16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:33
Adabiyot 👁 354

Jayxun ilhomlari

Jayxun  ilhomlari

Koʻngilli kechmoqda

Fasli yoz oyida – oxirgi hafta,

Koʻngilli kechmoqda, bu harna gap-da.

Kichik bir sheʼr bundan unsa ham mayli,

Shunchaki havasda, ilhom tufayli.

 

Ajoyib ochilgan xush boʻyli gullar -

Bilan band oʻtadi kunlar-u tunlar.

Oʻsishin koʻraman oʻzim aylanib,

Suhbatlar quraman suyib-boylanib.

 

Qum yuzin kuydirgan harorat ketdi,

Sogʻinchli suydirgan farogʻat yetdi.

Bolalar, yosh-yalang suvga tushdilar,

Choʻmilib, salqinlab quvonch quchdilar.

* * *

Ucharlar ustidan qushlar galasi,

Ortidan termulib qolar bolasi.

Otizlar ichida oyqizlar gʻayrat –

Mehnat qiladilar – gʻanimat fursat.

Koʻksida havaslar barq urgan oʻsmir –

Yigitlar yelishar bahs urib bir-bir.

Koʻrganning sira ham toʻymaydi koʻzi,

Ular mard yigitlar, bir boʻlar soʻzi.

Jumaboy Hidoyatov,

Qizilcholi mahallasi.

 

Mahallam

("Nuroniylar tanlovi"da kuylangan qoʻshiq")

Daryoboʻyi derlar manim mahallam,

Koʻchalari koʻrkam, ravon mahallam.

Odamlari ishchan, boʻston mahallam,

Hamjihat insonlarga makon mahallam.

 

Bogʻlarga burkangan, suvlari toza,

Qizlari Barchinoy bari ozoda.

Alpomish oʻgʻlonlar ulgʻaygan bunda,

Yangi Oʻzbekiston aro tanho mahallam.

 

Jayhundan suv ichgan "yashil makon"im,

Rahbarlari ilgʻor, nurli boʻstonim.

Bogʻlarida ulgʻayar avlodlar xurram,

Taraqqiy qilaver doim, mahallam.

 

Nuroniylar hurmat-izzatda bugun,

Yurtboshimiz Qarori amalda har kun.

Obod yurtda yoshlari kezmoqda olam,

Vatan ichra buyuk Vatan – mahallam!

Baxtiyor JOʻLLIBOYeV,

Daryoboʻyi MFY faoli.

 

Koʻzmunchoq

Mitti qushdek, goʻzal mushtipar,

Koʻngil siri pinhona oʻzing.

Shoʻring qursin qizaloqqina,

Oʻz uyingga mehmonsan oʻzing.

 

Omonatdir ota uy senga,

Barin tashlab ketasan yiroq.

Qoʻlingdagi shu mittigina,

Koʻzmunchoqdek qolasan, faqat.

 

Hamma senga aql beradi,

Gangib qolding shu on, soniya.

Koʻnglingdagi kim borligini,

Hatto onang ham bilmaydi-ya.

 

Qiz bolasan, palaxmon toshi,

Qayga otsa ketaverasan.

Koʻnglingdagi qolib oxiri,

Oʻz yoringni sevaverasan.

 

Sen bir qushsan, sen bir hikoya,

Baxt qushiga erishmoq qiyin.

Yozsa hamki yoʻqdir nihoya,

Sening kuying kuylamoq qiyin.

Munisa TOJIBOYeVA,

20-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Yolgʻon doʻst

Sen doʻstingga fidolar boʻlsang,

Bilmasa u juda ham yomon.

Gʻamlariga yelkalar tutsang,

Tanimasa, bu senga armon.

 

Bobom aytar: “qora kuningda,

Yonlaringda turmagan doʻstmas.

Paydo boʻlib yaxshi kuningda,

Quchoq ochsa, bilgin, odammas”.

 

Odamlarning sarasi asli,

Ayirmaydi shoh-u gadoni.

Kelganida tanlamoq fasli,

Tanlar doʻstga joni fidoni.

Maftuna Qurbonboyeva,

36-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Tilaklar

Behuda gaplarni qilib muxtasar,

Tilaklarim aytay, bordir birtalay.

Yozganlarim oʻqib, ey aqli raso,

Oʻzing chiqar undan bir-bir xulosa.

