16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:13
Fan va taʼlim 👁 254

ENG KITOBXON YoShLAR SARALANDI

ENG KITOBXON YoShLAR SARALANDI

Kitob – eng yaxshi tarbiya vositasidir. Shu boisdan ham dunyoning turli burchaklarida notinchliklar, urush-nizolar davom etayotgan hozirgiday bir vaziyatda mamlakatimiz oʻsmir-yoshlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni yot gʻoyalar taʼsiridan asrash maqsadida kitob oʻqishga boʻlgan qiziqish va intilishlarini qoʻllab-quvvatlashga, ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovi ham shular jumlasidandir.

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi doirasida “Yosh kitobxon” tanlovini oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad ham aynan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini chuqur oʻrganishni targʻib etish, yoshlarimizni oʻzlikni anglash, buyuk bobokalonlarimizning ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini chuqur oʻrganishga chorlash, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirishga qaratilgan.

Shu yilning 20-22-sentyabr kunlarida Amudaryo tumanida boʻlib oʻtgan tanlovning mahalla bosqichida ishtirokchilar sonining avvalgi mavsumga nisbatan koʻpligi, ishtirokchilarning berilgan savollarga batafsil va aniq javob berishga intilishi “Yosh kitobxon” tanlovining nufuzi ortib, tobora ommalashayotganini va ishtirokchilarning gʻoliblik uchun chinakam intilayotganini koʻrsatdi.

20-sentyabr kuni Mangʻitdagi ixtisoslashtirilgan maktabda Yangiobod, Doʻstlik, Farovon mahallalari yoshlari ishtirok etgan tanlovning ilk bosqichida ularning oʻzbek mumtoz adabiyoti durdonalari bilan bir qatorda hozirgi davr taniqli adiblarining asarlari, jahon adabiyoti nodir asarlari yuzasidan berilgan savollarga yaxshi javob berganliklari, asarlarni mohirona tahlil qilganliklari ushbu asarlarni mutolaa qilib, tasvirlangan voqealardan oʻzlariga kerakli xulosalarni chiqara olishganidan dalolat beradi.

Tanlovda 10-14, 15-19 va 20-30 yoshlar toifalari uchun alohida, alohida savollar tayyorlangani ishtirokchilar uchun qulaylik yaratadi. Kitobxonlik bellashuvi “Besh tashabbus olimpiadasi”ning boshqa turlari singari beshta - mahalla-sektor-tuman-hududiy va respublika bosqichlarida oʻtkaziladi.

Shunga koʻra, tanlovning innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda oʻtkazilgan mahalla bosqichida ishtirok etgan 49 ta ovul va mahallalarning 2500 nafardan ziyod yoshlari orasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 248 nafari sektor bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdilar.

Shuni eʼtirof etish kerakki, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi tanlovni oʻtkazishga puxta hozirliklar koʻrdi. Har bir hududdagi maktablarda tanlovni oʻtkazish uchun munosib sharoitlar yaratildi, bellashuvning shaffof, odilona oʻtishi taʼminlandi.

Endi ushbu bosqich gʻoliblari tanlovning keyingi – sektor bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun intiladilar. Har bir yosh toifasi mamlakat bosqichi gʻoliblari Prezidentimizning sovgʻasi – “Spark” avtomobilini qoʻlga kiritadi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019