16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:36
Siyosat 👁 362

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni targʻibotiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni targʻibotiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Maʼlumki, 2022-yil 31-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Recpublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilingan edi.

Farmonning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik vakillariga yetkazish hamda tushintirish ishlarini olib borish maqsadida targʻibot tadbirlari, yigʻilishlar oʻtkazilib kelinmoqda.  Ana shunday yigʻilishlardan biri 13-sentyabr kuni Amudaryo tumani hokimligi binosida boʻlib oʻtdi.

Unda tuman hokimning birinchi oʻrinbosari Rashid Salayev, 3-sektor rahbari tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamaladdin Yusupov, 4-sektor rahbari tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seitov, Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi boshligʻi Mirtemir Davletmuratov hamda mahalla raislari, hokim yordamchilari ishtirok etishdi.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston aholisining yashash sharoitini yaxshilash, tadbirkor, fermer, tomorqa yer egalariga yaratilgan qulaylik va yengilliklar, yoshlar uchun ajratilan qoʻshimcha qabul kvotalari haqida aytib oʻtildi.

Taʼkidlanganidek, Farmonda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish, aholi bandligini taʼminlash va daromadini oshirish hamda qulay agrobiznes muhitini yaratishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Shu maqsadda fermer xoʻjaliklari va klasterlar tasarrufidagi paxta va gʻalladan qisqartiriladigan, aholi punktiga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan hududlardagi yerlar tuman zaxirasiga qaytarib olinadi. Ushbu yerlar dehqon xoʻjaligini tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga 2 gektargacha boʻlgan oʻlchamda ochiq elektron tanlov orqali 30-yilga ijaraga beriladi. Albatta, bunday imkoniyat oʻz tadbirkorligini qishloq xoʻjalagi mahsulotlarini yetishtirish orqali yoʻlga qoʻyishni istagan fuqarolar uchun muhim ijobiy yangilik boʻldi.

Yigʻilishda soʻzga chiqqanlar, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish boʻyicha Farmonda belgilangan ustuvor yoʻnalishlar haqida batafsil maʼlumot berdilar.

Yigʻilishda yuridik va jismoniy shaxslarning soliqlardan qarzdorliklarini bartaraf qilish masalasida ham soʻz yuritildi. Maʼlumki, soliq solinadigan mulkka ega boʻlgan jismoniy shaxslar mulk soligʻi toʻlovchilari hisoblanadi. Koʻchmas mulk, uy-joylar, kvartiralar, dala hovli, garaj va boshqa imoratlar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkalari soliq solish obʼekti sanaladi.

Jismoniy shaxslarning mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish tartibi davlat soliq xizmati organlari tarafidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi idoraning maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi idora soliq solish obʼekti joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga har yili obʼektning inventarizatsiya hajmi va uning mulk egasini aniqlab, maʼlumotlarni shu obʼekt joylashgan hududdagi davlat soliq inspektsiyasiga topshiradi.

Ammo soliq toʻlovlariga befarqlik bilan qarayotgan kimsalar ham oramizda yoʻq emas. Mavjud qarzdorlikni bartaraf etish boʻyicha Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda aniq tadbirlar amalga oshirilyapti. Toʻlanmay qolayotgan qarzdorlikni fuqarolarning mol-mulkidan undirish boʻyicha soliq inspektsiyalari tomonidan ijro varaqalari yuborilmoqda.

Shu oʻrinda yurtdoshlarimizni mol-mulk, yer soligʻi va boshqa soliqlarni oʻz vaqtida toʻlashga chaqiramiz. Davlatimiz rivoji, farzandlarimiz kelajagi, bugungi obod va farovon turmushimiz uchun soliq toʻlovlarini vaqtida amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019