16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:13
Adabiyot 👁 232

Jayxun ilhomlari

Jayxun  ilhomlari

      Yigitning baxti

(Ballada-ertak)

Juda qadim zamonda,

Mangʻit degan tomonda.

Bitta boy yashar ekan,

Ishlamay oshar ekan.

Xalq qonin soʻrar ekan,

Behuda urar ekan.

Kunlar shunday oʻtarkan,

Xalqi qonlar yutarkan.

Boyning Jumagul degan,

Xotini ham bor ekan.

Undan borkan bir oʻgʻil,

Ayol suyanchigʻi ul.

Oʻgʻli oʻxshamas boyga,

Ixlosi yoʻq mol, joyga,

Mehnatni sevar ekan,

Har ishga chevar ekan.

Oʻgʻli bilan suyunib,

Boydan esa kuyunib.

Jumagul yigʻlar ekan,

Dard bagʻrin tigʻlar ekan.

Yashar ekan noiloj,

Ota-ona ekan och.

Non-pondan beray, desa,

Bir borib koʻray, desa.

Boy uni yubormaskan,

Uydan hech chiqarmaskan.

Armon, dard-u alamda,

Yoʻliqdi ogʻir gʻamga.

Jumagul yostiq qilib,

Yotganida boy kirib:

"Yolgʻondan kasalsan", deb,

Tepkiga olibdi keb.

Kasali battar boʻldi,

Yuragi qonga toʻldi.

Ingrab, yigʻlab har kuni,

Bir tuni chiqmay uni.

Boy xotini oʻlibdi,

Boy yigʻlamay kulibdi.

Oʻgʻli esa qon yigʻlab,

Har kun onasin yoʻqlab,

Daryoga borar ekan,

Suviga boqar ekan.

Bir kuni suvga tushib,

Uzoq yuribdi suzib.

Choʻmilsam ne boʻlar deb.

Suvga shoʻngʻib ketibdi,

Goʻyo singib ketibdi.

Goʻzal bogʻga yetibdi.

Unda borkan bir toycha,

Yetaklabdi ipidan,

Toy ham yurgan ketidan,

Uyiga olib kelib

Quvonchdan oʻynab-kulib,

Oʻz-oʻzini ovutib,

Yoniq koʻnglin  sovitib.

Toychani boqavergan,

Bezaklar taqavergan.

Oʻqishdan kelganida,

Suv bergan, solgan beda,

Orqa-boʻynini qashlab,

Mindi kechadan boshlab.

Judayam uchqur chiqdi,

Dushmanni quvgʻir chiqdi.

Ot va bola doʻst edi,

Bir-biriga poʻst edi.

Bularni oʻgay ona,

Koʻrib qargʻarkan yona,

Oʻz "arzanda" bolasin,

Bogʻidagi "lola"sin,

Otga ega qilmoqchi,

Minganini koʻrmoqchi.

Borsa yigitdan boshqa,

Tepki koʻrsatar qashqa.

Bundan gʻamda arzanda,

Har kun turib azonda,

Otga nazar tashlarkan,

Yigʻlab, koʻzin yoshlarkan.

Oʻgay ona yolgʻondan,

"Kasal" boʻb "yemas" nondan.

Tabiblarni chaqirib,

"Voy oʻldim", deb baqirib,

Toʻshakda yotar ekan,

Ensasi qotar ekan,

Otni qoʻlga ololmay.

Shu chogʻ uyga kirdi boy,

Hol-ahvolin soʻrashchun,

Oʻgay yigʻlar olmay tin,

Uvvos solib battarroq.

– Hoy, boʻldingmi yaxshiroq,

Nega yigʻi qilasan,

Boyligim koʻp, bilasan.

Qurbim yetar har ishga,

Joningni qutqazishga.

Pul, mol, bola kerakmas,

Sen sogʻaysang boʻldi, bas.

