16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:16
Siyosat 👁 297

Barcha uchastka saylov komissiyalari saylovga tayyor

Barcha uchastka saylov komissiyalari saylovga tayyor

Ayni kunlarda muhim siyosiy tadbir – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga boʻlib oʻtadigan saylovlarga tayyorgarlik jarayoni butun mamlakatimiz boʻylab yakuniy pallaga kirgan. Maʼlumki, Saylov Kodeksiga muvofiq ushbu muhim siyosiy jarayonga kamida oltmish kun qolganida saylov uchastkalari tuziladi.  Amudaryo tumanidagi uchastka saylov komissiyalari ham qonunchilikda koʻrsatilgan muddatda shakllantirilib, oʻz faoliyatlarini qonun talablari asosida olib bormoqda.

Markazi Amudaryo tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi binosida joylashgan 93-sonli saylov uchastkasida tumanning Farovon mahallasida yashovchi 1392 nafar saylovchilar roʻyxatga olingan. Binoda komissiyasi raisi, oʻrinbosari, kotibi va aʼzolari hamda saylovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan boʻlib, komissiya aʼzolari saylovni qonun talablari asosida oʻtkazishga alohida masʼuliyat bilan yondoshmoqdalar.

Uchastka saylov komissiyasi uchun maxsus xonalar ajratilgan boʻlib, ushbu xonalar va ovoz berish xonasi belgilangan talablarga muvofiq jihozlangan. Ovoz berish xonasida yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdorda kabinalar mavjud boʻlib, saylov byulletenlarini berish uchun joylar ajratilgan hamda saylov qutilari oʻrnatilgan. Uchastka saylov komissiyasi joylashgan bino hamda ovoz berish xonasi Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining Davlat bayroqlari, gerblari, saylov uchastkasining tartib raqami koʻrsatilgan peshlavha, metall shkaf, yozuv anjomlari bilan taʼminlangan va yashirin ovoz berish kabinalari bilan taʼminlangan.

Qolaversa, binoda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasi, koʻchma saylov kabinasi, statsionar saylov qutisi, koʻchma saylov qutisi va boshqa zarur jihozlar ham taxt qilib qoʻyilgan.

Uchastka saylov komissiyasi aʼzolari uchastka boʻyicha saylovchilarning roʻyxatini aniqlash va tasdiqlash, fuqarolarni saylovchilar roʻyxati bilan tanishtirish, roʻyxatda yoʻl qoʻyilgan xatolar va noaniqliklar toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish hamda koʻrib chiqish va zarur hollarda roʻyxatga tegishli oʻzgartirishlar kiritish, saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchilardan toʻldirilgan saylov byulletenlarini qabul qilib olish, aholini saylov kuni va ovoz berish joyi toʻgʻrisida xabardor etish kabi vazifalarni oʻz muddatlarida bajarmoqdalar.

Amudaryo tumani Madaniyat markazi binosida esa 88-sonli uchastka saylov komissiyasi joylashgan. Binoning kirish qismida saylovchilar roʻyxati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga va xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga deputatlikka nomzodlar roʻyxati, ularning tarjimai hollari, siyosiy partiyalar va nomzodlarning saylovoldi dasturlari hamda boshqa zarur axborotlar mavjud boʻlgan bannerlar va plakatlar osilgan.

Bino zarur mebellar, orgtexnika vositalari, telefon, televizor, Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi talablariga javob beruvchi kompyuter va ularga kerakli boʻlgan moslamalar, uzluksiz internet aloqasi hamda yongʻinga qarshi vositalar bilan taʼminlangan. Binoda siyosiy partiyalardan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan keladigan kuzatuvchilar uchun alohida joylar ajratilgan.

Uchastka saylov komissiyasining saylov byulletenlarini berishga masʼul aʼzolari uchun ajratilgan stollarda saylovchilar familiyasining bosh harflari koʻrsatilgan belgilar oʻrnatilgan. Tibbiyot xonasi birlamchi tibbiy vositalar, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur vositalar bilan taʼminlangan.

Zarur hollarda uchastka saylov komissiyasining toʻliq tarkibi ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazilib, yigʻilishlarda saylovga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilib borilmoqda va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.

Bir soʻz bilan aytganda, Amudaryo tumanidagi barcha uchastka saylov komissiyalari saylovga tayyorgarlik ishlarini yakunlab, saylov kunida ovoz berish jarayonini qonun talablari asosida tashkil qilish masalasiga bor eʼtiborini qaratgan.

Shu oʻrinda barcha saylovchilarni oʻz konstitutsion huquqlaridan foydalangan holda saylovda qatnashib, oʻzlari munosib deb bilgan partiya va nomzodlarga ovoz berishga chaqiramiz.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019