16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:16
Qishloq xoʻjaligi 👁 267

AMUDARYoLIK PILLAKORLAR YuKSAK “KUMUSh TOLA” XIRMONINI BUNYoD ETIShDI

AMUDARYoLIK PILLAKORLAR YuKSAK “KUMUSh TOLA” XIRMONINI BUNYoD ETIShDI

Pillachilik – mamlakatimiz qishloq xoʻjaligining muhim tarmoqlaridan biri sanalishi bilan birga, ipakchilik sanoatini rivojlantirish hamda ota-bobolarimizning boy madaniy merosi hisoblanadi. Shu bois, mazkur qadriyatni davom ettirish mustaqil davlatimizda muhim va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Pillakorlarimiz tomonidan yetishtirilayotgan pilla salmogʻini va har bir quti qurt urugʻidan olinadigan hosildorlikni talab darajasiga yetkazish maqsadida ozuqa miqdori  va sifati hamda ipak qurtining oziqlanish maydoni bilan bogʻliq masalalarni ijobiy hal qilish maqsadida pillachilik tarmogʻiga ega fermer xoʻjaliklarida mavjud tutzorlar parvarishiga alohida eʼtibor qaratilayotgani bois, Amudaryo tumanida har yili pilladan yuqori hosil olinishiga erishilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “Oʻzbek ipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori Amudaryo tumanida pillachilik sohasidagi islohotlarning izchil amalga oshirilishiga turtki boʻldi.

Joriy yilda Amudaryo tumanida “Jayhun silk” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan 1980 nafar kasanachi oilalar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga asosan amudaryolik mohir pillakorlar 4163 quti ipak qurti parvarishlab, pilla yetishtirish boʻyicha shartnomaviy rejani ortigʻi bilan bajardilar. Davlat xazinasiga rejadagi 237 tonna oʻrniga 237 ming 40 kilogramm yuqori sifatli sanoat xom ashyosi yetkazib berldi.

Tumanning pillachilik sohasini rivojlantirishga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan Oʻrta qalʼa ovulida yashovchi tajribali pillakor Suʼdulla Toʻrayevning joriy yilda erishgan yutugʻi eʼtiborga munosib. U zmmasidagi 86 kilogramm oʻrniga 142 kilogramm yuqori sifatli pilla hosili yetishtirib, Oʻrta qalʼalik pillakorlar orasida peshqadam boʻldi.

Yana bir kasanachi-pillakor Rustam Eshimov esa har bir quti ipak qurti urugʻidan oʻrtacha 65 kilogrammdan hosil yetishtirib, zimmasidagi 143 kilogramm oʻrniga 230 kilogramm pilla topshirishga muvaffaq boʻldi.

Shuningdek, zimmalaridagi shartnomaviy  rejalarini birinchilardan boʻlib ado etgan Toshyop ovulida yashovchi kasanachi-pillakor Shahnoza Abdullayeva 57 kilogramm oʻrniga 84 kilogramm pilla hosili yetishtirib, yetishtirilgan hosilning barchasini yuqori navlarga  topshirdi.

Albatta, erishilgan yutuqlar pillakorlarimizning fidoyi mehnatlari natijasidir. Chunki ipak qurti parvarishlash mavsumining muvaffaqiyatli oʻtishi koʻp jihatdan mavsumga tayyorgarlik ishlarining agrotexnika qoidalariga muvofiq tashkil etilishiga bogʻliq. Bunda ipak qurtining oziqlanish maydoni – tutzorlar hosildorligini oshirish borasidagi chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Shu bois, amudaryolik pillakorlar mavjud tutzorlarda kuzgi va bahorgi agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida, belgilangan reja asosida tashkil etib, har bir tup tut daraxtini qatʼiy nazoratga oldilar. Avvaldan mavjud boʻlgan tutzorlar kaliyli va fosforli oʻgʻitlar bilan oziqlantirilib, oralari yumshatildi. Dalalar chetlariga, ariqlar boʻylariga yangidan ekilgan tut koʻchatlariga alohida shakl berilib, atroflari begona oʻtlardan tozalandi. Natija esa kutilganidan ziyoda boʻldi.

Ipak qurti parvarishi jarayonida barg yetishmovchiligi bilan bogʻliq muammo kuzatilmadi va 237 tonnadan ortiq boʻlgan Amudaryo “kumush tola” xirmoni bunyod etildi.

Xoʻjaliklar qurtxonalarida pilla terish jarayonlari hamon uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Joriy qishloq xoʻjalik yilining dastlabki hosil xirmonini yanada yuksaltirish maqsadida yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay davlat xazinasiga topshirish maqsadida pillakorlar hamjihatlik bilan mehnat qilishmoqda.

Aziz pillakorlarimiz boshlab bergan mehnat gʻalabasi Amudaryo tumani qishloq xoʻjaligi va ishlab chiqarishning turli sohalarida ham izchil davom etsin, deya tilakdoshlik bildiramiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019