Ayt, kasaling davosin,

Oʻzgartay uy havosin.

Tabib ne davo berdi,

Ne kasal deb fol qurdi?"

Shunda boyning xotini,

Soʻrar yigit otini.

Emish otning yuragi,

Faqat shulmish keragi.

Yoʻqsa u oʻlar emish,

Gul misol soʻlar emish.

– Xoʻp, bajodir tilaging,

Faqat shulmi keraging?

Bul bir arzimas soʻrov,

Otni soʻyamiz darrov, –

Deya boy uydan chiqdi.

Oʻgay ona quvonib,

Yuragi qindan chiqdi...

... Yigit oʻqishdan kelsa,

Ot yigʻlab turgan ekan.

Shu chogʻ ot kirib tilga,

Yigitga bunday degan:

– Hoy yigitcha, bormisan,

Mening doʻstim, norimsan.

Bugun bir gaplar boʻldi,

Tinglab koʻnglim buzildi.

Meni soʻyar boʻldilar,

Bagʻring tilar boʻldilar.

Maktabga borganingda,

Qoʻlga kitob olganingda

Shuni bitirar boʻldi,

Otang shuni fol qurdi,

Yechsa qoziqdan ipim,

Shunday toʻplab bor kuchim,

Doʻstim, mungli kishnarman,

Ipni koʻp bor tishlarman,

Shu on doʻstim, kelgaysan,

Shamol misol yelgaysan.

Oyoqlarim bogʻlashib,

Yiqishmoqqa chogʻlashib,

Pichoqlarni qayrashib,

Turgani on yayrashib,

Sendan najot kutarman,

Yoʻlingga koʻz tutarman.

Doʻstim, shunda kelgaysan,

Shamol kabi yelgaysan.

– Xoʻp, kelaman, ey otim,

Mening sinmas qanotim.

Otam, "onam" dushmanim,

Netay, koʻpdir pushmonim,

Xoʻsh, maktabga ketdim men,

Oʻzing bardam tutgil sen, –

Deb Rahim chiqib ketdi,

Shovqin-suron boshlandi,

Har kungidek masjidda,

Tayoq-la oʻqtalardi

Mulla oʻtirib chetda,

Mungli kishnashi otning,

Yigit yuragin ezdi,

– Jon mulla ruxsat bering, –

Yigit zorlanib dedi.

– Oʻtir, ahmoq oʻrningga,

Urgum yuzing, burningga.

– Xoʻp, – deb oʻtirdi Rahim,

Otiga qilib rahm.

Oti yana kishnadi,

Bu vujudin tirnadi.

– Menga ozgina fursat,

Jon mullam, bering ruxsat.

– Oʻtir, ahmoq indamay,

Endi uray, hoyna-hoy, –

Deb Rahimni bir urdi,

U-chi, "voh" deb oʻtirdi.

Otning yana kishnashi,

Yigʻdirdi yigit hushin.

Yigit toʻplab bor kuchin,

Ochdi masjid eshigin.

Boqmay mulla soʻziga,

Qanot bogʻlab oʻziga,

Chopdi u uyi tomon,

– Jon ota, soʻymay burun,

Minayin uni bugun,

Jon ota, jon, jon ota.

Iltimos etgum qayta.

Otimni bir minayin,

Koʻnglimni toʻldirayin, –

Deb yigit yigʻlar tinmay,

Bitsaydi soʻzi sinmay.

– Hoy qassoblar, qoʻyinglar,

Mayli ertang soʻyinglar,

Minsin, mayli otini,

Qaytarmayin potini, –

Deb boy berdi farmonni,

Yoʻlatmay, deb armonni.

Yigit otiga minib,

Quvnadi fikri tinib,

"Chuh", deb otini niqtab,

Abad qutulmoq istab,

Uzoqlarga ketdi u,

Maqsadiga yetdi u.

Oʻzga yurtdan baxt topdi.

Boylik hamda taxt topdi.

