobot kontserti tashkil qilindi.

Hisobot kontsertida Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov ishtirok etib, 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi jamoasini, barcha oʻqituvchi va oʻquvchilarni joriy oʻquv yilida qoʻlga kiritilgan yutuqlar, erishilgan yuksak natijalar bilan chin dildan tabrikladi.

Aytish joizki, bugungi kunda mazkur maktabda jami 194 nafar oʻgʻil-qiz sanʼat sirlarini qunt bilan oʻrganmoqda. Ularning orasidan 27 nafar bitiruvchi joriy oʻquv yilida muassasani muvaffaqiyatli tamomlab, katta hayot sari oʻzlarining dastlabki qadamlarini tashlamoqdalar.

Ushbu ijod maskanining tashkil qilinganiga 60-yilga yaqin vaqt boʻldi. 1968-yilda asos solingan maktab dastlabki yillarda faqatgina musiqa yoʻnalishida iqtidorli bolalarni tarbiyalashga ixtisoslashgan edi. Yillar oʻtishi bilan muassasa oʻz koʻlamini kengaytirib, sanʼatning turli sohalarini ham qamrab oldi. 1990-yilda bino qayta qurilib, Hamza nomidagi musiqa maktabi maqomida faoliyatini davom ettirdi.

Mamlakatimizda yosh avlodning madaniyat va sanʼat sohasidagi taʼlimiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlik natijasida 2015-yilda maktab binosida keng koʻlamli rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi. Natijada, butunlay yangi qiyofa kasb etgan muassasada eng soʻnggi talablarga javob beradigan zamonaviy oʻquv xonalari, keng va yorugʻ mashq zallari hamda haqiqiy ijodiy muhit yaratildi. Bunday keng imkoniyatlar yoshlarning oʻz ustida muntazam ishlashiga, katta sahnalar sari dadil qadam tashlashiga bevosita xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda maskanda oʻquv jarayonlari jami 10 ta asosiy yoʻnalish boʻyicha tizimli ravishda olib borilmoqda. Jumladan, fortepiano, xalq cholgʻulari, estrada cholgʻulari, anʼanaviy xonandalik, baxshichilik, tasviriy sanʼat, xoreografiya, estrada xonandaligi, anʼanaviy ijro hamda amaliy sanʼat sinflarida oʻquvchilarning ijodiy tafakkuri va estetik didi shakllantirilmoqda, ularning ichki dunyosi boyitilmoqda. Bu masʼuliyatli va sharafli vazifani oʻz kasbining fidoyisi boʻlgan 36 nafar pedagoglar amalga oshirib kelmoqda. Ularning 19 nafari oliy maʼlumotli mutaxassislar boʻlsa, 17 nafari maxsus musiqa va sanʼat kollejlarini tamomlagan tajribali ustozlardir. Pedagoglar doimiy ravishda tasdiqlangan reja-jadvallar asosida malaka oshirish markazlarida hamda sanʼat maktab-internatlarida oʻz kasbiy mahoratlarini, nazariy va amaliy bilimlarini muntazam oshirib bormoqdalar.

Hisobot kontserti davomida fidoyi oʻqituvchilar va faol oʻquvchilarga Bolalar musiqa va sanʼat maktabining faxriy yorliqlari va esdalik sovgʻalari topshirildi. Maktab direktori Toʻliboy Hayitboyev, tuman Madaniyat boʻlimi boshligʻi Murod Ibragimov va maktab faxriysi Yoʻldosh Abdalovlar oʻquvchilarni yana bir oʻquv yilining muvaffaqiyatli yakuni, bitiruvchilarni esa katta hayotga qadam qoʻyayotgani bilan tabriklab, kelgusi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladilar.

Mazkur taʼlim muassasasi oʻquvchilari turli milliy va xalqaro koʻrik-tanlovlarda yuqori natijalarni qayd etib, joriy oʻquv yilini muvaffaqiyatli yakunlamoqdalar. Jumladan, "Khiva Art Fest – 2025" hamda "Zamin yulduzlari – 2026" xalqaro tanlovlarida jami 10 nafar oʻquvchi Gran-pri mukofotini, 23 nafar oʻquvchi 1-oʻrinni, 18 nafar oʻquvchi 2-oʻrinni va 14 nafar oʻquvchi 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. "Orolim ovozi – 2026" koʻrik-tanlovida esa 11 nafar oʻquvchi Gran-pri, 21 nafar oʻquvchi 1-oʻrin, 10 nafar oʻquvchi 2-oʻrin va 4 nafar oʻquvchi 3-oʻrin sohibi boʻldi. Shu bilan birga, "Yoshlar ovozi" tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 2 nafar oʻquvchi 2-oʻrinni band etdi.

Birgina oʻtgan may oyida erishilgan muvaffaqiyatlarni sanab oʻtsak: Jizzax shahrida boʻlib oʻtgan "Zamin yulduzlari – 2026" xalqaro koʻrik-tanlovida maktabning "Tasanno" raqs dastasi xoreografiya yoʻnalishi boʻyicha eng oliy mukofot – Gran-pri sohibiga aylandi. Yakka raqs ijrochiligida esa Shahrizoda Gulmirzoyevva 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Anʼanaviy xonandalik yoʻnalishida "Amu yulduzlari" maqomchilar ansambli, shuningdek, Asadbek Jumaboyev va Abbos Bahramovlar mutlaq gʻolib deb topilib, 1-oʻringa sazovor boʻldi. Behruz Sergeyev hamda Temur Tirkashevlar 2-oʻrinni, Sardor Koʻklanov esa 3-oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Estrada xonandaligi yoʻnalishida Sunnatillo Kenjaboyev va Sarvar Gulmirzoyev 3-oʻrin sovrindorlari qatoridan joy oldi.

Xalq cholgʻulari yoʻnalishida "Guldasta" dutorchilar ansambli, Ilyos Mahmudov, Izzat Anvarov, Amirxon Alimboyev hamda Diyorbek Baymuradovlar 1-oʻrinni egallashdi. Diyorbek Boltoboyev, Qadam Sharipov, Diyorbek Gulmanov, Azizbek Ernafasov, Farmonbek Yunusov hamda Asaloy Yusupova va Ilyos Mahmudovlar dueti faxrli 2-oʻringa munosib koʻrildi. Ravshan Gulmirzoyev, Behruz Ahmadjonov, Diyorbek Sultonboyev, Nurhosil Kengashboyev va Abdulla Baxtiyorovlar 3-oʻrin sovrindorlariga aylangan boʻlsa, fortepiano yoʻnalishida Aslzoda Yoʻldoshev 1-oʻrin sohibi boʻldi.

Bu kabi yutuqlari bilan Amudaryo tumanidagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari mazkur taʼlim dargohi nomini butun respublika va xalqaro maydonlarda baland jaranglatib, oʻzbek milliy madaniyati va sanʼatining ertangi kuni naqadar ishonchli qoʻllarda ekanligini isbotladilar. Ularning zafarli yurishlari hech qachon toʻxtamasligiga, sanʼat choʻqqilarini zabt etishda doimo peshqadam boʻlishlariga tilakdoshmiz!

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019