16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:47
Adabiyot 👁 734

Jayxun ilhomlari

Jayxun  ilhomlari

Bor gap shu

(shoir Abdurazzoq Obroʻyevning “Jurnalistlar boy boʻlurmi?” sheʼriga javob).

Jurnalistlar boy boʻlolmas,

Axir yulduz oy boʻlolmas.

“Toʻygʻazadi” qornin gapga,

Shu boisdan ortda safda.

 

Vijdonini sotolmaydi,

Loqaydlardek yotolmaydi.

Yomonlarni koʻrolmaydi,

Aslo pora soʻrolmaydi.

 

Tanqid yozib, topar raqib,

Qoʻyisharlar uni chaqib.

Sal aybiga kulisharlar,

Terisini “shilishar”lar.

 

Mudom el-yurt xizmatida,

Egri yurmas izzatida.

Bor bisoti soʻzdir uning,

Qulogʻi ham koʻzdir uning.

 

Kim koʻrganni yoqtiradi,

Bogʻchasiga boqtiradi?

Im-jimida ishlar bitib,

Turganini yursa “titib”.

 

Aybin bilib soʻkaversa,

Ayron qilib toʻkaversa.

Ayamasa doʻst-yorin ham,

Tinglamasa dod-zorin ham.

 

Adolat, deb qatʼiy tursa,

Xoʻrlaganni soʻz-la ursa.

Ayting, kim ham unga joʻshar,

Tiyiniga tiyin qoʻshar?

 

Toʻgʻri, halol boʻlolmas boy.

Quruq qumdan ishlanmas loy.

Bu gap magʻzin chaqqan bilar,

Qulogʻiga sirgʻa qilar.

 

Taqdiridan qocholmas u,

Afsus, tuproq socholmas u.

Shon-shuhratin toptay, demas.

Bor nonini pinhon yemas.

 

Qanoatda tengi yoʻqdir.

Choponining “yengi” yoʻqdir.

Bor bisoti qalam, qogʻoz.

Yashashi ham xulqiga mos.

 

Nolimoqqa boʻlmas tobi,

Goh-gohida pichoq sopi.

Xullas kalom, oti ulugʻ,

Supra esa doim quruq.

 

Binobarin, kulmang bizga,

Navbat yetar bir kun Sizga!

Mana men ham hazil bitdim,

Sizga “sovgʻa” qilib tutdim.

Saʼdulla XOʻJANIYoZOV.

 

Shoira

Yashay olmasam sheʼrsiz,

Dil oʻrtansa tunlari.

Jaranglasa ruhimda,

Soʻzning sirli kunlari.

 

Quloq soldim qalbimga,

Unda ajib sehr bor.

Sheʼriyat deb atalgan,

Mulkka ulkan mehr bor.

Bas,

Ezgu tuygʻularga,

Sozlab koʻnglim torini.

Toʻkavergum qogʻozga,

Yuragimda borini.

Gulshoda Bahodirova,

28-maktab oʻquvchisi.

 

Ulugʻ shoirga oʻxshash

Bobomiz mir Alisher,

Yozgan ekan koʻplab sheʼr.

Sheʼrlarin yod olaman,

Oʻqib qoyil qolaman.

 

Shoir tugʻilgan sana,

Biz uchun zoʻr tantana.

Shu kun ukam Alisher,

Tugʻilgan kun – yozdim sheʼr.

Ziyoda BOLTABOYeVA,

38-maktab oʻquvchisi.

 

Sizdek shod yurayin

(Matbuot faxriysi, ustozim

Saʼdulla Xoʻjaniyozov 80 yoshga toʻldi).

Maktabda muallim oʻgitin tinglab,

Taʼlim xoʻb olganmiz tilloga tenglab.Sinfdagi tengqurlar oʻttiz oʻgʻil-qiz.

Ilm-u fan egasin ustoz deganmiz.

 

Mehribon ustozim, chiqmaysiz yoddan,

Qolganin olgaymiz turmush, hayotdan.

Har qanday kemtikni butlashda tagʻin,

Ushlarmiz qadrdon ustoz etagin.

 

Saʼdulla akamiz men bilgan ustoz,

Yuz emas, ming mardga teng kelgan ustoz.

