16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:12
Fan va taʼlim 👁 324

33-SONLI MAKTABDA BOShLANGʻICh SINFLAR OʻQUVChILARINI SOGʻLOM OVQATLANTIRISh MAVZUSIDA YIGʻILISh BOʻLIB OʻTDI

33-SONLI MAKTABDA BOShLANGʻICh SINFLAR OʻQUVChILARINI SOGʻLOM OVQATLANTIRISh MAVZUSIDA YIGʻILISh BOʻLIB OʻTDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bosqichma-bosqich bepul ovqat bilan taʼminlash tizimini yoʻlga qoʻyish belgilab berilgan edi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-fevraldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshlangʻich sinf oʻquvchilarini oziq-ovqat bilan taʼminlashni sifatli tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilinib, boshlangʻich sinf oʻquvchilariga bepul yengil nonushta mahsulotlari tarqatish yoʻlga qoʻyilgan edi.

Joriy oʻquv yilida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashida tuzilgan ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan tanlovda gʻolib boʻlgan 3 ta tadbirkorlik subʼektlari tomonidan tumandagi 55 ta maktabning boshlangʻich sinf oʻquvchilariga yengil nonushta mahsulotlari tarqatilmoqda. Yaqin kunlarda mavjud 85 ta maktablarning 14 ming 650 nafardan ortiq boshlangʻich sinf oʻquvchilari keytering tashkilotlari tomonidan bepul oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanadi.

Amudaryo tumanidagi 33-sonli maktabda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-fevraldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshlangʻich sinf oʻquvchilarini oziq-ovqat bilan taʼminlashni sifatli tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash masalasi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmita raisi Dauitbay Qurboniyozov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari Abat Daniyarov, tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov, tumanda Ichki ishlar boʻlimi, tibbiyot muassasalari boshliqlari, autsorsing asosida oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi tadbirkorlar, ovul fuqarolar yigʻini masʼullari, maktab oʻqituvchilari, ota-onalar vakillari qatnashdilar.

Yigʻilishni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochdi hamda ishtirokchilarni kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi. U oʻz soʻzida bugungi kunda tumandagi 55 ta maktabda boshlangʻich sinf oʻquvchilarini sifatli va sogʻlom ovqatlantirish boʻyicha yengil nonushta mahsulotlari tarqatilayotganligi, yaqin kunlarda barcha 85 ta maktablarning boshlangʻich sinf oʻquvchilari ham keytering tashkilotlari tomonidan bepul oziq-ovqat bilan taʼminlanishini aytib oʻtdi.

Buning uchun keytering tashkilotini tanlab olish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan, texnik talablarga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining ishchi guruh komissiyasi tender oʻtkazish chora-tadbirlari koʻrilayotganligini maʼlum qildi.

Kun tartibidagi masala boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmita raisi Dautbay Qurboniyozov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari Abat Daniyarovlar oʻz fikrlarini bildirib, maktablarning boshlangʻich sinflari oʻquvchilariga oziq-ovqat mahsulotlari masʼul vazirliklar kelishuvi asosida tasdiqlangan taomnomaga muvofiq berilayotganligi, bunda mahsulotning oʻquvchilar salomatligi uchun foydali, vitaminlarga boy boʻlishiga eʼtibor qaratilganligini taʼkidladilar va bu borada ota-onalar va keng jamoatchilikning ham fikrlari soʻraldi.

Shuningdek, yigʻilishda tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi Faxriddin Abdullayev, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi boshligʻi Gulmurod Bekiyev, 33-sonli maktab direktori Hanifa Yaxshimovalar soʻzga chiqib, oʻquvchilarga oziq-ovqat mahsulotlari har kuni sifatli yetkazib berilayotganligini bildirdilar.

Yigʻilishda muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019