Koʻngilda borini chiqardim tilga,

Zero, maʼqul boʻlsa sheʼrlarim elga.

Endi men asosiy maqsadga oʻtay,

Aytay tilaklarim, bordir birtalay:

Tillardan tushmagay bir soʻz erta kech,

Noming oʻchsin urush! Dunyo boʻlsin tinch!

Daryo boʻlib oqsin, hosil boʻlsin moʻl,

Xirmonlar, omborlar donlarga toʻlsin.

Dasturxonga bersin fayz-u baraka,

Sogʻ-omon yetkazsin har nurli tongga.

Xonadonlar obod, oilalar tinch,

Xalqimiz salomat, xotirjam boʻlsin.

Kelinlar vafoli, yigitlar suyanch,

El-u Vataniga togʻ-qalqon boʻlsin.

Toʻylarda yangrasin doimo yalla,

Beshiklar ustida aytilsin alla.

Kishilar birodar, qarindoshlarday,

Oʻrtasida boʻlsin mehr-oqibat.

Nizolar yoʻq boʻlib, uning oʻrniga

Doʻstona yashasin aka-ukaday.

Qarilarga imon, yoshlarga umr,

Baxtiyor yashasin, qolmasdan armon.

Har kishi ketarda foniy dunyodan

Rozi boʻlib ketsin, ketsin bearmon.

Iloho tilaklar ijobat boʻlsin,

Barcha xonadonlar shodlikka toʻlsin.

Odil OllAyorov, mehnat faxriysi.

 

Chidadim

Boʻlib ketganim yoʻq gʻam ichra ado,

Gʻururimni hech yoʻqotmadim.

Koʻp narsamdan boʻlsam-da, judo,

Men toʻkilib, erib ketmadim –

Chidadim...

 

Yaqinlarim oʻgirsa-da, yuz,

Payqamasa, koʻrib turgan koʻz.

Qaqshatib ketsa-da, achchiq soʻz,

Yigʻlab-yigʻlab qurib ketmadim –

Chidadim...

 

Gunohimdan gap boshlasalar,

Koʻnglimni koʻp gʻashlasalar,

Hatto yurak-bagʻrim tilsalar,

Gʻam yukidan oʻlib ketmadim –

Chidadim.

Nodira Yangiboyeva,

Oʻrta qalʼa ovuli.

 

Qodiriy bobo

"Oʻtgan kunlar" kitobin oʻqib,

Choʻmib qoldim gʻamgin xayolga.

Bobomizning ogʻir qismati,

Koʻmib qoʻydi mungli savolga.

 

Xalqin dilga koʻchirgan bobom,

Fido boʻlib yashagan bobom.

Soʻngra qilgan gunohin bilmay,

Aybsiz aybdor otilgan bobom.

 

Oʻtgan kunlar oʻtib boradi,

Siz kutgan kun keldi-ku, bobo.

Mustaqillik epkinlarida,

Qalbimizda yashaysiz bobo.

Sevinch QODIROVA,

57-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Bir kosa sharob...

Doʻstlar davrasida mayxoʻrlik qildik.

Jom ichra tomchilar soʻzlardi goʻyo.

Bizdan zoʻri yoʻq ekan biz shuni bildik,

Bir kosa sharobga yengildi dunyo.

 

Unutdik bir nafas goʻzal qizlarni,

Xazonlarga toʻlgan oʻsha kuzlarni.

Siz bizdan kechdingiz nimayam derdik,

Unutdik shu ondan biz ham sizlarni.

 

Yoʻllarim poylagan ey onaizor,

Oʻgʻlingdek koʻrnamak yana qayda bor?

Yuzingdagi ajinlar taqdir chizigʻi,

Boshingdagi sochmi yoki oppoq qor?

 

Onajon, onajon, nega bundaysan,

Qanoti yoʻq farishtaga oʻxshaysan.

Umring oʻtib ketdi bolangni oʻylab,

Qachon sen ham oʻzing uchun yashaysan?

 

Bilmam, nega shu on seni oʻyladim,

Dilimda borini bordek soʻyladim.

Mastlik bu aslida rostlik degani,

Farzand boʻlib seni ancha qiynadim.

 

Ichishni qoʻy deding, hamon qoʻymadim...

Faxriddin Saʼdullayev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019