16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:49
Jamiyat 👁 322

IIB PROBATsIYa GURUHIDA JAZO MUDDATINI OʻTAYoTGAN 15 NAFAR MAHKUM MUDDATIDAN ILGARI ShARTLI RAVIShDA OZOD ETILDI NEGA?

IIB PROBATsIYa GURUHIDA JAZO MUDDATINI OʻTAYoTGAN 15 NAFAR MAHKUM MUDDATIDAN ILGARI ShARTLI RAVIShDA OZOD ETILDI NEGA?

Xalqimizning kechirimlilik, bagʻrikenglik kabi oʻziga xos xislatlari  davlatimiz huquqiy – meʼyoriy hujjatlarida ham oʻz ifodasini topgan.

Yaqinda jinoyat ishlari boʻyicha  Amudaryo tuman sudining Durunki mahallasida boʻlib oʻtgan sayyor sud majlisida tuman Ichki ishlar boʻlimi Probatsiya guruhi hisobida turgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 15 nafar mahkumlarga nisbatan kiritilgan  taqdimnomalarni koʻrib chiqib, ularning oʻtalmagan jazo muddatidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilingani ham bunga misol boʻla oladi.

Tumanimizning mahallalaridan birida yashovchi fuqaro yigitlik yoshidan oʻtib, oq qorani taniydigan vaqtida oʻz-oʻziga masʼuliyatsizligi oqibatida jinoyat koʻchasiga kirib qoldi. Unga jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi bu qilmishi uchun salkam 9-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. U shundagina oʻz oilasi bagʻrida emin-erkin, baxtiyor yashab yurgan kunlarining qadrini anglab yetdi. Yaqinlari sogʻinchi, qilmishidan pushaymonlik uni tuzalish yoʻliga oʻtishiga sabab boʻldi. Jazoni ijro etish muassasasidagi oʻzini tutishi, xulq-atvori va mehnatga ishtiyoqi, eng muhimi, qilmishidan sidqidildan pushaymonligi sabab, bir yildan ortiq vaqt oʻtib, unga belgilangan ozodlikdan mahrum etish jazosining oʻtalmay qolgan qismi axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirildi.

U oilasi bagʻrida, oylik maoshining 20 foizini davlat foydasiga oʻtkazib, oʻzi tayinlangan kasbida halol mehnat qilib sodir etgan jinoyatidan chin koʻngildan pushaymonligini  isbotladi, namunali xulq-atvorda boʻldi. Tuman Ichki ishlar boʻlimi Probatsiya guruhi hisobida yurib, belgilangan tartibga qatʼiy amal qildi. Mahallasida, mehnat jamoasida bular haqli ravishda eʼtirof etildi.

Shu boisdan sud majlisida uning axloq tuzatish ishlari jazosining oʻtalmagan 2-yil 8 oy jazo muddatidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining  tegishli moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish masalasini koʻrib chiqishlik uchun sudga kiritgan taqdimnomasi ijobiy hal boʻldi.

Shu majlisda mazkur fuqaro kabi bilib-bilmay jinoyat koʻchasiga kirib qolgan, qilmishiga yarasha jazo olib, bundan tegishli xulosa chiqargan va tuzalish yoʻliga oʻtgan, tuman Ichki ishlar boʻlimi Probatsiya guruhi hisobida turib, jazo muddatini oʻtayotgan yana 14 nafar mahkumning sudga kiritgan taqdimnomasi koʻrib chiqildi.

Ular jazo oʻtash tartib-qoidalariga toʻla amal qilgani, sud tomonidan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni toʻla bajargani va mehnatga halol munosabatda  boʻlganligi uchun oʻtalmagan jazo muddatidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Insoniyatga ozodlik – suv va havo kabi zarur. U ozodlikdagina chinakam baxtiyor boʻla oladi. Buni esa oʻz vaqtida qadrlash kerak.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019