17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 12:53
Adabiyot 👁 352

Jayxun ilhomlari

Jayxun  ilhomlari

Joʻrajonimey

Bu dunyoda hech kim qolmaskan,

Yiqqan molin yonga olmaskan.

Ketayotib uvvos solmaskan,

Joʻrajonim, joʻrajonimey.

 

Oʻtajagin kimdir bilmaskan,

Gunoh etib tavba qilmaskan.

Nazariga goho ilmaskan,

Joʻrajonim, joʻrajonimey.

 

Oʻzni oʻtga, suvga urarkan,

Taqdiringni haryon burarkan.

Bir kun boshin egib turarkan,

Joʻrajonim, joʻrajonimey.

 

Yashash uchun kurasharkaney,

Eh, shunchaki soʻrasharkaney.

Yiqilishib kurasharkaney,

Joʻrajonim, joʻrajonimey.

 

Qadrin bilar yoʻqotishgan soʻng,

Ayriliqni xoʻp totishgan soʻng.

Bir-birini "ux", sotishgan soʻng,

Joʻrajonim, joʻrajonimey.

 

Duch kelgandan foyda toparkan,

Qoniqmasdan yana choparkan.

Tuz berganni itdek qoparkan,

Joʻrajonim, joʻrajonimey.

 

Sezdirmasdan tushirarkan "chuv",

Qilmishlarin bildirmasdan u.

Hatto bermas, chanqaganga suv,

Joʻrajonim, joʻrajonimey.

 

Bu dunyoda armonli koʻpkan,

Ojizlikda qurigan choʻpkan.

Tepishsalar misoli toʻpkan,

Joʻrajonim, joʻrajonimey.

 

Bolalikda qaysar boʻlganmiz,

Lek shodlikka rosa toʻlganmiz.

Keksaygan soʻng toʻzib, soʻlganmiz,

Joʻrajonim, joʻrajonimey.

 

Nasihatni yoqtirmaganmiz,

Belga belbogʻ taqtirmaganmiz.

Bilsak oʻzni taqdirlaganmiz,

Joʻrajonim, joʻrajonimey.

 

Odamzodga shu xislat yorkan,

Qariganda yoshlikka zorkan.

Soʻng oʻkinmoq taqdirda borkan,

Joʻrajonim, joʻrajonimey.

Saʼdulla Xoʻjaniyozov.

 

Onamga oʻxshar

(Oʻzbekiston xalq oʻqituvchisi Hayitgul Yoʻldoshevaga)

Doim ochiq goʻzal chehrasi,

Nazokatli, dilbar oʻzlari.

Mehr bilan bagʻriga bosar,

Goʻyo aziz onam hidlari.

 

Bisotida borin ayamas,

Yarim koʻnglim oʻstirar togʻdek.

Soʻzlaridan boʻlaman sarmast,

Tunlarim ham nurga toʻladi.

 

Uni koʻrsam yayrab ketaman,

Gʻamlarim ham unut boʻladi.

Quvonchlarim izhor etaman.

Baxtim koʻrib, koʻngli toʻladi.

 

Onamdayin bagʻirlari keng,

Meni koʻrar farzandiga teng.

Begonani joniday suygan,

Shu ayolga tashakkurlar deng.

 

Faqat menmas, eldoshlar aytar:

"Hayitgul opa onamga oʻxshar..."

Unga eldan savoblar qaytar,

Butun feʼli onamga oʻxshar.

Zuhra Ahmedova,

Oybek nomli mahalla.

 

Muhabbat sinovi

Derlar menga: bilsang hayotda,

Muhabbat bu – bir umr sinov.

Agar shunday boʻlmaganda ham,

Mumkinmikan uni unutmoq?

 

Nima deysan axir taqdirga,

Yana bir bor uchrashib qolsang.

Yurak uzuk emas-ku, axir,

Sugʻursang-u tashlab yuborsang.

 

Mangu yashash uchun muhabbat:

Yuraklarga qilingan surgun.

Shuning uchun ishq sahrosida,

Majnun boʻlib yuribdi – Majnun.