Maqtansam, shogirdman sizga munosib,

Yetmishdan uch oʻtdim izingiz bosib.

 

Sizdek shod yurayin bundan keyin ham,

Siz yuzga yetishgan kundan keyin ham.

Men ham sakson yoshga yetgan mahali,

Qalbdagi havasim oʻchmaydi hali.

Jumaboy Hidoyatov,

"Jayxun ilhomlari" NNT aʼzosi.

 

Haq yoʻli

Nega yana u kunlarni esladim bugun,

Koʻngilda tuhmatdan qolgan bir tugun.

Umidlarim qanoti sinsa ham u kun,

Parvoz etib, osmonlarga yetarman,

Meni qiynaganni Alloh kechirsin.

 

Balki sinovlarga kelmaganda duch,

Yashash uchun topmasmidim kuch.

Gʻanim otgan toshlar bugun boʻldi puch,

Bir kun dilda gʻamim men unutarman,

Meni yigʻlatganni Alloh kechirsin.

 

Odamning koʻnglini bilish qiyin dam,

Bilinar falokat boshga tushgan dam.

Baxtni balki taqdir yulib ketgan dam,

Baxt boʻlib ne koʻngillarga yetarman,

Meni siylaganni Alloh siylasin.

 

Bugun haq yoʻldan tashladim qadam,

Bu yoʻl ogʻirdir, boʻlaman bardam.

Yoʻlda bordir, achchiq qoʻshiq ham,

Bir kun kelib, haq – oʻziga yetarman,

Meni tinglaganni Alloh tinglasin.

 

Oqqush boʻlib, bulutlarni oʻparman,

Yulduz boʻlib, fazolarni qucharman.

Armon boʻlib yuraklardan ketarman,

Qoʻshiq boʻlib koʻngillardan oʻtarman,

Meni qoʻllaganni Alloh qoʻllasin!

Nodira YaNGIBOYeVA,

Oʻrta qalʼa ovuli.

 

Kimligimni bila boshladim...

Men shoira emasman, lek bilmam kimman,

Shoira boʻlish emas edi orzuim.

Chunki sheʼrlarimdan kimlardir kulsa,

Qalbim yigʻlar edi, bildirmay yum-yum.

 

Bir kun shunday boʻldi, sheʼrimdan kuldi,

Qalamim sindirib, otdim uzoqqa.

"Endi sheʼr yozmayman, yozmayman aslo",

Deb hamma sheʼrimni soldim oʻchoqqa.

 

Sheʼrlarim yonardi, olovli gulxan,

Jonim achisa-da turardim chidab.

Xuddi sheʼrlar menga "qutqargin", deya

Yalinar edilar, faryod-la dodlab.

 

Ilhom kelardi, quyunday gohi,

Daraxtga, gullarga qaraganimda.

Oyga boqsam, koʻrardim ajib bir yogʻdu,

Samoga tunlari koʻz tikkanimda.

 

Ayb menda emas-ku, men shunday boʻlsam,

Men ham oyni oyday koʻrgim keladi.

Shoira boʻlish emas edi orzuim,

Men ham oddiy inson boʻlgim keladi.

 

Ilhom kelaverdi, lek sheʼr yozmadim,

Kunlar oʻtdi, oʻtdi yillar, chidadim.

Yer-osmon tikildi, termulib menga,

Men esa ularga parvo qilmadim.

 

Ilhom kelaverdi, yurak qiynaldi,

Afsus, buni koʻrib, chiday olmadim.

Nima boʻlsa boʻlar, endi farqi yoʻq.

Qaytadan men sheʼrlar yoza boshladim.

 

Men kim ekanligim bila boshladim.

Feruza Aminboyeva.

 

Mehmon keldi

Mehmon keldi, xush keldi,

Koʻngillarga nur indi.

Buvimlarning koʻngliga,

Bir olam quvonch keldi.

Mehmonlarning chehrasi,

Yorishdi misli quyosh.

Xushxandon onajonim,

Pishirib keltirdi osh.

Oldda toʻkin dasturxon

Suhbat qurdik biz shodon...

Marjona ABDULLAYeVA,

33-sonli maktabning 6-sinf  oʻquvchisi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019