17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:59
Salomatlik 👁 311

“SAYAMED” KOʻZ KLINIKASI SAMARALI FAOLIYaT YuRITMOQDA

“SAYAMED” KOʻZ KLINIKASI SAMARALI FAOLIYaT YuRITMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori xususiy sektorning sogʻliqni saqlash sohasida faoliyat yuritishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratdi.

Qaror asosida xususiy tibbiyot muassasalarining faoliyat yuritishiga, moddiy-texnik bazasining mustahkamlanishiga, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini, hajmini koʻpaytirishga imkoniyatlar yaratilmoqda. Natijada xususiy tibbiyot muassasalari rivoji uchun keng yoʻl ochilib, tibbiyot taraqqiyoti etgan mamlakatlarda foydalanilayotgan ilgʻor tibbiy texnologiyalar mamlakatimizga olib kelinib, bemorlarga aniq tashhis qoʻyish va davolashda samarali qoʻllanilmoqda.

Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizda ham ilgʻor zamonaviy tibbiy texnologiyalar orqali tashhis qoʻyib davolaydigan xususiy tibbiyot muassasalari kun sayin koʻpaymoqda va aholining salomatligini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Mangʻit shahrining Olmazor mahallasida, tuman istirohat bogʻi yaqinida faoliyat koʻrsatayotgan “Sayamed” koʻz kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan xususiy klinika ham shular jumlasidandir.

Ijaraga olingan bino maxsus jihozlanib, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar keltirilib, tashrif buyuruvchilarga qulay sharoitlar yaratilgan mazkur klinikada bemorlarga aniq tashhis qoʻyilib, davo muolajalari samarali olib borilmoqda.

Katarakta, glaukoma kabi kasalliklarga chalingan yurtdoshlarimiz hozirgi kunda ushbu muassasada ogʻriqsiz jarrohlik amaliyoti tufayli darddan xalos boʻlishmoqda.

Ayni kunda klinikada jami 7 nafar, shundan 3 nafar malakali koʻz kasalliklari shifokorlari, bundan tashqari, oʻrta tibbiyot xodimi va kichik hamshira faoliyat yuritishmoqda.

Joriy yilning 28-fevralida ish boshlagan klinikaga shu kungacha 750 nafardan ziyod bemorlar murojaat qildi. Bemorlarning koʻzlaridagi kasalliklarga aniq tashxis qoʻyilgan holda, aksariyati ushbu klinikada davolanib, dardlariga shifo topishdi.

Bu yurtdoshlarimizning olis shaharlarga borib ovora boʻlib yurmasdan, tumanimizning oʻzida davolanishlari, nisbatan ogʻir boʻlgan koʻz kasalliklaridan ham jarrohlik usulida xalos boʻlishlari uchun qulay sharoitlar yaratilganidan dalolatdir. Muhimi, bemorlar jarrohlik amaliyotidan bir necha soat oʻtgach, uylariga qaytishlari mumkin, faqat belgilangan vaqtda shifokor nazoratidan oʻtib, maslahatlariga amal qilib turishlari lozim.

Keyingi yillarda tumanimiz aholisi orasida koʻzning shox pardasi jiddiy zararlanishi, koʻz ichki bosimining oshishi, koʻz qorachigʻi sirtiga et oʻsishi kabi kasalliklar koʻproq uchramoqda. Avvallari odamlarni jiddiy xavotirga solgan buningdek kasalliklarni “Sayamed” koʻz kasalliklari klinikasida boshqa muassasalarga nisbatan ancha arzon va samarali davolash yoʻlga qoʻyilganligi yurtdoshlarimiz uchun yana bir qulaylik boʻldi. Klinikada darddan forigʻ boʻlayotgan bemorlar bosh shifokor Yahyo Soliyev, shifokorlar Ilhom Xolimbetov, Komiljon Tajiboyevlar faoliyatidan juda xursand.

Dard borki, davo bor, deydi xalqimiz. Biroq oʻz hududingda, ovoragarchiliksiz davolanganga nima yetsin? Tabiiyki, tumanimizda koʻz kasalliklari klinikasining tashkil etilganligi aholi uchun bu borada muhim imkoniyatdir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019