16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 01:54
Siyosat 👁 358

Amudaryo tumani hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumani hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi

Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini tinglash va hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joyida hal etish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining eng ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Shu maqsadda fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan eng dolzarb muammolarni chuqur oʻrganish hamda ularga oʻz vaqtida, qonuniy yechim topish maqsadida 10-iyul kuni Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametovning aholi va tadbirkorlar uchun navbatdagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi.

Ochiq va samimiy muloqot ruhida oʻtgan mazkur qabul davomida jami 44 nafar jismoniy shaxs ishtirok etib, ular tomonidan turli sohalarga oid 49 ta masala boʻyicha murojaatlar kelib tushdi. Kelib tushgan murojaatlarning salmoqli qismini ijtimoiy himoya, bandlik va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan masalalar tashkil etdi.

Xususan, aholi tomonidan yoshlar va xotin-qizlarni ishga joylashtirish, jumladan, tibbiyot birlashmasi, "Mangʻit dehqon" bozori hamda Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi kabi tashkilotlarda doimiy bandlikni taʼminlash, shuningdek, subsidiya asosida tikuv mashinasi va mototsikl ajratish, moddiy yordam koʻrsatish hamda pillachilik yoʻnalishida ajratilgan kreditni maqsadli yoʻnaltirish uchun plastik kartaga tushirib berish kabi talablar ilgari surildi. Bundan tashqari, baʼzi fuqarolar tomonidan nodavlat taʼlim tashkilotidan ish haqini undirishda amaliy yordam soʻraldi.

Murojaatlarning aksariyati uy-joy, yer va kadastr masalalari bilan bogʻliq boʻldi. Qabulda ishtirok etgan qator fuqarolar oʻz yashash joylarini taʼmirlash uchun usta va qurilish materiallari, xususan, gʻisht ajratishda hamda yangidan uy-joy qurishda koʻmak berishni soʻrashdi. Shu bilan birga, murojaatchilar koʻchma savdo doʻkoni qurish uchun yer uchastkasi ajratish, yer va turar-joy chegaralarini aniq belgilab berish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, auktsion orqali olingan yer toʻlovlarini amalga oshirishda yengillik yaratish hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga oid muammolar boʻyicha tuman hokimidan amaliy yordam soʻradilar.

Kommunal xizmat koʻrsatish, infratuzilmani yaxshilash va ekologik holatga doir masalalar ham diqqat markazida boʻldi. Hududlardagi sharoitlarni yaxshilash maqsadida ichki koʻchalarga tosh yotqizish, yangi ichimlik suvi tarmoqlarini tortish, elektr energiyasi taʼminotini barqarorlashtirish uchun simyogʻochlar oʻrnatish yoki ularni va transformatorlarni xavfsizroq joyga koʻchirish, shuningdek, zamonaviy quyosh panellarini oʻrnatish boʻyicha ham murojaatlar kelib tushdi.

Atrof-muhit va sanitariya holati boʻyicha esa fuqarolar tomonidan tosh maydalash zavodlaridan havoga koʻtarilayotgan chang miqdorini nazorat qilish va chora koʻrish, maishiy chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish, koʻchadagi noqonuniy konteynerlarni olib tashlash hamda qoʻshnilar oʻrtasidagi sanitariya qoidalariga zid qurilmalar yuzasidan kelib chiqqan nizolar bayon etildi. Bulardan tashqari, shaxsiy turmush bilan bogʻliq boʻlgan huquq-tartibot masalalari boʻyicha murojaatlar ham koʻrib chiqildi.

Shaxsiy qabul davomida koʻtarilgan har bir masala tegishli tartibda roʻyxatga olinib, ularning aksariyatiga shu joyning oʻzida huquqiy tushuntirishlar berildi. Ijrosi maʼlum vaqt va oʻrganish talab etadigan, nazoratga olingan murojaatlar boʻyicha esa tuman hokimi tomonidan tegishli soha rahbarlariga, mutasaddi tashkilotlar va muassasalar masʼullariga muammolarni qonuniy va ijobiy hal qilish yuzasidan aniq muddatli topshiriqlar berildi.

Mahalliy hokimiyat organlarining bu kabi ochiq muloqotlari fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga barham berish, ularning davlat idoralariga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlash va xalq roziligini taʼminlashga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019