16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:53
Fan va taʼlim 👁 513

37-SONLI MTTda “XAYR, BOGʻChAJON!” NOMLI TADBIRI OʻTKAZILDI

37-SONLI MTTda “XAYR, BOGʻChAJON!” NOMLI TADBIRI OʻTKAZILDI

Insonning shaxs sifatida shakllanishida uning murgʻak bolalik davri muhim oʻrin tutishi haqida olimlarimiz tomonidan koʻplab psixologik tadqiqotlar olib borilgan va aynan bogʻcha yoshidagi bolalarning eslash qobiliyati, qiziqishlar maydoni hayron qolarli darajada kengligini isbotlovchi ilmiy xulosalarni berishgan. Shuning uchun ham mamlakatimizda maktabgacha taʼlim yoshidagi bolajonlarning qobiliyatlarini takomillashtirish, ularni bolalikdan oʻz orzu-intilishlari, qiziqishlariga mutanosib ravishda toʻgʻri yoʻnaltirish orqali taʼlim-tarbiya berishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Amudaryo tumanining Amir Temur nomli ovuli hududidagi 37-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotiga 2019-yildan beri Shahnoza Allamberganova rahbarlik qilib kelmoqda. Mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotida ayni paytda asosiy guruhda 60 nafar qisqa guruhlarda 100 nafar bolajonlar tarbiyalanmoqda. Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachi-xodimalarining 5 nafari oliy, 4 nafari esa oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislardir.

Joriy yilning 10-iyun kuni mazkur muassasada yetti yoshga qadam qoʻyayotgan bolajonlarni maktab taʼlimiga kuzatishga bagʻishlangan “Xayr, bogʻchajon!” adabiy-musiqiy tadbir boʻlib oʻtdi. Sevimli bogʻcha va qadrdon tarbiyachi-bogʻcha onalari bilan xayrlashuv marosimida bolajonlarning ota-onalari, maktabgacha taʼlim tashkiloti masʼullari hamda tarbiyachi-pedagoglar ishtirok etishdi.

Tadbirni maktabgacha taʼlim tashkiloti mudirasi Shahnoza Allaberganova ochib, kichkintoylarni, avvalo, maktab yoshiga yetganlari, maktabgacha taʼlim sirlarini puxta egallab, endilikda ilmlar ummoni sari ilk qadam qoʻyayotganlari bilan tabrikladi.

Muassasada jami 28 nafar tarbiyachi-pedagoglar faoliyat olib borishadi. Shu bois, bolajonlarning maʼnan va jismonan sogʻlom boʻlib voyaga yetishlarini taʼminlash maqsadida jismoniy tarbiya yoʻriqchisi tomonidan turli qiziqarli oʻyinlar, aqlni charxlovchi mashgʻulotlar tez-tez oʻtkazilib turiladi.

Xususan, shaxmat, shashka toʻgaraklarida bolajonlar uchun eng sevimli mashgʻulotlar majmuasi yaratilgan. Ular kuch sinashadilar, bir-birlarini yutuqlari bilan samimiy va madaniyatli tarzda tabriklashni oʻrganadilar. Aynan ana shu shaxmat va shashka sporti toʻgaragi aʼzolari boʻlgan bolajonlar xotirasi kuchli, sinchkov va qatʼiyatli, oʻtkir zehnli boʻlib ulgʻayishayotganidan ularning ota-onalari ham xursand.

Musiqa toʻgaragi esa bolajonlar qalbida sanʼatga mehr uygʻotish bilan birga, oʻzlari oʻrganayotgan ashulalar orqali ular qalbida sheʼriyatga, adabiyotga ixlos va muhabbat tuygʻularini mustahkamlashi bolajonlarning xatti-harakatlarida yorqin namoyon boʻlayotgani quvonarli. Bundan tashqari, bolajonlar rus tili toʻgaragi mashgʻulotlarida juda faol.

Turli ertak qahramonlarining suratlari, oʻyinchoqlar, gullar va rango-rang sharlar bilan bezatilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti hovlisi hamda oʻyinchoq-zali bolajonlarning quvnoq ovozlariga, quvonchlariga toʻldi.

Bolajonlar “bogʻcha opa”lari bilan birgalikda oʻzlari oʻrgangan sheʼrlar, kuy-qoʻshiqlari, raqslari bilan davraga fayz kiritdilar. Rus tilida bir-birlari bilan muloqot qilishni oʻrgangan bolajonlar erkin fikrlash qobiliyatlarini namoyon etib, ota-onalarini xursand qildilar.

Ayniqsa, shaxmat va shashka toʻgaragi aʼzolari boʻlgan bolajonlarning mantiqiy fikrlash bahslaridagi ishtiroki va oʻz fikrini aniq, loʻnda ifodalash qobiliyatlari, oʻtkir zehni, hozirjavobligi barchaga manzur boʻldi.

Biri-biridan quvnoq kuy va qoʻshiqlar, aqlni charxlovchi oʻyinlar bilan fayzli oʻtgan “Xayr bogʻchajon!” tadbiri yakunida bolajonlar oʻzlari uchun qadrdon maskan va sevimli “bogʻcha opa”lari bilan xayrlashdilar hamda maktabda yaxshi oʻqib, ilm choʻqqilarini zabt etishga vaʼda berdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019