16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:14
Iqtisodiyot 👁 225

OʻRTAQALʼA OVULIDA 8 TA XONADONGA TOVUQ TARQATILDI

OʻRTAQALʼA OVULIDA 8 TA XONADONGA TOVUQ TARQATILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori yurtimiz aholisi turmushi sifati va farovonligi oshishiga xizmat qilmoqda. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq oʻn olti yoshdan to pensiya taʼminoti huquqini olish yoshigacha boʻlgan, haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi beriladigan mashgʻulotga ega boʻlmagan, ish qidirayotgan, ishga joylashishga koʻmak soʻrab mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan mehnatga layoqatli shaxslarga ular qishloq xoʻjaligi kooperatsiyalarga aʼzo boʻlishlari uchun kooperatsiya ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun subsidiyalar ajratiladi.

Tumanimizda ham qishloq hududlarda yashovchi ishsiz, biroq mehnat faoliyati bilan shugʻullanishga ishtiyoqi baland, mehnatga yaroqli, uy sharoitida daromad topishni istaydigan fuqarolarga ham mazkur Nizomga asosan uy sharoitida mehnat qilishlari uchun imkoniyatlar yaratilmoqda.

Oʻrtaqalʼa ovuli hokim yordamchisi Shahzodbek Karimov tavsiyasiga asosan ovul hududidagi 8 nafar fuqaro “Amudaryo Qilichboy parranda” ishlab chiqarish kooperativiga aʼzo qilinib, rahbari Shamsiddin Safarboyev tomonidan ularning har biriga tuxum yoʻnalishida boqilayotgan 40 tadan tovuq, ozuqasi, suv idishlari yetkazib berildi hamda ushbu tovuqlarni qanday qilib parvarishlash, daromad olish xususida tushuntirishlar berildi. Kooperatsiyaga aʼzo qilinganlardan biri Vaxum aholi punktida yashovchi Jabborbergan Boymanov sogʻligʻida muammolari borligi uchun ogʻir jismoniy mehnat qilolmaydi. Uning uy sharoitida mehnat qilib, daromad topishiga koʻmak berilgani – oila aʼzolari uchun ham quvonchli voqea boʻldi.

Parrandachilik bilan shugʻullanishni istaydigan, biroq faoliyat boshlashi uchun mablagʻi yoʻqligi inobatga olinib, Yusufxoʻja aholi punktida yashovchi Mehribon Xudoyberganova ham ushbu kooperatsiyaga aʼzo qilindi va tovuq berildi. Shu tariqa ovuldagi 8 ta xonadonida yashovchi aholi daromad manbaiga ega boʻldilar.

Shu kungacha ovuldagi hokim yordamchisi koʻmagi bilan 31 nafar fuqarolar doimiy ishga joylashdi, 60 nafar fuqarolarning oʻzini oʻzi band qilishiga erishildi, 7 nafar fuqaro haq toʻlanadigan jamoat ishiga joylashdi, 52 nafar fuqaro tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun imtiyozli kreditlar ajratildi. Shuningdek, 13 nafar ishsiz fuqaroga uy sharoitida daromad topishlari uchun 39,7 million soʻm subsidiya ajratildi. Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida 42 nafar fuqaroga 11,1 gektar yer maydoni uzoq muddatga ijaraga berildi.

Amalga oshirilayotgan buningdek saʼy-harakatlar ovulda aholi, shu jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va kasb-hunarga ega boʻlmagan, qoʻllab-quvvatlashga zarurati boʻlgan fuqarolarga manzilli koʻmak berilib, turmush sharoiti yaxshilanishiga zamin yaratilmoqda.

Har bir shaxs bilan individual va tizimli ravishda muntazam ish olib borish uchun moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalar boʻyicha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” shakllantirilib, ushbu daftarlarda roʻyxatga olingan fuqarolarga doimiy gʻamxoʻrlik koʻrsatilmoqda. Albatta, bu boradagi ishlar ovul aholisi turmushi farovonlashuviga taʼsirini koʻrsatadi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019