16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:09
Salomatlik 👁 462

AMUDARYo TUMANIDA TIBBIYoT XODIMLARI KUNI KENG NIShONLANDI

AMUDARYo TUMANIDA TIBBIYoT XODIMLARI KUNI KENG NIShONLANDI

Mamlakatimizda 2006-yildan buyon noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kuni sifatida keng nishonlab kelinadi.

Sana munosabati bilan 11-noyabr kuni Amudaryo tumani madaniyat markazida bayram tadbiri tashkil qilindi. Unda tumandagi tibbiyot muassasalari xodimlari, shifokorlar va hamshiralar, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev ishtirok etib, tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi. Taʼkidlanganidek, inson borki, hayoti davomida albatta shifokor yordamiga ehtiyoj sezadi. Sogʻlom insongina oilasiga naf keltirib, davlat va jamiyat rivojiga hissa qoʻshadi. Shu boisdan ham, aholi salomatligini asrash, tibbiyot xodimlarining mehnatini eʼzozlash va ragʻbatlantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda bu sohada ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Sogʻlikni saqlash tizimiga ilgʻor texnologiyalar joriy qilinib, tibbiyot maskanlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda. Eng chekka qishloqlarda ham tibbiy punktlar, oilaviy poliklinikalar tashkil qilinib, aholi malakali tibbiy xizmat bilan toʻliq qamrab olinmoqda. Eng muhimi, tibbiyot xodimlarining ish haqlarini oshirish, ijtimoiy muhofazasini yaxshilashga eʼtibor qaratilib, jamiyatda shifokorlarning nufuzini oshirish borasida tizimli ishlar qilinmoqda.

Shundan keyin tuman hokimi sektorlar rahbarlari bilan birgalikda tibbiyot sohasining bir guruh ilgʻorlariga faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, davlatimiz va hukumatimiz tomonidan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida qator amaliy ishlar qilinmoqda. Sohaga har yili mahalliy byudjet hisobidan ham mablagʻ yoʻnaltirilib, tibbiyot maskanlariga turli uskuna va jihozlar xarid qilinmoqda.

Masalan, birgina joriy yilda tibbiy asbob-uskunalar xaridiga 1,2 mlrd soʻm, 2021-yilda 1,3 mlrd soʻm, 2020-yilda 2,1 mlrd soʻm mablagʻ ajratildi. Natijada, 7 ta oilaviy poliklinikalarda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifati ancha oshdi.

Bayram tadbirida tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi Faxriddin Abdullayev va boshqalar soʻzga chiqib, hamkasblarini bayram bilan qutladilar.

Soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda, xususan tumanimizda tibbiyot sohasini rivojlantirishga berilayotgan eʼtibor haqida toʻxtalib oʻtdi. Jumladan, birgina joriy yilda 11 ta olis va chekka mahallalarga maxsus konteynerlar oʻrnatilib, 1,3 mlrd soʻmlik taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Bu oʻz navbatida tuman markazidan olis hududlarda yashovchi 32 ming nafar aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishga xizmat qiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti hisobidan 4,9 mlrd soʻm evaziga 2 ta obʼektda, yaʼni Qangli oilaviy shifokor punkti va 72-sonli oilaviy poliklinikada qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mangʻit shahrida qiymati 14,3 mlrd. soʻmlik 90-oʻrinli yangi tugʻruq boʻlimi binosini qurish ishlari davom ettirilmoqda. Bularning barchasi aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqish va tibbiyot xodimlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidir.

Bayram tadbiri tuman madaniyat boʻlimi sanʼatkorlarining kuy-qoʻshiqlari bilan davom etdi.

Tadbirda ishtirok etgan tibbiyot xodimlari, jumladan, tuman Tibbiyot birlashmasi, Markaziy shifoxona, Tez tibbiy yordam boʻlimi, Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, shuningdek, hududlardagi qishloq oilaviy poliklinikalari, chekka qishloqlardagi “Mahalla tibbiyot punkt”lari va boshqa tibbiyot muassasalari faollari maroqli hordiq chiqardilar. Zero, ular nafaqat bayram kunida, balki hamisha eʼzoz va ehtiromga munosibdir.

Insonning hali xomila paytidan tortib, dunyoga kelishi, sogʻlom va barkamol boʻlib ulgʻayishi, voyaga yetishi jarayonida, bir soʻz bilan aytganda, umri davomida salomatlik posbonlarining koʻmagi va tavsiyalariga ehtiyoj boʻladi. Shunday ekan, har birimiz shifokor va hamshiralarning mashaqqatli mehnatlarini eʼtirof etib, fidokorona xizmatlari uchun taʼzim qilamiz.

Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaymiz! Hamisha mashaqqatli mehnatlaringizning rohatini koʻrib, sharafli kasbingizdan kamol topib, davlatimiz va jamiyatimiz, el-yurtning eʼzozida yurishingizga tilakdoshmiz!

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019