16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:51
Jamiyat 👁 22

Probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan huquqiy targʻibot uchrashuvi oʻtkazildi

Jinoyat sodir etgan shaxsni jamiyatdan uzib qoʻyish emas, balki uni tuzalish va halol mehnat yoʻliga qaytarish — bugungi huquqiy siyosatning asosiy yoʻnalishlaridan biri. Shu maqsadda yurtimizda joriy etilgan probatsiya tizimi jazoni oʻtayotgan fuqarolarni doimiy nazorat ostida ushlab turish bilan birga, ularning oila va jamiyat hayotiga qayta moslashuviga amaliy koʻmak berishni nazarda tutadi. Bu tizimning mohiyati shundaki, inson jazo muddatini oʻtab boʻlgach, jamiyatda oʻzini begona sezmasligi, kasb-kori, ish oʻrni va ijtimoiy muhiti bilan bogʻlanib qolishi uchun sharoit yaratiladi.

Aytish joizki, bu yoʻnalishdagi ishlarning samarasi koʻp jihatdan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy idoralar va jamoatchilik vakillarining oʻzaro hamjihatligiga bogʻliq boʻlib, ayni shu tamoyil asosida hududlarda tizimli uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda. Bir idoraning harakati bilan kutilgan natijaga erishish qiyin — bunda mahalla, taʼlim muassasalari va ish beruvchilarning ham ishtiroki talab etiladi.

Shu yoʻnalishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Davron Ahmedov rahbarligida Amudaryo tumanida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda qonuniylikni taʼminlash hamda nazorat ostidagi shaxslarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi.

Tadbirda tuman prokurorining katta yordamchisi Ogʻabek Yerkuliyev, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik Sharapat Joldasboyev, tuman Ichki ishlar boʻlimi Probatsiya guruhi inspektori, kapitan Ruslan Iskandarov, shuningdek hududdagi hamkor davlat organlari va muassasalarning masʼullari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yigʻilishga tuman tuman Ichki ishlar boʻlimi Probatsiya guruhi hisobida turgan, jazoni oʻtashda davom shaxslar jalb qilindi. Ular bilan boʻlib oʻtgan muloqot davomida qonun talablariga soʻzsiz amal qilish, belgilangan tartib-qoidalarni buzmaslik zarurligi alohida koʻrsatib oʻtildi. Shuningdek, nazorat tartibini buzish qanday huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi tushuntirildi.

Shu bilan birga, probatsiya nazorati ostidagi fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, takroran jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida ularning xulq-atvorini tuzatish boʻyicha tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Yigʻilishda shuningdek ushbu toifadagi shaxslarning turmush sharoiti, bandligi va ijtimoiy muammolari bilan yaqindan tanishib borish, ularga amaliy yordam koʻrsatish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi.

Bunday uchrashuvlar nazoratdagi shaxsga oʻz masʼuliyatini anglash, atrofidagi idoralar esa unga yordam berishga tayyor ekanini koʻrsatish imkonini beradi. Qonun talabini bilgan odam uni buzishdan oʻzini tiyadi — probatsiya ishining mazmuni ham shu oddiy haqiqatga tayanadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026