16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:30
Salomatlik 👁 294

Epidemiologik barqarorlik taʼminlanmoqda

Epidemiologik barqarorlik taʼminlanmoqda

Mamlakatimizda sanitariya – epidemiologiya muhiti barqarorligini taʼminlash, yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilayotgan doimiy eʼtibor aholi salomatligini asrashda muhim omil boʻlayotir. Ayni kunlarda bu yoʻnalishdagi chora – tadbirlar yanada kuchaytirilmoqda. Hududlarda kuydirgi kasalligi va boshqa xavfli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi tabiiy oʻchoqlar ustidan doimiy kuztuv ishlari amalga oshirilmoqda. Tegishli idora, tashkilotlar, sanitariya – epidemiologiya, veterinariya sohasi mutaxassislari ishtirokida profilaktika va epidemiyaga qarshi chora – tadbirlar rejasi qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda.

Xususan, Amudaryo tumani Favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining “Tumanda kuydirgi va zoonoz oʻta xavfli yuqumli kasalliklar chetdan kirib kelishi va tabiiy oʻchoqlar tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan tuman hokimligi binosida majlisi boʻlib oʻtdi.

Majlisda tegishli tashkilot va korxona rahbarlari, mahalla raislari, tuman tibbiyot birlashmasi mudirlari, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimlari ishtirok etishdi. Xususan, tibbiyot hodimlari hushyorligini oshirish maqsadida joylarda malaka oshirish mashgʻulotlari, seminar-treninglar, majlislar tashkil etilmoqda. Bu kabi jarayonlarda hodimlar kasallikning profilaktikasi va davolashning samarali usullari yuzasidan tajriba va fikr almashilmoqda

Kuydirgi kasalligi – odamlar va hayvonlarda uchraydigan oʻta xavfli va yuqumli kasallikdir. Ushbu kasalliklarning asosiy manbalari chorva mollari hisoblanadi. Shu bois profilaktika chora-tadbirlarini avvalo chorva mollari oʻrtasida oʻtkazish, veterinariya punktlari va laboratoriyalarining salohiyatini yuksaltirish muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlab oʻtildi.

Majlisda soʻzga chiqqanlar kuydirgi va boshqa yuqumli kasalliklarning insonlar orasida uchrashining oldini olish borasida sanitariya – epidemiologiya sohasi va tibbiyot xodimlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilayotgani haqida aytib oʻtishdi.

Shuningdek, majlisda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sanitariya – epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshligʻi Bahodir Qutlimuratov qatnashdi va oʻz nutqida bunday muammolar kelib chiqishining oldini olish har bir insondan tibbiy madaniyat va oʻz salomatligiga eʼtiborli boʻlishni talab etadi. Buning uchun sogʻlom turmush tarziga, sanitariya-gigiyena qoidalariga toʻla rioya etish lozim.

Uylarda qoramol boqishda molxonalarni toza tutish, turli infektsiyalarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik haamda dezinfektsiya tadbirlarini oʻtkazish, hayvonlarni yiliga bir marta yuqorida aytilgan kasalliklarga qarshi emlatish, hayvonlarda biror bir kasallik alomatlari kuzatilganda darhol hududiy veterinariya xizmatiga murojaat etish kerakligi aytib oʻtildi.

Majlis davomida kuydirgi va zoonoz kabi oʻta xavfli yuqumli kasalliklarning turlariga keng turda misollar keltirilib, ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida toʻxtalib oʻtildi.

Bundan tashqari, majlisda ushbu yuqumli kasalliklarning zararli tomonlari toʻgʻrisida tushuntirish boʻyicha chekka hududlarda ham targʻibot tadbirlari uzluksiz ravishda tashkil etish belgilab olindi.

Bugungi kunda aholiga qulaylik yaratish va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish tadbirlarini oʻz vaqtida tashkil etish maqsadida hududlarda sanitariya – epidemiologiya, veterinariya xodimlari, shifokorlar, mahalla faollari hamkorligida maxsus guruhlar tuzilib, hududlarda epidemiologik holatni barqaror saqlash boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Bu majlisdan koʻzlangan maqsad yuqumli kasalliklar boʻyicha maʼlumot berish, epidemiologik barqarorlikni taʼminlashdan iborat.

Sevara ISMOILOVA, QDU talabasi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019