16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:18
Salomatlik 👁 239

OʻZBEKISTON MAHALLASIDA TIBBIYoT BIRLAShMASI RAHBARINING AHOLI BILAN UChRAShUVI VA ChUQURLAShTIRILGAN TIBBIY KOʻRIK TAShKIL ETILDI

OʻZBEKISTON MAHALLASIDA TIBBIYoT BIRLAShMASI RAHBARINING AHOLI BILAN UChRAShUVI VA ChUQURLAShTIRILGAN TIBBIY KOʻRIK TAShKIL ETILDI

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida shu yil 28-mart kuni kengaytirilgan tarzdagi videoselektor yigʻilishi oʻtkazilib, unda sogʻliqni saqlash sohasi masʼullariga qator topshiriqlar berilgan edi. Shunga koʻra tumanlar tibbiyot birlashmalari rahbarlari mahallalarda uchrashuvlar oʻtkazib, tibbiyot sohasidagi keng koʻlamli islohotlar, ularning natijalari, sohaga oid yangiliklar, aholiga birlamchi va ixtisoslashgan tibbiy xizmatlardan foydalanish boʻyicha yaratilayotgan imkoniyatlar va oʻzlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hisobotlarini aholiga shaxsan yetkazib borishmoqda.

Amudaryo tumanida ham Tibbiyot birlashmasi boshligʻi Faxriddin Abdullayev tomonidan ovul va mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar, tibbiyot xodimlari ishtirokidagi chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar tashkil etilmoqda.

Shu yil 24-sentyabr kuni Oʻzbekiston mahallasida ham tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻining aholi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Mahalladagi 5-sonli oilaviy poliklinikada boʻlib oʻtgan mazkur uchrashuvda Birlashma rahbari tibbiyotni rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosiga doir 9 oylik hisobot bilan tanishtirib, sohada amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar haqida batafsil maʼlumotlar berdi. Shu bilan, birga tibbiyot birlashmaning tor doiradagi mutaxassislar, yaʼni terapevt, kardiolog, endokrinolog, oftalmolog, jarroh, nevropatolog, akusher-ginekolog shifokorlari ishtirokida tibbiy koʻrik oʻtkazildi.

Shu kuni 387 nafar fuqaro tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularning 91 nafarida turli kasalliklar aniqlandi. Bemorlarning 89 nafariga ambulator va 2 nafariga statsionar sharoitda davolanishga tavsiya qilindi. Shuningdek, mahallaning 32 nafar fuqarosi EKG, 47 nafari UZI tekshiruvlari oʻtkazildi. Uyda yotgan 1 nafar bemor ahvolidan xabar olinib, kerakli tavsiyalar va dori-darmonlar berildi.

Oʻzbekiston mahallasidagi 5-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatiladi. Muassasada 7 nafar shifokor, shundan 4 nafari umumiy amaliyot shifokori hamda 24 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari faoliyat yuritmoqda.

Ushbu tibbiyot maskani tuman markazidan 21 km. uzoqlikda joylashgan. Mahalladan tibbiyot maskanigacha boʻlgan masofa 5 km.ni tashkil qiladi. Oilaviy poliklinikada bir smenada qatnovlar 60 quvvatiga ega boʻlgan ambulatoriya-poliklinikasi ham faoliyat koʻrsatadi.

Mahalla hududidagi 578 ta xonadonda 3481 nafar aholi yashaydi. Aholining 1641 nafari ayollar, 1840 nafari esa erkaklardir. 1 yoshgacha boʻlgan bolalar 67 nafarni, 14 yoshgacha boʻlganlar 854 nafarni, 15-17 yoshdagilar 217 nafarni tashkil qiladi. Aholining 1132 nafari 18-40 yoshlilar, 1287 nafari 41 yosh va undan kattalar, 831 nafari esa tugʻish yoshdagi ayollardan iborat. Shuningdek, roʻyxatdagi nogironlar soni 51 nafarni, nogironligi boʻlgan bolalar esa 11 nafarni tashkil qiladi.

Hududda joriy yil davomida 40 ta, oʻtgan yili 44 ta tugʻilish qayd qilingan. Undan tashqari, shu yilning aprel oyida qandli diabet kasalligini aniqlash maqsadida skrining tekshiruvlari oʻtkazilib, 3 nafar bemorda qandli diabet kasalligi aniqlandi va nazoratga olindi. Endokrinolog shifokor bilan birgalikda bemorlarni sogʻlomlashtirish ishlari olib borildi.

Kamqonlikning oldini olish maqsadida hududda 10-17 yoshlardagi 224 nafar kizlarga “Ferrumfumorat” tabletkasi berildi. Shuningdek, kamqonlikning oldini olish va profilaktika qilish maqsadida tugʻish yoshidagi 18-35 yoshlar oraligʻidagi 636 nafar ayol-qizlarga “Foliy kislotasi” tabletkasi, 3-15 yoshdagi 759 nafar bolalarga “Antistrumin” tabletkasi, 97 nafar homilador ayollarga esa “Torivit” tabletkasi berildi.

Yurak-qon tomir kasalliklari bilan “D” hisobda turgan, tugʻma yurak nuqsoni tashxisi qoʻyilgan 15 yoshli bir nafar bemorga order berilib, Toshkent shahridagi ixtisoslashgan markazda jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi.

Tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari ishtirokida oʻtkazilgan uchrashuv davomida mahalla aholisi shu kabi maʼlumotlar bilan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Oʻtkazilgan chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikda kasallik belgilari aniqlangan bemorlarga tibbiy tavsiyalar, maslahatlar berilib, sogʻlom turmush tarziga amal qilish tartibi batafsil tushuntirildi.

Bu kabi tadbirlar boshqa hududlarda ham oʻtkaziladi.

F.Abdullayev, tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019