16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:35
Salomatlik 👁 266

SOGʻLOM OVQATLANIShGA ODATLANING, SALOMATLIGINGIZNI ASRANG!

SOGʻLOM OVQATLANIShGA ODATLANING, SALOMATLIGINGIZNI ASRANG!

Ovqatlanish tibbiy nuqtai nazardan yosh, tana tuzilishi, jinsi, kasbi, iqlim, mabodo kasallik boʻlsa, uning turi va davridan kelib chiqib, xastalikning oldini olish uchun turli xil tarkibda tavsiya etiladi.

Ovqatni har kuni maʼlum vaqtda yeyish kerak. Shunday qilinganda ovqat yeyish oldidan meʼda-ichak shirasi koʻp ajraladi. Ovqatni vaqtida yeganda yaxshi hazm boʻladi va uning kimyoviy komponentlari toʻla oʻzlashtiriladi. Ovqatlanish tartibining buzilishi bu jarayonlarni buzibgina qolmay, balki gastrit, meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi kabi turli kasalliklarning paydo boʻlishiga ham olib keladi.

Pala-partish ovqatlanish moddalar almashinuvining buzilishiga sabab boʻladi. Uglevodlar almashinuvining buzilishi va u tufayli tana vaznining oshib ketishi yoki qonda xolesterin miqdorining koʻpayishi bunga yaqqol misol boʻla oladi. Sogʻlom va toʻgʻri ovqatlanish avvalo tartibli olib borilgandagina foyda beradi. Agarda ovqatlanish tartibiga rioya qilinmasa, hazm qilish faoliyati qiyinlashadi, tartibsiz, notoʻgʻri ovqatlanish esa, kasalliklarga olib keladi. Umuman olib qaraganda, ovqatlanishda tartibga qatʼiy rioya qilish, meʼyorida yeyish, sifatiy mukammalligini taʼminlash, ovqat xilma-xilligiga eʼtibor berish kerak.

Sogʻlom ovqatlanishning tamoyillari sifatida quyidagilar tavsiya etiladi:

1. Turli xil oziq-ovqat mahsulotlari.

2. Kun davomida bir necha marta, turli xil meva va sabzavotlar, yaʼni yangi va mahalliy sharoitlarda yetishtirilgan mahsulotlarni 400 gr.dan kam boʻlmagan miqdorda.

3. Har kuni non, yirik tortilgan un mahsulotlari, yormalar, kartoshka.

4. Ovqat bilan birga yogʻlarning organizmga tushishini nazorat qilish, iloji boricha hayvon yogʻlarini oʻsimlik yogʻlariga almashtirish.

5. Yogʻli goʻsht mahsulotlar oʻrniga dukkaklilarni, baliq, tovuq goʻshti yoki yogʻsiz goʻsht.

6. Yogʻliligi past boʻlgan sut va sut mahsulotlari – kefir, tvorog, yogurt, yogʻliligi va tuzi past boʻlgan pishloqlar.

7. Tarkibida kam miqdorda qand boʻlgan mahsulotlar, yaʼni shakar va qand, shirinliklar va shirin ichimliklarni chegaralash.

8. Tuzni kamaytirish, bir kunlik umumiy miqdori 1 choy qoshiq – 5 gr.dan oshirmaslik.

9. Choyni tabiiy sharbatlar va ichimlik suvi bilan almashtirish yoki asosiy ovqatlar isteʼmol qilish oraligʻida ichish.

10. Taom tayyorlashda xavfsizlikni taʼminlash juda muhim. Taomni bugʻda pishirilganda, qaynatilganda va dimlanganda yogʻ, tuz va qand miqdorini kam ishlatish.

11. Chaqaloqlarni birinchi 6 oy davomida koʻkrak suti bilan boqish. Qoʻshimcha ovqatlarni asta-sekinlik bilan, yaʼni koʻkrak suti bilan boqishni davom ettirgan holda berib borish.

12. Tana vaznini belgilangan meʼyorda ushlab turish uchun har kuni organizmga maʼlum miqdorda jismoniy yuklama berish.

Dunyodagi yetakchi ilmiy markazlarda olib borilgan kuzatuvlar shuni koʻrsatmoqdaki, yuqori sifatli un mahsulotlari va hayvon yogʻidan tayyorlangan taomlar hamda shirinliklarni meʼyoridan ortiq tanovul qilish yurak qon-tomir va boshqa qator aʼzolar kasalliklari paydo boʻlishiga olib keladi. Chunki mazkur taomlar tana vazni ortishi – semizlik, qonda xolesterin miqdorining oshishi, qon bosimining koʻtarilishi, miokard infarkti, qandli diabetga moyillik tugʻilishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.

Ushbu kasalliklar esa mehnat faoliyati susayishiga, hayot sifatini yomonlashishiga va bevaqt hayotdan koʻz yumish holatlari yuz berishiga sabab boʻladi. Yogʻli va uglevodga boy taomlarni meʼyoridan ortiq isteʼmol qilish oqsillar, uglevodlar, yogʻlar oʻrtasidagi muvozanatni buzilishiga zamin yaratadi. Aksincha, sabzavot va mevalar, sut mahsulotlaridan yetarlicha foydalanilmaslik natijasida vitaminlar, makro va mikroelementlar yetishmasligi yuzaga keladi. Shuning uchun har bir kishi imkon qadar sogʻlom va toʻgʻri ovqatlanishga intilishi lozim.

J.Yavkashev, tuman Tibbiyot birlashmasi shifokori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019