16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:37
Siyosat 👁 403

Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar uchun oʻquv seminarlari oʻtkazilmoqda

Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar uchun oʻquv seminarlari oʻtkazilmoqda

Mamlakatimiz Mustaqillikka erishgan dastlabki yillardayoq qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi insonparvar qadriyatlarni, xalqaro huquqiy meʼzon va talablarni oʻzida mujassam etgan yagona qomusimiz hisoblanadi.

Shiddat bilan rivojlanayotgan zamon, dunyoda roʻy berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy oʻzgarishlar konstitutsiyamizga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni talab etmoqda. Shu maqsadda oʻtgan yili Prezident saylovoldi uchrashuvlarida saylovchilar tomonidan Asosiy qonunimizni bugungi hayot talablariga mos holda yangilash masalasi koʻtarilgan edi.

Fuqarolarimizning bu boradagi xohish va istaklarini amalga oshirish uchun Oliy Majlis palatalari tomonidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, faoliyat boshladi. Komissiya taklifi asosida Parlament tomonidan tayyorlangan Qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga qoʻyildi.

Amaldagi qonunchiligimizga koʻra, parlamentning oʻzi ham Konstitutsiyaga oʻzgartish kiritish vakolatiga ega. Lekin, konstitutsiyaviy islohotni fuqarolarimizning fikri va qoʻllab-quvvatlashi asosida referendum orqali amalga oshirilishi koʻzda tutilgani xalqimizning xohish va irodasi ifodasidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha oʻtkazilishi kutilayotgan umumxalq referendumi oldidan joylardagi referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar uchun oʻquv seminar oʻtkazilmoqda.

14-sentyabr kuni Amudaryo tumanining Olmazor mahallasi hududidagi 82-sonli umumtaʼlim maktabi binosida Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha umumxalq referendumi oldidan joylardagi referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar uchun oʻquv seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda Oliy taʼlim muassasasi oʻqituvchilari − Tajixal Qudaybergenova, Salamat Ganiyev, Yerpolat Gʻaniyev hamda tumandagi muassasa-tashkilot rahbarlari − Ulugʻbek Abdurahmonov, Azimjon Bekbernenov, Bahodir Jumaniyazovlar trenerlik qilishdi.

Seminar 3 guruhga boʻlingan holda olib borildi. Har bir guruhda 21 nafardan ishtirokchilar, yaʼni referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar qatnashib, “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati bilan batafsil tanishtirildi.

Taʼkidlanganidek, Qonunning 7-moddasiga binoan referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni referendum oʻtkazuvchi komissiyalar amalga oshiradi. Ular fuqarolarni oʻz ishlaridan, jumladan, okruglar, ovoz berish uchastkalari tuzilganligi, komissiyalarning tarkibi, ularning joylashgan manzili va ish vaqtidan voqif etadilar, ovoz beruvchi fuqarolarning roʻyxatlari bilan tanishtiradilar, ovoz berish yakunlaridan xabardor qiladilar.

Shuningdek, Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi referendum tayinlash toʻgʻrisidagi qaror eʼlon qilinganidan keyin okrug komissiyasi tomonidan yigirma besh kundan kechikmay besh nafardan oʻn toʻqqiz nafargacha aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.

Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari va kotibi komissiya majlisida uning aʼzolari orasidan saylanadi.

Seminar dovimida Konstitutsiyaga kiritilashi lozim boʻlgan normalarni fuqarolarning maʼqullashi yoki maʼqullamasligi byulletenlarga maxsus belgilar orqali koʻrsatib oʻtilishi va natijalarni sarhisob qilib, referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyasiga taqdim qilish tartibi hamda mazkur jarayonning tashkil etilishida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash muhim ahamiyatga ega ekanligi aytib oʻtildi.

Shundan soʻng, seminar ishtirokchilari trenerlarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishlicha javoblar oldilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019