16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:04
Sport 👁 367

STOL TENNISI BOʻYIChA “MAHALLA KUBOGI” TURNIRINING TUMAN BOSQIChI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

STOL TENNISI BOʻYIChA “MAHALLA KUBOGI” TURNIRINING TUMAN BOSQIChI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

Mamlakatimizda yoshlarni sportga jalb etish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar ularning isteʼdodlarini yuzaga chiqarishlari, turli sport musobaqalarida qatnashib, faxrli oʻrinlarni egallashlarida muhim oʻrin tutmoqda. Ayniqsa, Davlatimiz rahbarining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni chekka qishloqlarda ham yoshlarni ommaviy sport turlariga jalb etishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Shu yil 5-noyabr kuni mazkur Farmon ijrosi doirasida Amudaryo tumanida ham Sport maktabining Chordara mahallasidagi filiali binosida “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi tashabbusi bilan 13-16 yoshdagi mahalla oʻsmir jamoalari oʻrtasida stol tennisi boʻyicha “Mahalla kubogi” turnirining tuman bosqichi musobaqalari tashkil etildi. Unda 49 ta ovul va mahallalardan kelgan 100 nafarga yaqin oʻsmir yoshlardan tashkil qilingan jamoalar qatnashishdi. Taʼkidlash joizki, turnirning 1-bosqichi, yaʼni mahalla bosqichida 150 dan ortiq jamoalardagi 300 nafarga yaqin oʻsmir oʻgʻil-qizlar oʻz omadlarini sinab koʻrgan edilar.

Maʼlumki, mahallalarda ommaviy sportni yanada rivojlantirish, yoshlarni jismonan sogʻlom va maʼnan barkamol qilib tarbiyalash maqsadida stol tennisi boʻyicha “Mahalla kubogi” Amudaryo tuman turniri musobaqacini oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasi, Sportni rivojlantirish boʻlimi, Madaniyat boʻlimi, Xalq taʼlimi boʻlimi, Ichki ishlar boʻlimi, Milliy gvardiya huzuridagi qoʻriqlash boʻlimi, Tibbiyot birlashmasi va Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi hamkorligida joriy yil 5-oktyabr kuni qoʻshma qaror qabul qilingan edi. Shunga koʻra stol tennisi boʻyicha “Mahalla kubogi” turniri musobaqalari toʻrt bosqichda oʻtkazish rejalashtirildi. Birinchi bosqich musobaqalari 10-oktyabrdan 20-oktyabrga qadar mahallalarda boʻlib oʻtdi. Ikkinchi bosqich musobaqalari 20-oktyabrdan 15-noyabrga qadar tumanda oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, hozirgi kunda davom etmoqda. Rejaga koʻra tuman, yaʼni uchinchi bosqich gʻoliblari 15-noyabrdan 30-noyabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha final oʻyinlarida qatnashishiga yoʻllanma berilishi belgilangan.

Stol tennisi boʻyicha “Mahalla kubogi” tuman bosqichida ishtirok etgan jamoalar oʻzlarining abjirliklari va chaqqonliklarini, murabbiylaridan oʻrgangan sport mahoratlarini namoyish etishdi va gʻolib boʻlishga harakat qilishdi. Qizgʻin oʻtgan musobaqalar davomida faxrli 3-oʻrinni Oʻrta qalʼa ovuldan Zafar Sultanov, Shahzoda Rahmatullayevalar hamda Arna boʻyi mahallasidan Bahovuddin Fayzullayev, Gulirayhon Xidirboyevalar jamoalari egalladi. Qilichboy ovul jamoasidagi oʻsmir-yoshlar Shahzod Aminov va Lobar Jumaboyevalar 2-oʻrinni egalladilar. Shuningdek, Boy ovul mahallasi jamoasi aʼzolari Dilshodbek Bozorboyev va Iroda Qurbonboyevalar faxrli 1-oʻrinni egalladilar hamda turnirning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oldilar.

Taqdirlash marosimida musobaqa gʻoliblari va sovrindorlariga “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasining diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

B.Boltaboyev, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman boʻlinmasi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019