Oʻgay ona "dod" dedi,

Boyga: "Qani ot", dedi.

– Oʻz tilingdan tutilding,

Bola, otdan qutulding.

Endi koʻngling tinch qilgil,

Mavqe-oʻrningni bilgil, –

Deb boy unga baqirdi,

Xizmatkorin chaqirdi.

– Yoʻqotgil! – dedi buni,

Uydan chiqmasin uni.

– Menga xotin koʻp, – dedi.

Xizmatkori: "xoʻp" dedi.

Xotin uydan quvildi,

Izlari ham yuvildi,

Qilmishga jazo topdi.

Ertakdan xulosa shu:

Uqqanlarga hikmat bu.

Yaxshi yeyarkan oshin,

Yomon-chi? Albat, boshin.

Saʼdulla Xoʻjaniyozov.

 

Ustozga taʼzim

Qalb qoʻringiz berib dillarga,

Ezgulik urugʻin sochgan Ustozlar!

Maʼnaviy quvvatlar olib moziydan,

Ilm qoʻrgʻonini ochgan Ustozlar!

 

Jajji yuraklarga ona mehrini,

Vatan muhabbatin joylagan Sizlar.

Qoʻllaridan tutib bolajonlarning,

Toʻgʻri yoʻllarini koʻrsatgan Sizlar.

 

Yutuqlar qozonsa, shogirdlaringiz,

Dunyolarga sigʻmay ketasiz, Ustoz.

Quvonch yoshlarini yashirib, asta:

"Mening shogirdim", deb qoʻyasiz, Ustoz!

 

Bugun Sizga bayram muborak boʻlsin,

Ilm boʻstonining ziyokorlari!

Sizga taʼzimdadir xalqim, Ona Yurt,

Kelajak avlodning bunyodkorlari!

Muhayyo Oʻrinboyeva,

70-maktab psixologi.

 

Siylagin ota-onangni

Keksayganda ota-onang,

Qulingni sotgin, choʻringni.

Gapingga kirsa hamxonang,

Izzatdan boshla, soʻzingni!

 

Qul oʻrniga qul boʻl oʻzing,

Shirin boʻlsin aytar soʻzing.

Bilsang, ular koʻrar koʻzing,

Siylagin ota-onangni.

 

Bola kabi koʻngillari,

Ogʻrimasin hech dillari.

Qara, bukchaygan bellari,

Siylagin ota-onangni.

 

Ertang izlab topolmaysan,

Ayblaringni yopolmaysan.

Afsus-nadomat qilgaysan,

Siylagin ota-onangni.

Farhod Avaz.

 

DUNYo

Oʻzingga qarayverma,

Dunyoga ham qarab qoʻy.

Koʻklam keldi har yonga,

Nazaringni solib qoʻy.

 

Qanday goʻzal bu dunyo,

Taʼrifiga soʻz ojiz –

Yam-yashil gilam yoya,

Gul toʻqir Bahoroy qiz.

 

Dunyo rasmi shunchalar

Goʻzal tun-u kechalar.

Qushlarning sayrogʻidan,

Shodlanar gul-gʻunchalar.

 

Shunday baxtli onlarni,

Hadya etar Allohim.

Shodon kutib tonglarni,

Shukr etar ona xalqim.

Mashhura RAJABOVA,

82-maktab oʻquvchisi.

 

Farishtam

Menga aytgan soʻzni unga aytarsan,

Sheʼr bilan mehr-la sehrlab.

Unga borib meni soʻkib qaytarsan,

Menga kelib uni qargʻab, shivirlab.

 

Ikki inson yurar Seni opichlab,

Ikki koʻr, ikki kar, ikki bahodir!

Sening har soʻzingdan yurak hovuchlab,

Chunki, yoʻqotishdan qoʻrqishar axir.

 

Togʻdagi gullar – bu begʻubor ekan!

