16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:03
Siyosat 👁 1,071

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hududlarida saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hududlarida saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqda

Bugungi kunda mamlakatimizda kechayotgan tub islohotlar jarayonida xalq bilan muloqot qilish, aholining dardu tashvishlariga quloq tutish va mavjud muammolarga yechim izlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Ayni shu maqsadda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Xalq deputatlari tuman hamda shahar Kengashlari deputatlari joylarda saylovchilar bilan yuzma-yuz uchrashib, joriy yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar va oʻz deputatlik faoliyatlari yuzasidan hisobot bermoqdalar. Bu kabi ochiq va samimiy muloqotlar nafaqat davlat organlari va xalq oʻrtasidagi ishonch koʻprigini mustahkamlamoqda, balki hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini bevosita aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Amudaryo tumanidagi Oq oltin ovul fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida ham shu kabi uchrashuv tashkil etildi. Unda hududdan saylangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Gʻulomjon Yeshniyozov va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Otabek Yoʻldoshovlar ishtirok etib, saylovchilar oldida hisobot berdilar. Uchrashuvda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi kotibiyati mudiri Mansur Oʻrozboyev, “Mahalla yettiligi” aʼzolari, koʻcha boshchilari va mahalla faollari ishtirok etdilar.

Taʼkidlash joizki, 2026-yil 6-aprel kuni boʻlib oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining oʻninchi sessiyada “Qoraqalpogʻiston Respublikasida barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarning borishini aholi orasida keng targʻib qilish toʻgʻrisida”gi masala atroflicha koʻrib chiqilib, deputatlarning aholi bilan uchrashuvi boʻyicha maxsus reja-jadval tasdiqlangan edi.

Mazkur reja-jadval asosida oʻtkazilgan uchrashuv davomida deputatlar davlatimiz rahbari tomonidan hayotga tatbiq etilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyatiga alohida toʻxtalib oʻtdilar. Qayd etildiki, qabul qilinayotgan har bir Qonun, farmon va qaror zamirida inson qadrini ulugʻlash va xalqimizning bugungi hayotidan rozi boʻlib yashashini taʼminlashdek oliy maqsad mujassam. Tarixan qisqa vaqt ichida erishilgan natijalar, yangidan qad rostlayotgan inshootlar va ijtimoiy sohadagi oʻzgarishlar yurtimizning yangi tarixiga zarhal harflar bilan yozilmoqda.

Ayniqsa, tadbirkorlik subʼektlarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi imtiyozlarning muddati uzaytirilgani iqtisodiy barqarorlikning muhim omili boʻlib xizmat qilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgust kungi farmoni bilan foyda soligʻi, mol-mulk va yer soligʻi stavkalarining ikki baravarga kamaytirish muddati ilgari 2028-yilgacha belgilangan boʻlsa, 2026-yil 21-fevralda qabul qilingan yangi qaror bilan bu muddat 2040-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirildi. Bunday uzoq muddatli imtiyozlar tadbirkorlarga kelajakni ishonch bilan rejalashtirish imkonini beradi.

Muloqotlar davomida aholi vakillari tomonidan ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida chorrahalarga svetoforlar oʻrnatish hamda piyodalar yoʻlakchalarini qurish kabi muhim masalalar boʻyicha murojaat qilindi.

Xuddi shunday uchrashuv tumanning Amir Temur nomli ovulida ham oʻtkazildi. Mahalla faollari, “Mahalla yettiligi” vakillari va koʻchaboshchilar bilan oʻtkazilgan uchrashuvda deputatlar tomonidan Yangi Oʻzbekistonda Yangi Qoraqalpogʻistonni barpo etish yoʻlida malga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berildi. Taʼkidlanganidek, Qoraqalpogʻistonning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda barcha sohalar qatori turizm va xizmat koʻrsatish sohasiga ham katta eʼtibor berilmoqda. Masalan, maydoni besh ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan savdo komplekslari va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlar uchun 2027-yildan 2040-yilgacha yer va mol-mulk soligʻi stavkalarining 90 foizga kamaytirilishi mintaqaning investitsiyaviy jozibadorligini keskin oshiradi.

Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga 150 milliard soʻm mablagʻ ajratilishi esa mahalliy muammolarni tezkor hal etishda katta imkoniyat yaratdi.

Uchrashuv davomida ovul aholisi Mangʻit shahridan keluvchi yoʻlni taʼmirlash, ichki koʻchalarga shagʻal yotqizish va ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash kabi masalalarni koʻtardilar. Deputatlar har bir murojaatni diqqat bilan oʻrganib, ayrim muammolarni joyida, boshqalarini esa vakolatli tashkilotlarga deputatlik soʻrovi yuborish orqali ijobiy hal etishga vaʼda berdilar.

Bu kabi uchrashuvlar xalqning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning hayotiyligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019