16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:06
Qishloq xoʻjaligi 👁 301

Tumanda gʻalla oʻrim-yigʻimi oldidan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi

Tumanda gʻalla oʻrim-yigʻimi oldidan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi

Gʻalla – rizq-roʻzimiz, non – dasturxonimiz koʻrki, fayzi hisoblanadi. Shu sababli ham dehqonlarimiz gʻallachilikda hosildorlikni oshirish, el-yurtimiz dasturxoni toʻkinligini taʼminlashga doimiy eʼtibor qaratib kelishadi. Ayniqsa, amudaryolik gʻallakorlar har yili moʻl hosil olib, yuksak xirmonlari bilan mamlakatimizda peshqadamlar safida kelmoqda.

Bu yil ham tuman fermerlarining dalalarida moʻl hosil yetishtirildi. Tumanda 344 ta fermer xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan oʻtgan yil kuzda 6 ming gektar maydonga sara bugʻdoy urugʻlari qadalgan boʻlib, gʻallachilik klasterlari bilan don yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzildi.

Bugʻdoy urugʻi qadalganidan tortib, gʻalla hosili pishib yetilguniga qadar barcha agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirildi. Natijada dalalarda moʻl hosil toʻplandi. Yetishtirilgan moʻl hosilni qisqa fursatlarda nes-nobud qilmay oʻrib-yigʻib olish maqsadida barcha harakatlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

9-iyun kuni tumanning Qipchoq ovulidagi “Haytimbetov Sulton” fermer xoʻjaligida joriy yilgi gʻalla oʻrim-yigʻimi mavsumi boshlanishi munosabati bilan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.

Unda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Zohid Ziyadullayev, “Qipchoq g‘alla klaster” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori Bahrom Yoʻldashev, qishloq xoʻjaligi boʻlimi masʼullari, fermer hamda mexanizatorlar qatnashdilar.

 Seminar avvalida yoshi ulugʻ otaxonlar gʻalla maydonlarida yetishtirilgan bugʻdoy navlari bu yil har yildagidanda oʻzgacha hosil yiqqanini taʼkidlab, yurtimizda moʻl-koʻlchilik, toʻkin-sochinlik dasturxonlarimizda noz-u neʼmatlar bisyor boʻlishini tilab duo qildilar. Qolaversa, bobodehqonlarga oldidagi mashaqqatli, shu bilan birga sharafli ishlarida kuch-quvvat tiladilar.

Shundan soʻng seminar ishtirokchilariga 16-iyundan 5-iyulgacha davom etadigan oʻrim-yigʻim mavsumida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha chora-tadbirlar dasturi keng turda tushuntirildi.

Seminarda taʼkidlanganidek, tumanimizda don qabul qilish shaxobchasi tomonidan joriy yilda jami 8 ming 960 tonna boshoqli don ekinlarini qabul qilish reja qilingan. Ushbu ishlarni uyushqoqlik bilan, tizimli ravishda amalga oshirish maqsadida shtab tashkil qilinib, 17 ta oʻrim otryadlariga 18 ta kombaynlar biriktirildi.

Bugungi kunda kombayinlar oʻrim yigʻim mavsumiga tayyor holatga keltirildi hamda mavsum davomida uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun ehtiyot qismlar zahiralari yaratildi. Kombaynlar bilan bir qatorda mavsumda don tashishga moʻljallangan hamda xizmat koʻrsatadigan texnikalar ham jalb qilinib, ularning ham mavsum davomida toʻliq ishchi holatida boʻlishini taʼminlash choralari koʻrildi.

Qolaversa, mavsum davomida kombayn haydovchilariga yetarli shart-sharoit yaratib berish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, moddiy ragʻbatlantirish masalalari ham alohida eʼtiborga olindi.

Shuningdek, tumanda oziq-ovqat xavfsizligi hamda aholini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan muntazam ravishda taʼminlash maqsadida gʻalla maydonlaridan boʻshaydigan yerlarnining 1 ming 997 gektariga takroriy ekinlar ekish reja qilinganligi qayd etib oʻtildi.

Seminar yakunida gʻalla maydonlarida oʻrim-yigʻim oldidan yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etish, gʻallaning isrof boʻlib oʻrilishiga yoʻl qoʻymaslik, oʻrilgan gʻalla maydonlaridagi somonlarni yoqmaslik borasida fermer xoʻjaliklarining mutasaddi xodimlariga, gʻallakor va mexanizatorlarga tushuntirishlar berib oʻtildi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019