 

Qismat bezak – inson umriga,

Gunohlardan forigʻ qil, ey Rab.

Kumushbibi eslangan kunda,

Yigʻlab turar oldingda... Zaynab.

 

Oshiqlarning yoʻli boʻlgan tor,

Soʻqmoqlari doim baland-past.

Zaynabmasmi... ishq azobida,

Muhabbatga qilgan suiqasd?

 

Muhabbati uchun kimlardir,

Inʼom qilgan toj-u taxtini.

Oson boʻlarmikan kimgadir,

Bosib olmoq birov baxtini?

 

Qismat ogʻir boʻlsa nachora,

Koʻtaramiz, kimdir... gunohkor?

Har kimning ham hech aytilmagan,

Qiblagohi, sajdagohi bor.

 

Bugun endi Otabek uchun,

Margʻilonning yoʻllari uzun.

Yuragingni tirnayveradi,

Zaynab aqli noqis boʻlgan kun.

 

Nima deymiz Kumushbibiga,

Agar bir bor uchrashib qolsak.

Yurak uzuk emas-ku axir,

Sugʻursang-u tashlab yuborsang.

 

Asli hayot sinoqdir, lekin,

Erk bermoqlik kerakmi tilga?

Muhabbati uchun emasmi,

Kimdir Majnun, kim esa telba...

Qoʻchqor Otajonov,

Bosuv mahallasi.

 

Uvoli boʻlar

Daraxtlar gul ochsa, tabiat kular,

Soʻlim bogʻlarida, mevalar pishar.

Erta bahor guvoh, oltin kuz guvoh,

Kuz kelsa barglar toʻkilib tushar.

Kuz keldi oʻlkamga, oltin kuz keldi,

Fasllar ichra fusunkor boʻlib.

Kuzning hasratiday toʻkilar yaproq,

Oyoqlar ostida poyondoz boʻlib.

Yoz boʻyi boshingda soyabon boʻlar,

Xil-xil mevalarga, omborlar toʻlar.

Allohimning bizga bergan, savoli boʻlar,

Balki barglarning ham uvoli boʻlar.

Xolimbat XudoYorov,

Bobur nomli ovul.

 

Beshovulning qizlari

Oydek jamolidan koʻzlar qamashar,

Nazar tashlasa gar dunyo adashar.

Kulib yuring, sizga kulish yarashar,

Nur sochadi goʻzal yuzlari –

Beshovulning qizlari.

 

Koʻnglida iymon-u, qalbi tozalar,

Har ishda oqila va ozodalar.

Sizga loyiq faqat chin shahzodalar,

Ibolidir aytar soʻzlari –

Beshovulning qizlari.

 

Siz shamning yogʻdusi, boʻlay parvona,

Koʻchalarni toʻldirib yuring mardona.

Dovrugʻingiz yetsin, jumla jahona,

Osmonning oy-yulduzlari –

Beshovulning qizlari.

 

Oʻzimdan qoʻshmadim, bu hammasi rost,

Qancha maqtasam ham sizlar uchun oz.

Taʼrifingizga soʻz yetmadi xolos,

Yonib turar yulduz koʻzlari –

Beshovulning qizlari.

 

Sevsa gar, sevgining qadrin bilganlar,

Sadoqatdan boʻyniga marjon ilganlar.

Faxriddinni bir devona shoir qilganlar,

Yuragimda bordur izlari –

Beshovulning qizlari.

Faxriddin Saʼdullayev,

QDU talabasi.

 

Sheʼriyatga qaytish

Mana ha, demasdan kirib keldi kuz,

Men-ku internetdan uzolmadim koʻz.

Bahor oʻtib ketdi, yoz oʻtib ketdi,

Olti oy yozmadim hatto biror soʻz!

 

Endi hech narsa yoʻq soʻz bisotimda,

Bir sheʼr yozmoq uchun, ming oʻyga toldim!

Men ham bir zamonlar zoʻr shoir edim –

Bugun-chi, sheʼrga soʻz topolmay qoldim!

