16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:51
Iqtisodiyot 👁 399

Hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligiga bagʻishlangan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi

Hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligiga bagʻishlangan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi

2. 27-iyul kuni Amudaryo tumani hokimligining Axborot xizmati tomonidan “Aholi bandligini taʼminlash hamda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha hokim yordamchilari tomonidan 1-yarim yillik davrida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayev, Amudaryo tumani Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi direktori Jasur Davletov, tumandagi hokim yordamchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

 Dastalab, tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayev hokim yordamchilari faoliyatining 6 oylik natijadorligi boʻyicha hisobot berdi. Shundan soʻng, jurnalistlar ishtirokchilarga savollar bilan murojaat qildilar.

 Jumladan, hozirgi kunda fuqarolor tomonidan eng koʻp talab kelib tushayotgan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlarning ajratilishi aynan qaysi yoʻnalishlarda, qanday mezonlar asosida amalga oshirilayotgani boʻyicha jurnalist Aziza Madrahimova savol berdi.

 Keltirilishicha, Amudaryo tumaniga 68,7 mlrd. soʻm resurslar ajratilgan boʻlib har bir mahallaga aholi sonidan kelib chiqib resurslar taqsimlangan. Bugungi kunga kelib oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi asosida 2 ming 673 nafar fuqarolar tomonidan kredit olish uchun arizalar yuborilgan boʻlib, shundan 1 ming 859 tasi maqsadli deb topilib, hokim yordamchilari tomonidan tavsiyanomalar berilgan va hozirda 1 ming 635 nafar fuqarolarga dastur doirasida jami 34,9 mlrd. soʻmlik kreditlar ajratilgan.

Shuningdek, jurnalistlardan Mahmudjon Shomuradov mamlakatimizda aholining ijtimoiy-iqtisodiy qatlamiga koʻrsatilayotgan moddiy yordamlar, bu borada hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, subsidiya qanday hollarda ajratilishi boʻyicha savollar bilan murojaat qildi.

 Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-maydagi 252-sonli qaroriga asosan, subsidiyalar Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratilishi belgilab qoʻyilgan.

Bunda hokim yordamchilari 12 turdagi tadbirkorlik yoʻnalishlari uchun subsidiyalar ajratilishi uchun tavsiyanoma berishlari mumkin.

Tadbirkorlikni boshlash uchun subsidiya olish istagini bildirgan fuqarolar birinchi navbatda hokim yordamchisiga uchrashishlari kerak boʻladi. Hokim yordamchisi fuqarolarga onlinemahalla.uz sayti orqali ariza yuborishda koʻmaklashadi. Keyinchalik yuborilgan arizaning skoring baholash tizimidan qanday natija bilan oʻtishiga qarab hokim yordamchisi tavsiyanoma beradi yoki uni rad etadi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, bugungi kunda tumandagi hokim yordamchilari tashabbusi bilan fuqarolarning tamorqada oʻzini-oʻzi band qilish maqsadida 270 mln. soʻm subsidiya mablagʻlari evaziga 95 nafar fuqaroga yengil konstruktsiyali issiqxona hamda 5 nafar fuqaroga sugʻorish tizimlari qurib berilgan.

Shuningdek, kasb-hunarga oʻqitish va asbob-uskuna xarid qilish uchun “Rahimboyeva Salomat” ishlab chiqarish kooperativi tomonidan Xitoy, Besh ovul, Tosh qalʼa va Yuqori qishloq ovul va mahallalarida tikuvchilik kooperatsiyasini tashkil qilish evaziga 49 nafar fuqarolarning bandligini taʼminlash maqsadida 132,1 mln. soʻm subsidiya mablagʻlari ajratilgan.

Qipchoq ovuli hududidagi “Amudaryo outlet” ishlab chiqarish kooperativiga 15 nafar xotin-qizlarni aʼzo qilgan holda 60 mln. soʻm subsidiya mablagʻlari ajratilgan. Bundan tashqari, 10 nafar ishsiz fuqaroga 2,7 mln. soʻm miqdorida subsidiyalar ajratilgan.

Ochiq muloqot davomida jurnalistlar hokim yordamchilari faoliyati boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishlicha javoblar oldilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019