Koʻnglim bu dunyoga sigʻmay yuribdi.

Insonga MUHABBAT bu bekor ekan,

Xudoyim ne uchun uni beribdi?

 

Unga aytgan soʻzni menga aytarsan,

Noz bilan sehrlab, goʻzalim.

Bir kun yigʻlab qolsang... qaytarsan?

"Malikam! Farishtam! Asalim!"

Bahodir XUDOYBERGANOV.

 

Maslahat

Ey pora oluvchi, pastkash, yaramas,

Pora harom, harom yema, yaramas.

Harom yeb oʻrgangan bolalaring ham,

Oʻsadi oʻzingdek, boʻlar yaramas.

 

Qanoat insonga yaxshi fazilat,

Nafs nokaslarga yopishgan illat.

Fazilat istasang, qanoatli boʻl,

Jaholat izlasang, nafsing senga yoʻl.

 

Boylik sarob kabi, hech yetib boʻlmas,

Izidan qancha quv, hech tutib boʻlmas.

Chegarasi yoʻq qancha toʻplasang,

Qancha toʻplamagil, hech koʻzing toʻymas.

 

Aytarlar: baxilning bogʻi koʻkarmas,

Agar koʻkarsa-da, hech meva bermas.

Baxilning hayoti quyoshsiz kunday,

Bogʻ qanday koʻkarsin zim-ziyo tunda.

 

Aroqqa berilma – Xudoga yoqmas,

Aroq ichuvchiga Ul qiyo boqmas.

Atrofingga boq, fikr qil biroz,

Ichkilikdan hech kim baraka topmas.

 

Doʻstingman, deb doʻstin sotdi u,

Vijdoni, nomusi, orin sotdi u.

Yaxshi-yu yomonning, halol-haromning,

Farqiga bormasdan barin sotdi u.

Odil Olloyorov.

 

Iqror

Bahor, men uchun qaytmaysan yana,

Adirlar, lolalar, gullar meniki.

Sen endi yigʻlaysan qabrim uzra,

Uzrlar, anduhlar, unlar seniki.

 

Orzuim, umidim ketdi, tuproqda,

"Yolgʻizim, baxtli boʻl", soʻzlar meniki.

Anglading, yoʻqotding sevgim hayotda,

Kech boʻlsa-da, ochilgan koʻzlar seniki.

Nodira Yangiboyeva.

 

Hech kim yigʻlamasin hayotda

Odamlar yigʻlasa, rahmim keladi,

Bolalar yigʻlasa, ichim kuyadi.

Onalar yigʻlasa, bagʻrim qon boʻlar,

Hech kim yigʻlamasin hayotda.

 

Dard bergan Allohim shifosin berar,

Sinovli dunyo bu bir sinab koʻrar.

Balki shundagina soʻqirning koʻzi,

Ochilib, Allohga shukrona aytar.

 

Manmanlik, kibrga hojat qolmadi,

Aysh-ishrat qilganlar uyalib qoldi.

Egrilik qilganlar jazolar oldi –

Hech kim yigʻlamasin hayotda.

 

Onalar farzandin tashlab ketmasa,

Bolalar otani qaram qilmasa.

Bir chimdim mehrni darigʻ tutmasa,

Hech kim yigʻlamasdi hayotda.

 

Odamlar olmasa odamlardan pul,

Poralar tugasa, shu birgina yil.

Haq doim gʻolibdir, yuzlarda kulgu,

Hech kim yigʻlamasdi hayotda.

 

Pul uchun goʻdakni sotayaptilar,

Pul bilan nomini oqlayaptilar.

Oʻlim hammaga teng, shuni bilaman,

Allohga ming shukur, sajda qilaman.

 

Nima ish qilsang ham avval oʻylagin,

Yetti oʻlchagin-u keyin soʻzlagin.

Omonat dunyoda omonat joning,

Tanani tark etsa qolmas imkoning.

Zuhra Ahmedova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019