16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:58
Qishloq xoʻjaligi 👁 462

Urugʻlik uchun paxta ekilgan dalalar hosilini aniqlash va gʻalla ekish mavsumini sifatli oʻtkazishga bagʻishlangan koʻrgazmali seminarlar boʻlib oʻtdi

Urugʻlik uchun paxta ekilgan dalalar hosilini aniqlash va gʻalla ekish mavsumini sifatli oʻtkazishga bagʻishlangan koʻrgazmali seminarlar boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumanida 2022-yil hosili uchun 2200 gektar maydonda 47 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan urugʻlik chigit ekilgan boʻlib, bugungi kunda ushbu maydonlarda aprobatsiya, yaʼni kutilayotgan hosilni aniqlash tadbirini amalga oshirilmoqda. Bu borada tajriba almashish maqsadida Toʻlqin ovulidagi “Ahmedov Rajabboy” fermer xoʻjaligida koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi. Ushbu xoʻjalikda 80 gektar maydonga urugʻlik paxta ekilgan.

Tadbirga Respublika “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat korxonasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi masʼullari hamda tuman hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Islom Matkarimov, masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “ Amudaryotex” xususiy korxonasi paxta-toʻqimachilik klasteri, tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimi mutasaddilari hamda tumandagi urugʻlik paxta yetishtiruvchi 47 ta fermer xoʻjaligi rahbarlari qatnashdilar.

Tadbirda qishloq xoʻjaligi masʼullari va ishtirokchilar urugʻlik paxta ekilgan daladagi gʻoʻza nihollarining rivojlanishini koʻzdan kechirdilar. Avgust oyida javom etayotgan gʻoʻza parvarishida “Dolzarb-30 kunlik”da belgilangan agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi samarali kurashish, oziqlantirish ishlarini yakunlash yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ushbu maydonlarni sharbat usulida peshma-pesh sugʻorish hamda kultivatsiya qilish ishlarini tizimli tashkil qilish kabi agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Gʻoʻza parvarishida “Dolzarb-30 kunlik”da qoʻshimcha gʻoʻza maydonlarini 2-marta kultivatsiya qilish, gʻoʻza maydonlariga 2-marta biostimulyatorlar sepish, zararkunandalarga qarshi kurashish, maydonlarini 3-marta sharbat usulida sugʻorish, chilpish ishlarini yakunlash kabi tadbirlarni tez fursatlarda yakunlash vazifalari topshirildi. Shuningdek, gʻoʻza qator oralarini suvdan keyingi kultivatsiya qilish ishlari gʻoyatda muhim ekanligi aytildi. Buning uchun tumanda mavjud 365 ta kultivatorlarni otryad usulda ishlatishga alohida eʼtibor qaratilib, 90 ta otryadlar tuzilgani va har bir otryadga tajribali mutaxassislar biriktirilgani taʼkidlandi.

Avgust oyida dehqonlarimiz yana bir muhim palla – rizq-roʻzimiz boʻlgan gʻalla ekish mavsumini ham boshlaydilar. Tumanimizda 2023-yil hosili uchun 355 ta fermer xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 7000 gektar maydonga gʻalla ekish rejalashgan. Shundan 2800 gektari ochiq maydonga, 4200 gektari gʻoʻza qator oralariga ekiladi.

Shu yilning 11-avgustida Toshyop ovulidagi “Bekman Allamberganov” fermer xoʻjaligida gʻalla ekish ishlarini namunali tashkil etish masalasiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Shuhrat Teshayev, Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari Daryoboy Qaypov, qishloq xoʻjaligi sohasining tumandagi masʼullari, fermer xoʻjaliklari raislari ishtirok etdilar.

Tadbirda Daryoboy Qaypov, Shavkat Hamroyev, Shuhrat Teshayev, Sultonboy Yoʻldashevlar 2023-yil hosili uchun gʻalla ekish mavsumini qulay muddatlarda sifatli oʻtkazish yuzasidan fermer xoʻjaliklari rahbarlariga zarur maslahat va tavsiyalarni berib oʻtdilar.

Taʼkidlanganidek, ekish mavsumini oʻz vaqtida, namunali oʻtkazish uchun urugʻlik miqdori hisob-kitob qilinib, gʻamlandi. Har bir gektar yerga 250 kilogrammdan urugʻlik sarflanishi koʻzda tutilgan. Ekish ishlarini 15-avgustda 31-avgustgacha, optimal muddatlarda oʻtkazish uchun fermer xoʻjaliklari kesimida grafiklar ishlab chiqilgan.

Shuningdek gʻalla ekish mavsumi uchun 25 ta otryadlar tashkil etildi va ularga 620 ta turli texnika hamda mexanizmlar biriktirildi.

Tumanda joriy yilda 2023-yil hosili uchun gʻallaning “Alekseyevich”, “Antonino”, “Grom”, “Davr”, “Asr” kabi navlar urugʻi ekilishi va yuqori hosil yetishtirishning barcha choralari amalga oshirilishi taʼkidlandi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019