 

Daftarlar yirtilgan, qalamlar singan

Olti oy vaqt oʻtgan endi oradan.

Endi oʻtli-oʻtli sheʼr yozmoq uchun,

Qayta tugʻilishim kerak onadan!

 

Baribir oʻzingga qaytaman, sheʼriyat...

Komronbek Kamol.

 

Doʻstlarim koʻp

Doʻst orttirdim juda koʻp,

Shahlo, Zuhra, Malohat.

Chorlasam kelar toʻp-toʻp,

Doʻstlar boʻlsin salomat.

 

Ularning tashrifidan,

Uyim yashnab ketadi.

Soʻzlasam taʼrifidan,

Dilga quvvat yetadi.

 

Ismlari xoʻp goʻzal,

Aʼlochi va orasta.

Soʻzlari shirin, asal,

Koʻnglimga payvasta.

 

Doʻst qancha koʻp boʻlsa,

Ozdir asl doʻstlarga.

Doʻst bilan obod jahon,

Doʻst kafil kam-koʻstlarga.

Maftuna Qurbonboyeva,

36-maktab oʻquvchisi.

 

Shamol

Shamol tinmay yeladi,

Dalalarni kezadi.

Erta-yu kech tinmasdan,

Bulutlarni quvadi.

 

Quyosh yuzin yashirib,

Bulut soya soladi.

Shamol kelsa, bir pasda,

Tum-taraqay qochadi.

 

Odamlar bundan xursand,

Yomgʻir yogʻmasa, albat.

Mehnat qilishar har vaqt,

Shamolga deya, rahmat.

Elyorbek Erkinov,

57-maktab oʻquvchisi.

 

VATAN

Vatanga bir nazar sol,

Iforidan orom ol.

Toʻrt tomoni chamanzor,

Avlodlar topgay kamol.

 

Vatanim qudratidan,

Haybat-u savlatidan.

Faxr etaman hamisha,

Hurriyat davlatidan.

 

Mevazor bogʻlarida,

Purviqor togʻlarida,

Ochilmagan sirlar bor,

Oq marmar tonglarida.

 

Gullarini hidlasang,

Vatan hidi keladi.

Zilol, tiniq suvlari,

Dilga orom beradi.

Mashhura Rajabova,

82-maktab oʻquvchisi.

 

AYoLLARNI YIGʻLATMANG

Bittagina gul bilan,

Ayol koʻngli shod boʻlar.

Ayol kulgusi bilan,

Uyingiz obod boʻlar.

Bu mening fikrim xolos,

Mayli unga gul bermang.

Lekin bitta iltimos,

Ayollarni yigʻlatmang.

Barno Samandarova.

 

Kuz

Oltin kuzni sevamiz,

Uni yaxshi koʻramiz.

Barglari tilla rangda,

Esar mayin shabada.

 

Poliz toʻla, toʻla bogʻ,

Yetiladi anor, nok.

Qovun-tarvuz va qovoq,

Hosilga toʻlar har yoq.

J.BEKIMBETOVA.

 

Yoshligimni kuylayveraman

Yetmish yoshga chiqsam-da yana,

Yoshligimga qaytaveraman.

Topgan kabi oʻzgacha maʼno,

Yoshligimga baho beraman.

 

Oʻtgan umr sarlavhasini,

Yoshlik degan har lavhasini.

Shoʻxlik hamda qah-qahasini,

Kuyga solib aytaveraman.

 

Gullar terib chamanlar aro,

Koʻzlab-koʻzlab zamonlar aro.

Najot topib imkonlar aro,

Yurar yoʻlga qarayveraman.

 

Dilda toshib shodlik-quvonchim,

Men yozaman, kengdir qulochim.

El bilandir koʻz-u qarashim,

Dil rishtasin bogʻlayveraman.

 

Dilsayyorning porloq quyoshi,

Tokim bordir dilda bardoshim.

Boʻlsa hamki, yetmishda yoshim,

Hayot zavqin baham koʻraman.

Xudoybergan Jumamurodov.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019