16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:55
Iqtisodiyot 👁 317

FUQAROLAR TAShABBUSLI BYuDJET JARAYoNINING FAOL IShTIROKChISIGA AYLANMOQDA

FUQAROLAR TAShABBUSLI BYuDJET JARAYoNINING FAOL IShTIROKChISIGA AYLANMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentyabrdagi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan  tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori fuqarolarni byudjet jarayoniga jalb qilish orqali ularni qiynab kelayotgan muammolarning yechimini topish va jamoatchilikni byudjet jarayonining ishtirokchisiga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Amudaryo tumanida ham oʻtkazilayotgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonida fuqarolar oʻz murojaatlari bilan faol ishtirok etishib, oʻzlari yashab turgan hududlardagi oʻrinli va dolzarb muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, davlat byudjeti mablagʻlarining maqsadli sarflanishini taʼminlashga, shu bilan birga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga oʻz hissalarini qoʻshishmoqda.

Xususan, tashabbusli byudjet jarayonining joriy yildagi birinchi bosqichida jamoatchilik fikri va takliflari asosida hududiy va ichki komissiyalar tomonidan oʻrganishlar olib borildi. Oʻrganishlar jarayonida eng dolzarb va yechimini kutayotgan muammoli murojaatlar saralab  olindi hamda eng koʻp ovoz toʻplagan murojaat va takliflar gʻolib deb topilib, moliyalashtiriladigan boʻldi.

Unga koʻra, har bir gʻolib, deb topilgan taklif va  murojaat uchun tuman gʻaznachilik boʻlimida alohida hisobraqam ochilib, mazkur hisobraqamlarga mablagʻ oʻtkazish boshlandi va pudratchi tashkilotlarni aniqlash, loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashga kirishildi.

Tashabbusli byudjet jarayonining joriy yilgi birinchi bosqichi yakunlariga koʻra, Toʻlqin ovuli hududidagi 33-sonli maktabga  oʻquvchilarning xavfsiz borib, kelishini taʼminlash maqsadida piyodalar yoʻlakchasini qurish boʻyicha bildirilgan taklif gʻolib, deb topilib, mazkur taklifni moliyalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va Amudaryo tuman Obodonlashtirish boshqarmasi piyodalar yoʻlakchasini qurish boʻyicha buyurtmachi tashkilot qilib belgilandi.

Shuningdek, Amudaryo tumanining Tor yop mahalla fuqarolar yigʻini hududidan oʻtuvchi Xoʻja ovul – Qilichboy ichki yoʻlining 4 kilometr qismini joriy taʼmirlash toʻgʻrisidagi fuqarolar taklifi ham gʻolib, deb topilib, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ushbu yoʻlda taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish tez orada boshlanish arafasida.

Bundan tashqari, tashabbusli byudjet jarayoninig birinchi bosqichiga Amudaryo tumani Toryop mahallasi hududidagi Dehqonbirlik koʻchasining 1 kilometr qismini tuproq bilan koʻtarish va tosh yotqizib, taʼmirlash boʻyicha taklif ham gʻolib, deb topilib, mazkur taʼmirlash ishlari uchun zarur boʻladigan mablagʻlar hisob-kitob qilindi va byurtmachi tashkilot sifatida sifatida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi belgilandi.

Fuqarolarning yana bir muhim taklifi – Toʻlqin ovuli hududidagi 28-sonli maktab binosining isitish tizimlarini elektr energiyasi orqali isitish tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisida boʻlib, mazkur taklif ham gʻolib boʻldi. Haqiqatdan ham oʻrganishlar jarayonida maʼlum boʻldiki, ikki qavatli boʻlgan maktab binosi koʻmir bilan isitilgani uchun binoning ikkinchi qavatida qish mavsumida moʻʼtadil iqlimni saqlab turishning imkoni yoʻq. Shu bois, isitish tizimini elektr energiyasiga moslashtirish dolzarb masala. Mazkur muammoli masalani  hal etish maqsadida zarur mablagʻlar ajratish masalasi koʻrib chiqilib, Amudaryo tuman xalq taʼlimi boʻlimi byurtmachi tashkilot sifatida belgilandi.

Amudaryo tumanining Arna boʻyi mahallasidagi 27-sonli maktab binosini mukammal taʼmirlash, maktab uchun 4,5 kilometr uzunlikdagi tabiiy gaz tarmogʻini tortish, maktabning tom qismi, eshik va derazalar hamda isitish tizimini toʻliq almashtirish yoki taʼmirlash, shuningdek, Xizr eli mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 47-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosini joriy taʼmirlash boʻyicha  takliflar  ham tashabbusli  byudjet jarayonining birinchi bosqichi gʻoliblari, deb topildi.

Mazkur umumtaʼlim maktabi va maktabgacha taʼlim tashkiloti binolarida qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan mablagʻlar, loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib, buyurtmachi tashkilotlar – Amudaryo tumani Xalq taʼlimi boʻlimi hamda tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan saʼy-harakatlar boshlanmoqda.

Shunisi eʼtiborliki, fuqarolar tashabbusli byudjet jarayonida faol ishtirok etish oqrali oʻzlari yashab turgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yanada yaxshilashga munosib hissalarini qoʻshmoqdalar.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019